Sevimlingni ovqatlantir. Mehmonlar juftliklarga bo‘linadi. Har bir juftlikda–
erkak va ayol. Topshiriq – har bir juftlik boshlovchi bergan konfetni birgalikda qul
yordamisiz ochish–eyish. Buni birinchi bajargan juftlik g‘olib keladi.
Kartani uzat. Mehmonlar chiziqqa erkak–ayol bo‘lib joylashishadi.
Chiziqdagi birinchi o‘yinchiga odatdagi o‘yin kartasi beriladi. Vazifa –kartani
og‘izda ushlab bir o‘yinchidan ikkinchisiga uzatish. Qo‘l ishlatilmaydi. Topshiriqni
murakkablashtirish ham mumkin. Har bir uzatishdan keyin boshlovchi kartalardan
bir bo‘lakcha yirtib oladi. Ushbu o‘yinda mehmonlarni ikki jamoaga bo‘lib,
jamoaviy musobaqa ham o‘tkazish mumkin.
Syurpriz. Mehmonlar davra qurib turishadi yoki o‘tirishadi. Musiqa ostida
ular katta qutini bir–biriga uzatishni boshlashadi. Boshlovchi musiqani to‘xtatgan
zahoti qo‘lida qushchi bo‘lgan mehmon uni ochadi va qaramasdan qo‘liga tushgan
buyumni oladi. O‘yin shartiga ko‘ra u bu buyumni ma’lum muddat ketib yoki o‘ziga
osib yurishi kerak. Masalan, yarim soat yoki bayram tugaguncha. Musiqa yana
boshlang‘ich, mehmonlar yana qutini navbatdagi to‘xtalishgacha bir–birlariga
uzatishda davom etishadi. Qutiga kiyim –kichakning turli buyumlari solinadi:
bolalar shapkachasidan tortib maxsus tikilgan ulkan shlyapagacha.
O‘pishuvchilar. Boshlovchi uyinga ikki ayol va ikki erkakni chaqiradi.
So‘ngra ikki ishtirokchining ko‘zini bog‘lab, ular o‘pishish kerak kimsani ko‘rsatib
savol beradi. “Aytingchi, qayerdan o‘pishamiz? Bu yerdami? Va, misol uchun,
dudoqni (quloq, ko‘z, lab, qo‘l va h.k. ham ko‘rsatish mumkin) ko‘rsatadi.
Boshlovchi ko‘zi bog‘liq ishtirokchi “ha” demaguncha savollar beraveradi. Keyin
boshlovchi so‘raydi. “Necha marta? Qancha?” Va o‘ynovchi “Ha” demaguncha
barmoqlari bilan sanoqni ko‘rsataveradi. Keyin ishtirokchining ko‘z bog‘ichini
yechib uni rozi bo‘lganidan o‘pishiga majbur etadi. Masalan, erkak tizzasini sakkiz
marta o‘ptiradi.
Hazil uyin. Bu o‘yin hazil-unda g‘olib ham, mag‘lub ham bo‘lmaydi.
Mehmonlarni xushchaqchaq qilish uchun. Unga ikki ishtirokchi – erkak va ayol
taklif etiladi. Erkakka o‘yin qoidasi tushuntiriladi – “Hozir xonim mana bu
divanchaga o‘tirib, og‘ziga shirin konfet soladi, sizning vazifangiz ko‘zingiz bog‘liq
holda qo‘l yordamisiz o‘sha konfetni izlab topish va og‘iz bilan olish”. Vaziyatning
kulgili tomoni shundaki, erkakni ko‘zi bog‘langan zahoti divanchaga va’da qilingan
xonim o‘rniga erkak kishi o‘tkaziladi. Tanlangan kavaler “xonim” dan konfetni
qidirishga qancha vaqt urinsasa, mehmonlar shuncha dildan yayrab kulishadi.