2. "Bo'sh vaqt", "dam olish", "rekreatsiya", "turist faoliyat",
"madaniydam olish faoliyati" tushunchalari.
Olimlarning ta’kidlashicha, zamonaviy sivilizatsiya rivojlanishi ilmiy va
texnologik taraqqiyotga juda ham bog’liq emas, balki balki insonlarni
takomillashtirishga ko’proq bog’liq. Shu munosabat bilan, "...shaxsni rivojlantirish,
uning barcha asosiy vakolatlari nafaqat insonparvar ideal, balki jamiyatni
rivojlantirishning zaruriy masalasi bo'ladi".
Ishlab chiqarish va dam olish muassasalari sohasida shaxsiy va ijtimoiy
munosabatlarni faol rivojlantirish
shaxs manfaatlari, uning siyosiy, madaniy va
ma'naviy rivojlanish ehtiyojlariga bog'liq.
Bo'sh vaqtni tushunish uchun yondashuvlarning hech biri to'liq emas. Uning
o'zida uchta pozitsiya bor:
1) ishlash uchun bo’sh vaqtning bo’lishi, bunda bo’sh vaqt tushunchasi "dam
olish" uchun emas, balki biror bir ishni bajarish uchun qabul qilinadi;
2) "Bo'sh" va "bo'sh vaqt" tushunchalarini aniqlash;
3) hordiq – bo’sh vaqt, shaxsni rivojlantirish biln bog’liq bo’lmagan dam olish
va o'yin-kulgi.
Bo'sh vaqt - (kun, hafta, yil davomida) ishdan tashqari vaqtning bir qismi,
jamoaviy insonlar (guruh, jamoa) uchun doimiy, zaruriy xarajatlar. Bo'sh vaqt
tarkibida faol ijodiy faoliyat (shu jumladan ijtimoiy), o'rganish; o'z-o'ziga
ta'lim; madaniy (ma'naviy) iste'mol (kino, gazeta, kitob, ziyorat o'qish va
hokazo); spor; bolalar bilan o'ynash; insonlar bilan aloqa kabilar bo’lishi mumkin.
Qadim zamonlardan beri madaniy hordiq, turli uchrashuvlar maqsad va
ehtiyojlarni qondirishning bir yo'lidir, deb qaralgan.
Biz turistlarning bo'sh vaqtlarini tavsiflash
imkonini beruvchi umumiy
qoidalarni sanab o’tamiz:
1. Umuman olganda bo’sh vaqtning paydo bo’lishi, shuningdek ushbu vaqtda
qilish lozim bo’lgan majburiy vazifalarning mavjud bo’lmasligi.
2. Insolarning bo’sh vaqtlardagi faoliyati ob'ektiv sharoitlar, atrof-muhit va
moddiy xavfsizlik, madaniy dam olish muassasalari, sayohatlar, mehmonxonalar va
boshqalar bilan belgilanadi.
3. Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda odamlarning bo'sh vaqtini
samarali o’tkazish eng muhim zaruriyatdir, deb aytish mumkin, shuning uchun
bizning hayotimiz ma'naviy yangilanishlardan iborat.
4. Hordiq kishining turmush tarzidagi ajralmas qismi hisoblanadi. Shu
munosabat bilan, kishining to'liq va mazmunli dam olishi uning faoliyat ko’rsatishi
uchun muhim ahamiyatga ega. Mavjud sharoitlar insonning barcha maqsadlarini
amalga oshirish uchun etarli emas, chunki inson talablarining qiymati juda yuqori
darajada.
5. Bundan tashqari, albatta shaxs individual bo'sh
vaqtida faoliyatni erkin
tanlash huquqiga egadir. Shuning uchun, sayyohlik, dam olish, o'z-o'zini
rivojlantirish, o'z-o'zini anglash, aloqa, reabilitatsiya qilish bilan bog'liq shaxsning
manfaatlarini amalga oshirish kabi ishlar amalga oshiriladi. Bularning barchasi
turistik madaniy tadbirlarning muhim ijtimoiy qismi hisoblanadi.
6. Albatta, dam olish turli xil, qiziqarli, kulgili va oddiy bo'lishi kerak. Bunda
mavjud imkoniyat va sharoitlardan foydalangan holda faol dam olish va ko'ngilochar
tadbirlar shakllaridan foydalanish orqali erishish mumkin.
7. Biz o’zimizning bo'sh vaqtimizni mazmunli o’tkazish bilan birga
boshqalarning ham vaqtini samarali o’tkazishga yordamlashishimiz lozim.
Binobarin, bo'sh vaqtdan foydalanish samaradorligi odamlarning shaxsiy madaniy
manfaatlariga va boshqalarga bog'liq.
8. Turistlarning bo’sh vaqtdagi faoliyati ularning qiziqishi,
ijodiy aloqa,
shaxsiy tashabbusi, tadbirlarda ko'ngilli ishtiroki, manfaatdorligi asosida
belgilanadi.
Shu munosabat bilan, shaxslarning dam olishlarida turli xillik va tipologik
farqlar mavjud. Shuning uchun chora-tadbirlarni amalga oshirishda,
uning
mazmunini ishlab chiqishda guruhlar, jamoalar va shaxslarning psixologiyasi,
dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish lozim bo’ladi.
Bugungi kunda, turizmda turli xil madaniy tadbirlar tobora keng ko'lamni
qamrab bormoqda. Kishilarning ma’naviy salohiyati ham yuksalib borayotganligini
ko’rish mumkin. Bugungi kunda insonlarning shaxsiy tashabbusi bilan ixtiyoriy
ravishda o'yin-kulgi, o’z-o’zini rivojlantirish dasturlari tayyorlanmoqda va amalga
oshirilmoqda.
XIX asr oxirida Amerikada dastlabki 8 soatlik ish kuni, bayramlar munosabati
bilan dam olish kunlari va “Rekreatsiya” tushunchasi joriy etildi. Bu aholining
ommaviy dam masalalarini hal qilishda muhim qadam bo’ldi.
“Rekreatsiya” so’zi Lotinchadan olingan bo’lib, yangilash va qayta tiklash
ma’nolarini anglatadi.
Rekratsion turizm (dam olish va davolanish) bir qator davlatlarda ko‘proq
ommaviy shakllardan hisoblanadi. Sayyohlar Ispaniya, Italiya,
Fransiya,
Avstraliyaga safar qilishar ekan, avvalo dam olish va davolanishni ko‘zda tutadilar.
Turizmning bu turiga xos harakter sayyohatning davomiyligidir. Yo‘nalishga
kiruvchi shaharlar sonining kamligi turistning bir joyda uzoq muddatda bo‘lishga
imkon yaratadi. Ommaviy safarning boshqa xususiyati esa dam olish safariga
borganda, sayyohning joylashishida xonaga bo‘lgan talabidadir.
Ma’lumki, ko‘ngilochish turizmi butun jahonda mashhurdir. Turizmning bu
turi rang-barangligiga qaramay, uning turlari davomiyligi uncha kata emas, boru-
yo‘g‘i 3-4 kun hisoblanadi. Yevropada mamlakatlarida rojdestvo bayrami - turlari
keng tarqalgan. Bu turlar dasturi asosan ko‘ngilochish (bayram tadbirlariga,
restoranlar, konsertlar va boshqalarga tashrif buyurish) tadbirlaridan iborat.