po‘stlog’idagi muvozanat markaziga boradi. Ba’zi bolalarda ham,
xuddi katta
odamlardagidek vestibulyar-apparat ortiqcha qo‘zg‘aluvchan bo’ladi, dengiz
kasalhgi deb shuni aytiladi. Bunday bolalar avtomobil, samolyot,
kemada
yurgandida va arg’imchoq uchganda, ya’ni fazoda gavdaning turli holatlanda
bo’lishi noxushliklarni yuzaga keltiradi, rangi oqarib peshonasini sovuq ter bosadi
boshi aylanib, ko'ngli aynaydi, og‘zidan so’lagi oqib, qayt qiladi, nafasi tezlashadi,
pulsi sekinlashib, qon bosimi pasayib ketadi. Bu holatni yo'qotish uchun vestibulyar
apparatni yoshlikdan chiniqtirish zarur. Bolalarni beshikda va belanchakda tebratish
velosipedda yurish, karuselda aylanish, suvda suzish, yugurish sakrash, gimnastika
mashqlari va sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish raqsga tushishi kabilar bu organni
chiniqtiradi.
Tovush tebranishlarini qabul qilish.
Havo to‘lqinlarining nog‘ora pardaga
ta’siri natijasida quloq eshitadi. Havoning tebranishi tashqi eshitish yo‘li
orqali
nog‘ora pardani tebratadi. Nog‘ora pardaning tebranishi eshitish suyaklarida
takrorlanadi va o‘zangining serbar tomoni orqali ichki quloqning oval darchasidagi
pardaga o‘tadi. Oval darcha pardasining tebranishi perelimfaga o‘tadi. Perelimfa
tebranib, o‘z navbatida endolimfaning tebranishiga sabab bo'ladi. Éndolimfa
tebranib, Kortiyev organidagi tuklarni tebrantiradi va shu bilan eshitish nervining
uchlarini qo‘zg‘atadi. Eshitish nervining retseptorlaridan kelgan qo‘zg‘alish impulsi
bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘iga - eshitish
analizatorlarining miyadagi
uchlariga yetib boradi, natijada eshitish sezgisi paydo bo‘ladi. Odam qulog‘ining
tovush sezadigan muayyan chegarasi bo‘lib, soniyasiga 14 martadan to 20000
martagacha tebranishdagi tovushlarni sezadi. Yosh ulg'ayishi bilan quloqning
tovush sezish chegarasi kamayib boradi. Odam qulog'i 1000 dan 4000 gacha
gertsdagi tovush to‘lqinlarini sezadi.
Bola tug‘ilishi bilan eshitish analizatori ishlay boshlaydi. Eshitish
analizatorining funksional rivojlanishi 6-7 yoshgacha davom etadi. 14- 15 yoshda
eshitish sezgiriigi juda susayadi, so‘ngra yana orta boradi. Eshituv apparatining
shakllanishi va eshituv organining to'la yetilishi 12 yoshda tugallanadi.
Quloqqa shovqinning ta’sir qilishi.
Eshituv organi chastotasi va davriyligi har
xil bo’ladigan havo tebranishlarini, ya’ni tovushni idrok etadi. Hamma tovushlarni
chastotasi va davriyligiga qarab musiqa tovushlari va muzika bo’lmagan tovushlar
(shovkinlar)ga ajratish rasm bo’lgan. Musiqa tovushlariga ma’lum davriylik va
chastota xosdir. Shovqinlar esa betartib havo tebranishlaridir.
Odam jim-jit joyda uzoq turganida tovushlarni idrok etish layoqati kuchayadi
(sukunatga moslanish). Qattiq tovushlar uzoq ta’sir qilganida, tovushni idrok etish
avvaliga susayadi (tovushga moslanish) so'ngra, birmuncha yaxshilanadi. Moslanish
(adaptatsiya) tovush kuchiga teskari proportsionaldir.
Shu munosabat bilan
tovushning sub’ektiv qattiqligi adaptatsiya tufayli muayyan doiragacha ortib boradi,
xolos. Qattiq shovqin bo’lib turadigan va baland tovushlar eshitiladigan sharoitda
uzoq turish zararlidir. Bu - quloqning battar og’ir tortib qolishiga va hatto
garanglikka olib boradi.
Adaptatsiya normal ishlab turgan eshituv analizatori uchun xarakterli bo’lib,
charchash hodisalari qatoriga kirmaydi. U eshituv organining ish qobiliyatini
oshiradi, charchash esa uning ish qobihyatini pasaytiradi.
Biroq tovush bir necha soat mobaynida ta’sir qilib turadigan bo’lsa eshituv
organining
charchab qolishiga olib boradi, bu - darslarda ishchanlik qobiliyati va
e’tiborning susayib qolishiga sabab bo’ladi.
Shovqinlar, hattoki, juda arzimas shovqinlar ham, uzoq ta’sir qilib turadigan
bo’lsa, eshituv apparatining o‘zigagina emas, balki nerv sistemasining funksional
holatiga ham yomon ta’sir ko'rsatadi va odamni eng qimmatli narsadan - oromdan
mahrum qilib qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: