1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

Eshitish gigiyenasi.

Quloq o‘tkirligi quloqning tug‘ma xususiyatlari, gigiyenasiga, eshituv 
qobiliyatining tarbiyasiga bog‘liqdir.
Quloqning tug‘ma o‘tkirligiga kelganda bir qator mutaxassislar suyak 
labirintda o‘zgarishlar (otoskleroz) kelib chiqishi o‘rta quloqda yiringli yallig'lanish 
va boshqa o‘zgarishlar avj olishiga ba’zilar tug‘ilishdan moyil bo‘ladi, degan fikrni 
bildiradilar. Mana shu o‘zgarishlarning hammasi quloqning og‘ir tortib qolishiga 
olib keladi, ko‘pincha quloqning kar bo'lib qolishiga ham sabab bo‘ladi. Biroq irsiy 
zaiflikni hamisha bartaraf etsa bo‘ladi, ya’ni muhitni ustalik bilan tashkil etish - 
tarbiya va davo qilish yo‘li bilan kamchilikni yo‘qotish yoki bilinmaydigan qilib 
qo‘yish mumkin.
Quloq supralarining fiziologik roli asosan tovushlarni tutib, tashqi eshituv 
yo'liga yo‘naltirishdan iborat. Bu - tovushning qaysi tomondan kelayotganini bilib 
olishga imkon beradi, tovushning qaysi tomondan kelayotganini bilish tovush 
to‘lqinining har bir quloqqa baravar yetib kelmasligiga bog’liq, chunki tovush 
manbaiga yaqinroq turgan quloqqa to’lqin ertaroq yetib kelsa, o‘sha manbadan 
nariroq turgan quloqqa kechroq yetib keladi.
Quloq o‘tkirligi eshituv apparatining gigiyenik holatiga ham bog‘liq. 
Chunonchi chiqqan sekret-mum tashqi eshituv yo’lida to‘planib qolsa (mum 
tiqinlari) tovush to’lqini o‘z yo’lida to‘sqinlikka uchrab, nog‘ora bo'shligiga yetib 
borguncha susayib ketadi, ba’zan esa butunlay yetib bormay ham qoladi. Quloq 
ancha og’ir tortadi. Shu munosabat bilan bolalar quloq supralarini muntazam 
ravishda yuvib turishlari kerak.
Quloqning og’ir tortishi burun va burun-halqumdagi yalligianish 
protsesslariga, Yevstaxiy nayining tez-tez yalligianib turishiga bog’liq bo’ladi.
Bolalarda quloq og‘irligi
. Quloq og‘irligi nutq kamchiliklariga, kichik 
yoshdagi o‘quvchilarda esa yozuvda xato qilaverishga sabab bo’ladi.
Go‘daklikda quloqning og’ir tortib qolishi nutq rivojlanishining izdan 
chiqishiga olib keladi. Yaxshi eshitmaydigan bolalar, kar bolalardan farq qilib, 
odatdagicha qattiq ovoz bilan aytilgan tanish so‘zlarni ajratadi va quloqqa kirgan 
notanish so'zning konturini takrorlaydi. Ular, odatda, unli tovushlamnng hammasini 
va unsiz tovuslarning bir qismini ajratadi. Bunday bolalarning lug‘at boyligi 
cheklangan bo’ladi.
Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalar tanish so‘zlarni juda o‘ziga xos bir 
tarzda talaffuz qiladi. Ular so‘zlardagi jarangli tovushlarni jarangsiz tovushlar bilan, 
qattiq tovushlarni yumshoq tovushlar bilan, qorishiq tovushlarni sirg‘aluvchi 
tovushlar bilan adashtirib yuboradi. Ayni vaqtda ularning noto‘g‘ri talaffuzi 
(duduqlanadigan bolalardagidek) harakat (motor) qiyinchiliklariga bog’liq 


bo’lmasdan, balki so‘zning tovush tarkibi yetarlicha o‘zlashtirilmay qolgani tufayli 
kelib chiqadi. Shu munosabat bilan bolalar ba’zi harflarni boshqalari bilan 
alishtiradi, ularni tushirib qoldiradi, so‘zning urg‘u ostiga olinmaydigan boshi yoki 
oxirini to’la yozmay qo‘yadi va hokazo. Masalan, ular «bu yoqqa kel» o‘rniga 
«baqqa kel», «navbat» o‘rniga «novvat» deb yozadi.
Qulog’i salgina og’ir tortib, talaffuz va xat yozishda kamroq xato qiladigan 
bolalar hamma o‘qiydigan maktabda o‘qishlari mumkin, lekin ularga nutqni 
rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha mashg‘ulotlar, shuningdek imkoni boricha 
mutaxassis - logoped maslahati kerak bo’ladi.
O‘quvchilarni partalarga taqsimlab o‘tqazishda ularning yaxshi eshitmasligi 
hisobga olinadi. Yaxshi eshitmaydigan o‘quvchilarga oldingi partalardan joy 
beriladi, bunda partaning o'quvchi bo‘yiga to‘g‘ri kelishi va sinf doskasining to‘silib 
qolmasligiga ahamiyat beriladi. Eshitish organi sog’lom bo’lishi uchun uning 
gigiyenasiga rioya qilish kerak. Quloqni toza tutish shart. Quloq kirini qattiq narsa 
bilan tozalash, quloqni kovlash mumkin emas, chunki uning nog'ora pardasini teshib 
ko'yish yoki quloqqa turli infeksiya kirishi mumkin. Qulog’i yaxshi eshitmaydigan 
bolalar bilan baland tovushda gaplashishga to‘g‘ri keladi. Quloq og‘riganda shifokor 
maslahatisiz o‘z bilganicha davolanish aslo mumkin emas.
 

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish