1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turistik faoliyat"



Download 1,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/67
Sana11.06.2022
Hajmi1,5 Mb.
#654195
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67
Bog'liq
1. Animatsiya madaniy dam olish faoliyati sifatida. Bo\'sh vaqt

№ 
Akvapark nomi 
Dam olish vaqti 
Kattalar 
uchun 
Bolalar uchun 

“Akvapark” (mo‘ljal: 
“Tashkentlend”, teleminora) 
3 soat 
40 000 
20 000 
3 dan 11 
yoshgacha 

Aqualand (“Chinobod” 
sanatoriysi) 
3 soat 
30 000 
15 000 
3 dan 10 
yoshgacha 

Fun food village (Chirchiq 
shahri, Navoiy ko‘chasi) 
kun bo‘yi 
50 000 
25 000 (80−120 
sm) 

“Solnechniy gorod” (Sirg‘ali 
dahasi) 
kun bo‘yi 
50 000 
30 000 
3 dan 12 
yoshgacha 

Limpopo (Furqat nomidagi 
istirohat bog‘i) 
1 soat 
2 soat 
3 soat 
20 000 
25 000 
30 000 
10 000 
13 000 
15 000 
3 dan 12 
yoshgacha 

“Oazis” (Yangiyo‘l shahri) 
kun bo‘yi 
33 000 
16 000 
3 dan 12 
yoshgacha 

Water Park (Yunusoboddagi 
“Zenit” zavodi) 
3 soat 
26 000 
14 000 
3 dan 11 
yoshgacha 



Atlantic (Sirg‘ali dahasi) 
kun bo‘yi 
juma, shanba, 
yakshanba 
ish kunlari 
50 000 
30 000 
3 dan 12 
yoshgacha 
25 000 
15 000 
10-Modul. Turli kategoriyadagi turistlar bilan ishlash.
 
Reja: 
 
1. Turistlar klassifikatsiyasi va turli kategoriyadagi turistlar bilan 
ishlash. 
2. Turistlarning turli yosh guruhlari bilan ishlash. 
3. Dam olish faoliyatiga munosabati bo’yicha turistlar turlari. 
4. Mehmonxonalarda bolalar uchun animatsiya. 
5. Turistlarning etnik tasnifi. 
1. Turistlar klassifikatsiyasi va turli kategoriyadagi turistlar bilan 
ishlash 
Turistlarning qiziqishlari ko’plab omillarga bog’liq: yoshi, jinsi, millati, ta'lim 
darajasi, daromad darajasi, xizmat manfaatlari va boshqalar.
Masalan, daromad darajasining ortishi bilan bir qatorda dam olish faoliyatiga 
qilinadigan harajatlar ham ortadi. Oilaning qanchalik darajada yaxshiroq va 
qiziqarliroq dam olishlari uchun imkoniyatlari yuqori daromadi bilan belgilanadi. 
Turistik faoliyat, shuningdek, bo’lajak iste’molchilarning ta'lim darajasiga ham 
bevosita bog’liq. O'rta ta'lim olgann kishilar ko'proq aktiv turizm bilan 
shug’ullanishni afzal ko’rishadi. Oliy ma'lumotli odamlar ko’proq intellektual dam 
olishga moyil bo’lishadi. Albatta, animatsiya xizmati iste'molchilari aniq daromad 
guruhiga mansub bo’lishlari, yoshi, jinsi va mashg’uloti jihatidan bo’linishlari talab 
etilmaydi, siz buni faqat shartli ravishda qabul qilishingiz mumkin. 
Misol uchun, ayrim ishchilar nisbatan yuqori daromad olishi mumkin, lekin 
ularning dam olish ehtiyojlari ma'muriy xodimlar yoki katta biznes vakillari 
talablaridan ancha farq qilishi mumkin. Shu bilan birga, animator turistlarni tasnifini 
bilishi va mijozlarning manfaatlarini hisobga olgan holda dasturlarini rejalashtirishi 
kerak, zotan, ushbu dastur guruhdagi turistlarning barchasi uchun mos tushishi 
lozim.
Animatsion taklif barchani rozi qilishi uchun animator juda ko’p narsalarni 
bilishi lozim. Turistik guruh vakillari talabalar, keksalar, ekstremal turistlar, 
quyoshda toblanishni yoqtiruvchilar va boshqalar bo’lishi mumkin.
Shu bilan birga, qisqa muddat ichida turistlarning sayohat davomida nimani 
kutayotganligini bilish qiyinchilik tug’diradi. Quyidagi qoidalariga rioya qilinsa, bu 
vaziyatdan chiqib ketish imkoniyati mavjud bo’ladi: 
- Xizmatning barcha bosqichlari (yo’llanmani olayotgan vaqtda, 
mehmonxonaga joylashgan vaqtda, suhbat jarayonida)da sayyohlar haqida (yoshi, 
jinsi, millati, faoliyat darajasi, sevimli dam olish faoliyati) ma'lumot olish. 


- Animatsion dasturni to’g’ri tanlash uchun turistlarning klassifikatsiyasini 
aniqlash va bilish. 
- Turli toifadagi turistlar uchun mo'ljallangan dasturlarni zahirada saqlash. 
Turanimator animatsion dasturlarni ishlab chiqishda turistlarning yosh 
xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Bu sizga ular bilan ishlashning to'g'ri shaklini 
tanlashga imkon beradi, dam olish qiziqarli va to’liq amalga oshishi uchun eng 
samarali usul aktiv va passiv dam olishni umumlashtirishdir. 
Turistlarni etnik tomonidan tasniflash mumkin. Turli millat va elat vakillari 
uchun animatsiya dasturlarini tuzishda odamlarning tasodifan hafa qilib qo’ymaslik 
uchun ayniqsa, ehtiyot bo'lish kerak, ularning milliy an'analarini bilish va uni 
hisobga olish muhim. 
Turli xil dasturlarni barcha jinsdagi turistlar uchun taklif qilkish 
mumkin. Yoki dasturlar faqat ayollarga hamda faqat erkaklarga mo’ljallangan 
bo’lishi mumkin. 
Biroq, eng asosiysi, turistlarning yosh jihatdan tasniflashdir: 

0-2 yosh – go’daklar (emizikli bolalar) 

3-8 yosh 
-
maktabgacha bolalar 

9-18 yosh – maktab o'smirlari

18-25 yosh - yoshlar, talabalar 

26-64 yosh – yoshi katta insonlar 

65 va undan katta - keksa va nafaqaxo’rlar. 
Mehmonxonalarda dam oluvchilarning asosini yoshlar yoshlar tashkil 
etishmoqda /30 yoshgacha bo’lgan yoshlar/. Bular maktab o'quvchilari, talabalar 
hamda sport jamoalaridir. Ular juda faol odamlar va ular uchun asosiy narsa - bu 
o’zlarining dam olishlarini qiziqarli va zavqli o’tkazishdir. Shuning uchun 
animatsiya faoliyatini amalga oshiruvchi animatsiya jamoasi birinchi navbatda 
aynan ushbu turistik turkumga kiruvchilarga e’tibor qaratmoqda. 
Yoshlarni ikki yosh toifasiga ajratsa bo'ladi: 18 yoshdan 24 yoshgacha va 25 
yoshdan 34 yoshgacha. Bu toifadagi turistlarning imkoniyati yuqori bo’lishadi va 
yetarlicha ta’sir o’tkaza olishadi. Ushbu toifada ham turli xildagi turistlar guruhi 
vakillari bo’lishi mimkin: nisbatan turmush qurish, oilada birinchi farzandning 
dunyoga kelishi, katta bo’lmagan uy xo’jaligi, kar’yerani ustun qo’yish kabilar 
oilaning katta a’zolari uchun muhim bo’lishi mumkin.
Turistik bozorda yoshlar guruhining ikkita umumiy guruhlari mavjud: yolg’iz 
yoshlar va farzandsiz yosh oilalar.

Download 1,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish