ЎҚИШИНИ КЎЧИРГАНЛАР
|
ОН
|
|
|
А гуруҳи
|
|
|
Ergashev Jonibek
|
1. Amir Temur haqida “Zafarnoma” yozgan ikkita muallif nomini yozing.
2. Amir Temur Tug‘luq Temurning oldiga borib, uning xizmatiga kirishida vositachi bo‘lgan shaxs kim edi?
3. Qaysi temuriy hukmdorning onasi Tag‘oy Turkon og‘o bo‘lib, u turkiy qoraxitoy urug‘idan bo‘lgan?
4. 1501 yil Saripulda Muhammad Shayboniyxon tomonidan Boburning mag‘lub etilishi sabablari nimalardan iborat edi?
5. Amir Temur davrining “soxta xon”larini hukmronlik yillari bilan yozing.
6. Temuriylar davridagi poytaxt shaharlarni yozing.
7. Muhammad Shayboniyxonning o‘g‘illari nomini yozing.
8. Shayboniylarning Toshkent va Turkiston hududida hukmronlik qilgan hukmdorlari nomlarini sanang (3 ta).
9. 1512-yil shayboniylar tomonidan Movarounnahr o‘lkasi taqsimlangan edi. Kimlarga qaysi hududlar berilgan?
10. Ko’chkunchixon o’g’illarini sanang.
|
|
|
Rashidov Baxtishod
|
1. Amir Temurning Qorachor no‘yongacha bo‘lgan ajdodlarini ketma ketlikda saning.
2. Mirzo Ulug‘bek nechanchi yillarda pul islohotini o‘tkazgan (ikkita yil)?
Amir Temur tarixini yozgan uchta eronlik muarrixlar nomini sanang.
3. Amir Temur bog‘larining qaysi biri Erondagi mashhur tepalik nomiga berilgan edi?
4. Shayboniylar davridagi “qolg‘a” nima?
5. Movarounnahr va Xurosonda 1510-1512 yillarda qaysi sulolalar o‘rtasida kurash kechdi?
6. Shayboniylar davriga oid “sobun” soliq-majburiyatiga ta'rif bering.
7. Burhon sultonning Abulhayrxongacha bo’lgan shajarasini sanang.
8. Buxoroda Abdullaxon davrida qurilgan savdo inshootlarini sanang.
9. Ashtarxoniylarning Buxoroga kelgan ilk vakili kim edi.
10. Ashtarxoniylar Jo‘chining qaysi o‘g‘li avlodi sanalgan?
|
|
|
Ismoilov Azizjon
|
1. Temur tuzuklar necha qismdan iborat, ular qanday tavsiflanadi?
2. Movarounnahr va Xurosonda Amir Temurning qaysi o‘g‘illari avlodlari oliy hukmdorlik darajasiga yetgan edi?
3. Amir Temurning Xorazmga 5 ta yurishi sanalarini yozing.
4. Temuriy hukmdorlarning qay biri Ka'baga kisva (yopinchiq) yopishga erishgan?
5. Temuriylar davrida malikalarga atab qurilgan va ularning nomi bilan ataladigan 2 ta madrasani ayting.
6. Movarounnihrni boshqargan shayboniy hukmdorlardan 6 tasini sanang.
7. 1502-yil Shayboniyxon Samarqand atrofida o‘z egalari tomonidan tashlab ketilgan yerlarga nisbatan qanday qaror qabul qilingan edi?
8. Amir Husayn tomonidan 1365-yili taxtga oʻtqazilgan soxta xonlar kimlar edi?
9. 1512-yilgi taqsimotga koʻra Hisor qaysi Shayboniyzodalarga beriladi?
10. Abdullaxon bandi qachon, qayerda bunyod etilgan?
Shayboniy Ubaydullaxonning 1512-yilgi janglari kimlar bilan bo‘lgan edi?
|
|
|
Safaraliyev Sardor
|
1. Amir Temur bog‘larining qay biri Mironshohning qizi Bekasi Sultonga atalgan edi?
2. “U qaddi-qomati kelishgan, baland bo‘yli, tik qomatli, keng peshonali, kallasi katta, bag‘oyat kuchli, salobatli, yuzi oq-qizildan kelgan, lekin bironta dog‘i yo‘q, bug‘doy rang emas, qo‘l-oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, barmoqlari yo‘g‘on, boldir va poychalari semiz, qaddu qomati kamoliga yetgan, sersoqol, ikki ko‘zi bamisoli sham' bo‘lsa-da, shodligi bilinmas, yo‘g‘on ovozli edi”. Bu ta'rif kimga nisbatan berilgan edi?
3. Amir Temurdan keyin Xuroson va Movarounnahrni yagona davlatga birlashtirgan ilk temuriyzoda kim edi?
4. Amir Temur bilan uchrashgan muarrix Ibn Xaldun kim edi?
5. Husayn Boyqaro vafotidan keyin keyin nechta o‘g‘li qolgan edi?
6. Amir Temur qaysi bog‘ni Xizrxojaxon qizi Tukal xotinga bag‘ishlagan edi?
7. Toshkentdagi Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari qaysi sulola vakillari davrida bunyod etilgan?
8. Shayboniylar davrida “Tarx” majburiyati mohiyatini tushuntiring.
9. Shayboniylar davrida qurilgan ko‘priklarni saning.
10. Abdullaxon tomonidan qoʻllab quvvatlangan Sibir xoni kim edi?
|
|
|
Mahmudova Ma’mura
|
1. Amir Temurning To‘xtamishxon bilan to‘qnashuvlarini sanab bering.
2. Amir Temurning Xorazmga yurishi yillari va necha marta yurganini yozing.
3. Amr Temur ba’zi mustahkam, bo’ysunmas qal’alarni egallagach, ularni buzishga buyruq bergan. Lekin bunda qal’alarning devoridan ba’zi joylar ataylab buzdirilmagan. Bunga sabab nima edi?
4. Halil Sulton Samarqandni egallagach, kimni oliy hukmdor deb e’lon qilgan?
5. Amir Temur haqida “Zafarnoma” yozgan ikkita muallif nomini yozing.
6. Amir Temurni Tug‘luq Temurg xizmatiga kirishga majbur qilgan omil nima edi?
7. Qaysi temuriy hukmdorning onasi Tag‘oy Turkon og‘o bo‘lib, u turkiy qoraxitoy urug‘idan bo‘lgan?
8. 1501 yil Saripulda Muhammad Shayboniyxon tomonidan Boburning mag‘lub etilishi sabablari nimalardan iborat edi?
9. Shayboniyxon taxalluslarini yozing.
10. 1510-yilgi Marv jangidat to’qnashgan hukmdorlarning Yoshi qanday edi? Kim necha yoshda bo’lgan?
|
|
|
Elmurodov Behruz
|
1. Amir Temur qaysi nevarasiga o‘z otasi Amir Tarag‘ayning ismini bergan edi?
2. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida Amir Temur kimga zarba berib, Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on viloyatini o‘ziga bo‘ysundirdi?
3. Temur tuzuklariga tuzatishlar va qoʻshimchalar kiritilishida ishtirok etgan Hind hukmdorini ayting.
4. Amir Temurning toʻngʻich oʻgʻli Umarshayx Mirzo qachon va qayerda vafot etgan?
5. Mirzo Ulug’bek asarlarini sanang.
6. Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr shaharlarining (4 tasi) egallanishi quyidagi yillar ketma ketligida yozib chiqing: 1501, 1503, 1504, 1505.
7. Ubaydullaxonning 1512-yil G‘ijduvon jangida g‘alabasini bashorat qilgan va uni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagan din ulamosi kim edi?
8. 7-savolda so‘ralgan din ulamosi nomi bilan ataladigan Buxorodagi madrasa nechanchi yillarda qurilgan?
9. Temuriylar saltanatida devonlar soni qancha edi? Sanab bering.
10. Abdullaxon tomonidan Samarqand egalangach bu yerga kimni hokim etib tayinladi?
|
|
|
Boyqo’ziyev Nilufar
|
1. Amir Temur tavallud topgan joy Xoja Ilg’or qishlog’i ekanligi haqidagi ma’lumot ilk bor qaysi manbada keltirilgan?
2. 1414-yil Dehli hukmdori Shohrux mirzo saroyiga elchi yuborib, undan nima so’ragan edi?
3. Xivada Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857-1858 yillari amalga oshirilgan ish mazmunini yozing.
4. 1409, 1412 va 1417 yillarda Xirotga, Shohrux saroyiga qaysi davlatdan elchilar kelgan edi?
5. Temuriylar taxtga koʻtargan soxta xonlaridan 2 nafarini sanab bering.
6. Abdullaxon II Toshkentni va Samarqandni kimlardan tortib olib, Buxoroga bo’ysundirgan edi (qaysi hukmdorlardan)?
7. 1504-yili Movarounnahr egallangach u qay tarzda boʻlinadi?
8 Shayboniylar davrida “naqib” mansabiga ta'rif bering.
9. Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida faoliyat ko‘rsatgan jo‘ybor shayxlari nomlarini yozing (3 ta).
10. Buxoroda hukmdorlik qilgan Ubaydullaxonning avlodlarini ayting.
|
|
|
Xudoyberdiyev Abdusaid
|
1. Amir Temur haqida “Zafarnoma” yozgan ikkita muallif nomini yozing.
2. Amir Temur Tug‘luq Temurning oldiga borib, uning xizmatiga kirishida vositachi bo‘lgan shaxs kim edi?
3. Qaysi temuriy hukmdorning onasi Tag‘oy Turkon og‘o bo‘lib, u turkiy qoraxitoy urug‘idan bo‘lgan?
4. Temuriylar saltanatida devonlar soni qancha edi? Sanab bering.
5. Amir Temurning pirlarini sanang.
6. 1501 yil Saripulda Muhammad Shayboniyxon tomonidan Boburning mag‘lub etilishi sabablari nimalardan iborat edi?
7. Shayboniylarning Toshkent va Turkiston hududida hukmronlik qilgan hukmdorlari nomlarini sanang (3 ta).
8. Ubaydullaxonning 1512-yil G‘ijduvon jangida g‘alabasini bashorat qilgan va uni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagan din ulamosi kim edi?
9. 8-savolda so‘ralgan din ulamosi nomi bilan ataladigan Buxorodagi madrasa nechanchi yillarda qurilgan?
10. 1497-yil Boburning Samarqandni egallashida qanday siyosiy vaziyat paydo bo’lgan edi va Bobur undan unumli foydalangan?
|
|
|
Uktamov Javohir
|
1. Amir Temurning Hindistonga yurishlari kundaligini qaysi tarixchi yozib borgan?
2. Amir Temurning xotini Xayrinusobegim (Tuman oʻgʻo)ga atab qurdirgan bogʻning nomini ayting.
3. Shohruh Mirzoning oʻgʻillaridan Koʻragon unvonini olgan 2nafar Mirzoni ayting.
4. Xitoy elchilarining Amir Temurdan oʻlpon talab qilishiga izoh bering.
5. Temur tomonidan Ulugʻtogʻda oʻyib yozilgan Zafarnoma nechanchi yilga oid edi? Unda Temurning unvoni qanday shaklda keltirilgan?
6. Amir Temur tomonidan Shayx Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara qurilishi qaysi yillarda amalga oshirilgan?
7. Tagʻor majburiyatiga izoh bering.
8. Abdullaxon II Hirotni egallagach u yerga kimni noib etib tayinlandi?
9. 1552-1556-yilarda Movarounnaxrni deyarli toʻla tasarrufiga olgan Shayboniyzodani ayting.
10. Ubaydullaxonni 1512-yil Gʻijduvon jangida gʻalabasiga ma’naviy kuch bergan shaxs kim edi?
|
|
|
Yovqochov Muslim
|
1. Temuriylar davrida mavjud boʻlgan Tarxon yoʻrligʻining egasining gunovlari necha martagacha kechirilgan?
2. Shohruh Mirzo davrida Xorazmda noiblik qilgan shaxsni ayting.
3. Movarounnahrda Abulhayrxonning qaysi o’g’illari avlodlari hukmronlik qilgan (Abulhayrxonning 4 o’g’li nomi).
4. Sharafiddin Ali Yazdiy aytgan qoʻshinni 7 qoʻlga boʻlish tartibi qaysi jangda ilk marta qoʻllanadi?
5. Fulusi Adliya nomini olgan pul islohoti qachon oʻtqazilgan?
6. Manbalarda ta’kidlanishicha, Shayboniyxonning ona tomondan shajarasi kimlarga borib taqaladi?
7. Shayboniyxon qo’llagan “to’lg’ama”ning mazmunini tushuntiring. To’lg’amaning qanday turlari bo’lgan?
8. Shayboniylar davri tarixi bo’yicha eski o’zbek tilida yaratilgan manbalar nomlarini sanang.
9. Navroz Ahmadxon vafotidan soʻng Toshkent va Turkiston hokimiyati qaysi Shayboniyzodalar oʻrtasida talashda edi?
10. Abdullaxon II dan oʻz mamlakatiga Said va shayxlarni yuborishini soʻragan hukmdor kim edi?
|
|
|
Hamroyev Abror
|
1. Amir Temurning Hindistonga qilgan yurishi tasvirlangan bogʻni ayting.
2. Ka’baga ka’bapoʻsh yuborgan Temurzoda hukmdor kim?
3. Amir Temur tuzuklariga koʻra aholini necha toifaga boʻlgan?
4. Temuriylar davri tarixiga oid "Matlai Sad'ayn va majmuai Bahrayn" asari muallifi kim?
5. Amir Temurning xotini Tukal xonim kimning qizi edi?
6. 1419- 1421-yillarda amalga oshirilgan Xitoy elchiligi haqida yozilgan "Xitoy safari kundaligi" asari kimga tegishli?
7. Shayboniyxon vafot etgan vaqtda undan necha nafar farzand qoladi? Ularni sanag.
8. Shayboniylar davrida harbiy sohada foydalanilgan "Qozon" nimaning turi edi?
9. Koʻchkunjixon davrida qolgʻa boʻlgan shaxslarni sanang .
10. 1511-yili Hisorda Boburga qarshi jangda halok boʻlgan shaxslarni ayting.
|
|
|
Jumayev Bilol
|
1. Sharafiddin Ali Yazdiyning mashhur "Zafarnoma" asari qachon yozib tugallanadi?
2. Amir Temurning Qoracho’r no’yonga qadar bo’lgan ajdodlari nomini sanang.
3. 1402-yilda Amir Temur tomonidan Umarshayx Mirzo mulklari qaysi shahzodaga beriladi?
4. Amir Temur vafot etgan vaqtda Pirmuhammad Jahongir necha yoshda edi?
5. Dashti Qipchoq xoni Abulxayrxondan taxtni egallashda yordam soʻragan 2 ta Temuriyzodani ayting.
6.1512-yildagi taqsimotga koʻra Samarqand kimlarga mulk qilib berilgan? 7.1557-1558–yillarda Movarounnahrga kelgan Moskva elchiligi vakilining kundaligi qanday nomlanadi. U qaysi Buxoro xoni bilan uchrashgan?
8. Tarixiy adabiyotlarda Abdullaxon I nomi bilan mashhur shayboniy hukmdor kimning o’gli edi?
9. Shayboniyxonning otasi va onasi kim edi?
10. Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sulton topshirigʻi bilan yozilgan "Fatxnoma" asari kimning qalamiga mansub?
|
|
|
Hamzoyev Shoxruh
|
1. Amir Temur Mo’g’uliston ustiga qaysi yillarda, necha marta yurish qilgan?
2. Abu Said Mirzo vafotidan soʻng Samarqand taxtini boshqargan oʻgʻillarini ayting?
3. Amir Temur o’gillarini yashagan yillari bilan yozing.
4. Amir Temur vafotidan soʻng uning vasiyatiga qarshi borib, Samarqand taxtini egallashga uringan, ammo bu ishni uddalay olmagan shahzoda kim edi?
5. Temuriylar davrida amalda boʻlgan moʻgʻul udumlariga koʻra hukmdor yoki amaldorga tortiq qilingan sovgʻalar soni qancha boʻlishi kerak edi?
6. Shayboniylar davrida joriy etilgan "Darubast Suyurgʻol" atamasiga izoh bering.
7. Koʻchkunjixon va bir guruh Shayboniyzodalar elchilari qachon Agrada Bovur qabulida boʻlgan?
8. Shayboniyxon tomonidan Movarounnaxr shaharlari egallanishi jarayonini ketma ket sanang?
9. Navro’z Ahmadxonning ikkinchi nomini yozing. U nechanchi yillarda, qayerda hukmronlik qilgan?
10. Amir Temur vafotidan soʻng Samarqandni egallagan Xalil Sulton necha yoshda edi?
|
|
|
Tolipov Ahrorbek
|
1. Sulton Abu Said Mirzo kim bilan boʻlgan toʻqnashuvda halok boʻlgan edi?
2. Temuriylar davrida Muhaffachi unvoniga tarif bering.
3. 1414- yili Shohruh Mirzoga elchi yuborgan Dehli hukmdorini ayting.
4. 1366-yil qatl etilgan sarbadorlar nomini sanang. Ular nega qatl etildi?
5. Temuriylar davrida hukmdor qushchilarining boshligʻi qanday atalgan?
6. Shayboniyxon 1507-yili pul islohoti toʻgʻrisidagi farmonni qayerda eʼlon qildi? Uning pullari temuriylar pulidan nimasi bilan farq qilgan?
7. Qaysi Shayboniy hukmdorlar davrida pul islohoti oʻtkazildi?
8. Shayboniylar davrida urush vaqtida olinadigan favqulodda soliqlar nima deb ataladi?
9. Shayboniyxon Qozoq xonlaridan boʻlgan Qosimxon va Burunduqxon ustiga qachon yurish qilgan?
10. Shayboniyxonning toʻngʻich oʻgʻli Muhammad Temur Sulton qachon vafot etgan?
|
|
|
Musurmonov Umrzoq
|
1. Amir Temur bilan elchilik aloqalarini yoʻlga qoʻygan Angliya qiroli kim edi?
2. Amir Temur hujumlari arafasiida taxtda boʻlgan Shoh Yaxyo, Shoh Mansur kabi hukmdorlar qaysi sulola vakillari edi?
3. Amir Temur dastlab nima sababadan Muhammad Sulton mirzoni valiahd deb belgilagan edi?
4. Temuriylar davrida boʻgʻlar va daraxtzorlardan qanday soliqlar olingan?
5. Jiyba yoki jiba atamasiga izoh bering.
6. Abdullaxon II davrida Shayxulislomlik qilgan shayxlarni sanang.
7. 1574-yil Sibir xoni Kuchunxon Buxoroga, Abdullaxon huzuriga elchi yuborib, undan nima so’ragan edi?
8. Saripul jangida Shayboniyxonning qoʻshiniga boshchilik qilgan sarkardalarni ayting.
9. Abdullaxon II ni qo’llab-quvvatlagan, unga ma’naviy homiylik qilgan din ulamolaridan ikkitasini sanang.
10. Qachondan boshlab Abdullaxon II oʻz nomidan tangalar zarb eta boshlagan?
|
|
|