9-mavzu. Mavzuli bog'larda animatorlik xizmatini tashkil etish.
Reja
1. Mavzuli bog'larda animatsion dastur.
2. Shahar obidalar va tarixiy shaxslarga qo'yilgan haykal atrofida tashkil etilgan animatsion dasturlar.
1. Mavzuli bog'larda animatsion dastur
Oxirgi paytlarda butun dunyo hududlari bo’yicha mavzuli bog’lar paydo bo'la boshladi. Hususan, Yevropada mavzuli bog'lar qurish, buning natijasida o'yin-kulgi faoliyatini rivojlantish va hatto intellektual yetuklikka jalb qilish rivojlanmoqda. Mavzuli bog’lar animatsion turlarning ob'ektlari bo'lib xizmat qilishmoqda.
Ko’ngilochar va mavzuli bog’lar ko’ngilochar infratuzilmalarni, shuningdek, mehmonxonalar, kafe, restoran, do'kon singari ob’yektlarni o’z tarkibida birlashtirishmoqda. Turistlarning mavzuli bog’larga tashrifi restoranlar, suvinerli do'konlar, kinoteatrlardan keying o’rinda turadi. Odatda parklardan olinayotgan daromadning 50 foizi attraktsionlardan va qolgan 50 foizi boshqa turli qo’shimcha xizmatlar va obyektlarning hissasiga to’g’ri keladi. Xizmatlar paketi o’z ichiga mashinalar qo’yish joyi, umumiy ovqatlanish, turar joy, konferensiyalar, suviner do'konlar, ilmiy-ma'rifiy maqsadlardagi ob'ektlarni o'z ichiga olishi mumkin. Masalan, Yevropa-Park bog’ida 27 gektar hududni Europa-Park Resort nomli mehmonxona kompleksi egallaydi. Bu umumiy sig’imi taxminan taxminan 4,5 ming kishilik bo’lgan beshta mehmonxonalar, lager va chodirli turar joylarni o'z ichiga oladi. Mehmonxonaning yuklanmasi 90% dan oshadi. Bundan tashqari, bog'da yaqinida joylashgan 200 dan ortiq mehmonxona, kvartira va pansionatlar o’z xizmatlarini taklif etadi.
Daniyadagi Tivoli Park (Kopengagen) hududida 10 mimg o’ringa ega bo’lgan 38 ta kafe va restoranlar mavjud. U yerda Xitoy va turk restoranlari, kafelar va bulochkaxonalar, mashhur oshpazlarning tomonidan tayyorlanadigan taomlarni taqdim etuvchi “Luks” klassdagi restoranlar, shu bilan birga 13 nomerdan iborat bo’lgan butik mehmonxona ham mavjud.
San-Fransisko (AQSH) dagi mashhur "Disneylend" parki turli toifadagi turistlar uchun mo’ljallab qurilgan 27 ta mehmonxonalari bilan ajralib turadi. Parijdagi "Disneylend" turistlarga istirohat bog’idan uzoq bo’lmagan hududlardan mehmonxonalar taklif etadi. Bu yerda iqtisod-klassdan tortib lyuks-klass (besh yulduzli) gacha bo’lgan 6 ta mehmonxonalarning birini tanlash imkoniyati mavjud.
Yana bir alohida xususiyat mavjud. Mavzuli bog’larning ko’p qirraligi hamda bir qator maqsadlarga mo’ljallanganligi tufayli banklardan kapital olishni yengillashtiradi.
Agar faqat mavzuli bog’lar qurish maqsadida kredit so'rab murojaat etadigan bo’lishsa. zarur kapitalning 20-30% ini olish mumkin. Agar u ko'p funksiyali loyiha bo'lsa, 80 foizga yaqin moliyalashtirish mumkin. Bunda hatto sarmoyadorlarning ulushi 50:50 bo'lishi mumkin.
Mavzuli bog’lar - turizm sanoatining istiqbolli yo’nalishidir.
Har bir mavzuli bog’lar muayyan bir mavzular: mashhur kinodagi hududlar, mayda odamlar mamlakati bo’lgan Liliputiya yoki ertak qahramonlariga bag’ishlangan bo’lishi mumkin. Bog’lar vaqtlar aro sayohat qilish imkonini beradi.
Ba'zi mamlakatlarda mavzuli bog’larga safarlar turizmning alohida turi sifatida ajralib turadi.
Turistlar bog'lar ichidagi mehmonxonalarda imtiyozli asosda (odatdagi mehmonxonalarga nisbatan bog’lardan uzoqroq vaqt bahramand bo’lish, kirish chiptalarining arzonroq bo’lishi) yashashlari mumkin bo’ladi.
Xorijiy turoperatorlarning ma’lum qilishlaricha mavzuli bog’larga tashriflar soni otrmoqda. Avvallari turistlar mavzuli bog’larga kirish uchun alohida chiptalar harid qilishgan bo’lsa, bugungi kunda mazkur parklarga kirish chiptasi turpaket tarkibida sotilmoqda. Qizig'i shundaki, ko’pgina davlatlarda mavzuli bog'larning asosiy tashrifchisi bolalar emas, balki katta yoshdagilar, hususan xorijiy turistlar bo’lib hisoblanishadi.
Bugungi kunda, mavzuli bog’larning turli ko’rinishlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |