B guruhi
|
|
|
Botirov Doniyor
|
1. Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan Samarqand istilo qilgan yillarni yozing.
2. “Temur Tuzuklari”ning yana 3 xildagi nomlarini yozing.
3. Xurosonga egalik qilish borasida Safaviylardan ustun kelgan Shayboniylarni sanang.
4. Temuriylar davrida xiroj hosilning necha barobarini tashkil etgan?
5. Temur vafoti arafasida uning necha nafar oʻgʻil va nabiralari bor edi?
6. 1512-yili Movarounnahrni egallagan Shayboniylar, uni qayta taqsimlashni kimga topshirishgan?
7. Abdullaxon bandi qachon, qayerda bunyod etilgan?
8. 1512-yildagi taqsimotga koʻra Samarqand kimlarga mulk qilib berilgan?
9. Shayboniylar davriga oid “sobun” soliq-majburiyatiga ta'rif bering.
10. "Shayboniynoma" nomli asar yozgan mualliflarni ayting ( 2 ta)?
|
|
|
Mullayeva Salomat
|
1. Amir Temur va Boyazid Yildirim oʻrtasida necha marta xat almashinuvi boʻladi?
2. Temuriylar davrida Samarqandda qogʻozning necha turi mavjud edi?
3. Qolgʻa atamasiga izoh bering.
4. Amir Temurga oʻz tobeligini izhor etgan Misr hukmdori kim boʻlgan?
5. Xuroson hukmdori Husayn Boyqaroning nechta o’g’li bo’lgan. Ularning nomlarini sanang.
6. Zahiriddin Muhammad Boburning ona tomondan bobosi boʻlgan, Movarounnaxr siyosatida yetarlicha mavqeiga ega boʻlgan Moʻgʻul xoni kim edi?
7. Shayboniylar sulolasida Burhon sulton kim edi? Qaysi shayboniy hukmdor avlodi?
8. Qachondan boshlab Abdullaxon II oʻz nomidan tangalar zarb eta boshlagan?
9. Shayboniyxon 1507-yili oʻz nomiga qanday unvonni qoʻshib aytishni buyuradi?
10. Shayboniylar davriga oid “sobun” soliq-majburiyatiga ta'rif bering.
|
|
|
Mahmudova Orasta
|
1. Amir Temur davrida Samarqand shahri o’rtasida, mahallar ichida bir eng katta mahalla mavjud bo’lib, u baland devorlar bilan boshqa mahallalardan ajratib qo’yilgan edi. Shuning uchun uni mahalliy aholi uni “Dari zanjir”, yani “zanjirband eshik” deb atashgan. Savol, bu mahallada kimlar istiqomat qilgan?
2. Amir Temur Tug‘luq Temurning oldiga borib, uning xizmatiga kirishida vositachi bo‘lgan shaxs kim edi?
3. Qaysi temuriy hukmdorning onasi Tag‘oy Turkon og‘o bo‘lib, u turkiy qoraxitoy urug‘idan bo‘lgan?
4. Marv jangida Shayboniyxon mag’lubiyatining sabablarinima edi?
5. Shayboniylar sulolasidan Toshkent va Turkiston hududida hukmronlik qilgan hukmdorlari nomlarini sanang (3 ta).
6. «... Ulug‘ o‘g‘lining oti Muhammad, laqabi Shohbaxt. O‘zi shoir erdi. Shaybanxanning naslindin bo‘lg‘an uchun o‘ziga Shayboniy taxallus qilib erdi». Bu jumlalar kimning qaysi asaridan olingan?
7. Manbalarda ta’kidlanishicha, Shayboniyxonning ona tomondan shajarasi kimlarga borib taqaladi?
8. Shayboniyxon qo’llagan “to’lg’ama”ning mazmunini tushuntiring. To’lg’amaning qanday turlari bo’lgan?
9. Ubaydullaxonning 1512 yil G‘ijduvon jangida g‘alabasini bashorat qilgan va uni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagan din ulamosi kim edi?
10. 9-savolda so‘ralgan din ulamosi nomi bilan ataladigan Buxorodagi madrasa nechanchi yillarda qurilgan?
|
|
|
Usmonov Islom
|
1. Amir Temur va Amir Husayn o’rtasida do’stlik aloqalari XIV asrning 50-yillari oxirlarida o’rnatilgan edi. Lekin 1366-yilning o’zida ikki ittifoqchi o’rtasida nizolar chiqib, bir necha marta birodarlik, do’stlik aloqalari, ba’zi odamlarning aralashuvi yoki biror siyosiy maqsad yo’lida yana qayta yarashishlar bo’ldi. Lekin bu yarashuvlarning ham chegarasi ko’rinib qolgan edi. Savol, ittifoqlik ipining batamom uzilishi qaysi voqea yoki voqealar bilan bog’liq?
2. “Kurtvol” atamasiga izoh bering.
3. Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr shaharlarining (4 tasi) egallanishi quyidagi yillar ketma ketligida yozib chiqing: 1501, 1503, 1504, 1505.
4. Ubaydullaxonning 1512 yil G‘ijduvon jangida g‘alabasini bashorat qilgan va uni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagan din ulamosi kim edi?
5. 4-savolda so‘ralgan din ulamosi nomi bilan ataladigan Buxorodagi madrasa nechanchi yillarda qurilgan?
6. 1557-1558 – yillarda Movarounnahrga kelgan Moskva elchiligi vakilining kundaligi qanday nomlanadi. U qaysi Buxoro xoni bilan uchrashgan?
7. Tarixiy adabiyotlarda Abdullaxon I nomi bilan mashhur shayboniy hukmdor kimning o’gli edi?
8. Amir Temur haramida “katta xonim” va “kichik xonim” bo’lgan. Siz ularning kimligini yozing.
9. Shohrux mirzo vafotidan keyin uning toju taxtiga asosiy da’vogar bo’lgan nabiralari kimlar edi?
10. Shayboniylar davrida “naqib” mansabiga ta'rif bering.
|
|
|
Bekiyeva Dilnoza
|
1. Amir Temur bog‘laridan qay biri Klavixo tomonidan “Bagina” deb atalgan?
2. Abu Said Mirzo oʻzinig piri deb bilgan, mamlakat hayotida yuksak darajadagi obroʻga ega boʻlgan ulamoni yozing.
3. Temur tomonidan tiklanib Shohruxiya nomi berilgan shahar dastavval qanday nomlangan?
4. Shohrux mirzodan keyin qaysi temuriy hukmdor Movarounnahr va Xurosonni yagona davlatga birlashtirgan edi?
5. Shayboniylar davrida yer egaliginig qayday turlari bor edi?
6. Shayboniylar davrida “Tarx” majburiyati mohiyatini tushuntiring.
7. Abdullaxon tomonidan Hirot qachon egallandi?
8. Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida faoliyat ko‘rsatgan jo‘ybor shayxlari nomlarini yozing (3 ta).
9. Abdullaxon Samarqandni egallagach (1578), u yerga kimni hokim etib tayinlaydi?
10. 1598-yil Abdulmo’min qaysi shaharda taxtga o’tirgan edi?
|
|
|
Hayitov Javohir
|
1. Ma’lumki, Turkiy va Chingiziy an’analarga ko’ra taxtga o’tiradiga xonlar oq kigizda ko’tarilib, taxtgacha olib borilgan. Amir Temur esa taxtga o’tirishda oq kigizni bekor qilmagan bo’lsa-da, lekin o’zi uchun yangi an’anani joriy qilgan edi. Bu qanday an’ana edi?
2. Temuriylar taxtga koʻtargan soxta xonlaridan 2nafarini sanab bering.
3. Amir Temur bilan uchrashgan muarrix Ibn Xaldun kim edi?
4. Mirzo Xalil Sulton Samarqandni egallagach, kimni oliy hukmdor etib koʻtaradi?
5. Amir Temur bilan uchrashgan muarrix Ibn Xaldun kim edi?
6. Husayn Boyqaro vafotidan keyin keyin nechta o‘g‘li qolgan edi?
7. Amir Temur qaysi bog‘ni Xizrxojaxon qizi Tukal xotinga bag‘ishlagan edi?
8. Abdullaxon II davridagi Qulbobo Ko’kaldoshga ta’rif bering.
9. Toshkentdagi Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari qaysi sulola vakillari davrida bunyod etilgan?
10. Shayboniylar davridagi qo’shin ta’minoti uchun qanday soliqlar yig’ilgan?
|
|
|
Bahromo’v Behruz
|
1. Amir Temurning To‘xtamishxon bilan to‘qnashuvlarini sanab bering.
2. Abu Said mirzo Movarounnahr va Xurosonni yagona davlatga birlashtirishda qaysi Movarouunahr va Xuroson hukmdorlarini mag’lub etgan edi?
3. Amir Temur tirikligi paytida qaysi nabirasi nomidan tanga zarb qildirgan edi?
4. Amir Temur qaysi nevarasiga o‘z otasi Amir Tarag‘ayning ismini bergan edi?
5. Xivada Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857-1858 yillari amalga oshirilgan ish mazmunini yozing.
6. Shayboniylar davrida yer egaliginig qayday turlari bor edi?
7. Toshkentdagi Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari qaysi sulola vakillari davrida bunyod etilgan?
8. Shayboniylar davrida “Tarx” majburiyati mohiyatini tushuntiring.
9. Shayboniyxon tomonidan Movarounnahr shaharlarining (4 tasi) egallanishi quyidagi yillar ketma ketligida yozib chiqing: 1501, 1503, 1504, 1505.
10. Ubaydullaxonning 1512-yil G‘ijduvon jangida g‘alabasini bashorat qilgan va uni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagan din ulamosi kim edi?
|
|
|
Otaqulova Zulfiya
|
1. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida Amir Temur kimga zarba berib, Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on viloyatini o‘ziga bo‘ysundirdi?
2. Ma’lumki, Turkiy va Chingiziy an’analarga ko’ra taxtga o’tiradiga xonlar oq kigizda ko’tarilib, taxtgacha olib borilgan. Amir Temur esa taxtga o’tirishda oq kigizni bekor qilmagan bo’lsa-da, lekin o’zi uchun yangi an’anani joriy qilgan edi. Bu qanday an’ana edi?
3. Amir Temur tanga pullarida zarb qilingan yozuvlarga ta’rif bering. Oldi va orqasiga qanday yozuvlar mavjud bo’lgan?
4. Mirzo Ulug’bekka Movarounnahrni boshqarishda ko’maklashgan amir kim edi?
5. Movarounnahrda Abulhayrxonning qaysi o’g’illari avlodlari hukmronlik qilgan (Abulhayrxonning 4 o’g’li nomi).
6. Shayboniylar davrida “naqib” mansabiga ta'rif bering.
7. Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida faoliyat ko‘rsatgan jo‘ybor shayxlari nomlarini yozing (3 ta).
8. Bobur Amir Temurning qaysi o‘g‘li avlodi edi?
9. Ubaydullaxonning 1512-yil G‘ijduvon jangida g‘alabasini bashorat qilgan va uni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagan din ulamosi kim edi?
10. 9-savolda so‘ralgan din ulamosi nomi bilan ataladigan Buxorodagi madrasa nechanchi yillarda qurilgan?
|
|
|
Ilhomova Xolida
|
1. Amir Temur tomonidan valiahd deb e’lon qilingan shahzodalar yashagan yillarni yozing (2 ta).
2. Ka’baga ka’bapoʻsh yuborgan Temurzoda hukmdor kim?
3. Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida keltirilishicha, 1993-yil Amir Temurning Toshkentda o‘rnatilishi kerak bo‘lgan haykalida Islom Karimov Temur qo‘lida nima tutgan holda tasvirlanishini taklif etgan edi?
4. Amir Temurning xotini Xayrinusobegim (Tuman oʻgʻo)ga atab qurdirgan bogʻning nomini ayting.
5. Amir Temur tarixini yozgan uchta eronlik muarrixlar nomini sanang.
6. Amir Temur bog‘larining qaysi biri Erondagi mashhur tepalik nomiga berilgan edi?
7. Shayboniylar davridagi “qolg‘a” nima?
8. Movarounnahr va Xurosonda 1510-1512 yillarda qaysi sulolalar o‘rtasida kurash kechdi?
9. Shayboniyxonga Movarounnahr va Turkistonda homiylik qilgan shaxslar nomlarini yozing.
10. Shayboniyxonning otasi va onasi kim edi?
|
|
|
Odilnorova Ruxsora
|
1. Amir Temur tomonidan valiahd deb e’lon qilingan shahzodalar yashagan yillarni yozing (2 ta).
2. Dunyo yaratilganidan to 1442-yilgacha boʻlgan voqealar bayon etilgan temuriylar davri asari va uning muallifini yozing.
3. 1394-yili Temurga Kamoliddin Zangi tomonidan Ozarbayjonda taqdim etilgan, nazm uslubida yozilgan asarni ayting.
4. Qachon Qora Yusuf vafoti tufayli Shohruh Mirzo Ozarbayjonni katta qiyinchiliksiz egallaydi?
5. Husayn Boyqaro vafotidan keyin keyin nechta o‘g‘li qolgan edi?
6.Shayboniylar davridagi qo’shin ta’minoti uchun qanday soliqlar yig’ilgan?
7.. Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sulton topshirigʻi bilan yozilgan "Fatxnoma" asari kimning qalamiga mansub?
8. Muhammad Shayboniyxon Samarqandni ilk bor egallaganda, Samarqand hukmdori kim edi?
9. Ashtarxoniylar Jo‘chining qaysi o‘g‘li avlodi sanalgan?
10. Ashtarxoniylarning Buxoro taxtiga chiqqan ilk vakili kim edi? Nima uchun u taxtga chiqarilgan?
|
|
|
Barotov Furqat
|
1. Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"sini Koʻchkunjixon buyrugʻi bilan forschadan tarjima qilgan shaxsni ayting.
2. Amir Qazag’on davrida hukmronlik qilgan qilgan soxta xonlarni yozing.
3. 1457-yili Xurosonda qisqa muddat muvaqqat hukronlik qilgan turkman (qora qo’yinli) hukmdor kim edi?
4. Sulton Husayn Boyqaroning toʻngʻich oʻgʻli kim edi?
5. ) Amir Temur valiahdi deb belgilagan Sulton Muhammad qachon va qayerda vafot etgan?
6. Amir Temur bog’lari ko’rinishi va shakliga ko’ra qanday turlarga bo’lingan?
7. Mirzo Ulug’bek 1425-yil kimning ustidan g’alabaga erishgan edi?
8. Zahiriddin Muhammad Bobur Samarqandni ikkinchi marta egallashiga zamin yaratgan omillarni sanang.
9. Abdullaxon vafot etgach, taxtga chiqqan vorisi Abdulmo’min shu vaqtga qadar qayerning hokimi edi?
10. Ashtarxoniylarning Buxoroga kelgan ilk vakili kim edi.
|
|
|
Tolibova Nihola
|
1. Ma’lumki, Turkiy va Chingiziy an’analarga ko’ra taxtga o’tiradiga xonlar oq kigizda ko’tarilib, taxtgacha olib borilgan. Amir Temur esa taxtga o’tirishda oq kigizni bekor qilmagan bo’lsa-da, lekin o’zi uchun yangi an’anani joriy qilgan edi. Bu qanday an’ana edi?
2. Husayn Boyqaro vafotidan keyin keyin nechta o‘g‘li qolgan edi?
3. Amir Temur qaysi bog‘ni Xizrxojaxon qizi Tukal xotinga bag‘ishlagan edi?
4. Amir Temurning To‘xtamishxon bilan to‘qnashuvlarini sanab bering.
5. Abu Said mirzo Movarounnahr va Xurosonni yagona davlatga birlashtirishda qaysi Movarouunahr va Xuroson hukmdorlarini mag’lub etgan edi?
6. Toshkentdagi Baroqxon va Ko‘kaldosh madrasalari qaysi sulola vakillari davrida bunyod etilgan?
7. Shayboniylar davrida “Tarx” majburiyati mohiyatini tushuntiring.
8. Shayboniylar davrida yer egaliginig qayday turlari bor edi?
9. Xivada Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857-1858 yillari amalga oshirilgan ish mazmunini yozing.
10. Ashtarxoniylar sulolasi vakillari shayboniylar xonadoniga qanday aloqador edi?
|
|
|
Rahimova Shohista
|
1. Amir Temur qaysi nevarasiga o‘z otasi Amir Tarag‘ayning ismini bergan edi?
2. Xivada Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857-1858 yillari amalga oshirilgan ish mazmunini yozing.
3. Ma’lumki, Turkiy va Chingiziy an’analarga ko’ra taxtga o’tiradiga xonlar oq kigizda ko’tarilib, taxtgacha olib borilgan. Amir Temur esa taxtga o’tirishda oq kigizni bekor qilmagan bo’lsa-da, lekin o’zi uchun yangi an’anani joriy qilgan edi. Bu qanday an’ana edi?
4. Ubaydullaxonning 1512 yil G‘ijduvon jangida g‘alabasini bashorat qilgan va uni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagan din ulamosi kim edi?
5. 4-savolda so‘ralgan din ulamosi nomi bilan ataladigan Buxorodagi madrasa nechanchi yillarda qurilgan?
6. 1370-yil kuzi va 1371-yil bahorida Amir Temur kimga zarba berib, Afg‘oniston shimolidagi Shibirg‘on viloyatini o‘ziga bo‘ysundirdi?
7. 1409, 1412 va 1417 yillarda Xirotga, Shohrux saroyiga qaysi davlatdan elchilar kelgan edi?
8. Shayboniylar davrida “naqib” mansabiga ta'rif bering.
9. Abdullaxon ibn Iskandarxon davrida faoliyat ko‘rsatgan jo‘ybor shayxlari nomlarini yozing (3 ta).
10. Buxoro xoni Iskandarxon o’g’illarini sanang.
|
|
|
Abdullayev Sardor
|
1. Amir Temur haqida “Zafarnoma” yozgan ikkita muallif nomini yozing.
2. Amir Temur Tug‘luq Temurning oldiga borib, uning xizmatiga kirishida vositachi bo‘lgan shaxs kim edi?
3. Qaysi temuriy hukmdorning onasi Tag‘oy Turkon og‘o bo‘lib, u turkiy qoraxitoy urug‘idan bo‘lgan?
4. 1501-yil Saripulda Muhammad Shayboniyxon tomonidan Boburning mag‘lub etilishi sabablari nimalardan iborat edi?
5. Amir Temur davrining “soxta xon”larini hukmronlik yillari bilan yozing.
6. Temuriylar davridagi poytaxt shaharlarni yozing.
7. Muhammad Shayboniyxonning o‘g‘illari nomini yozing.
8. Shayboniylarning Toshkent va Turkiston hududida hukmronlik qilgan hukmdorlari nomlarini sanang (3 ta).
9. 1512-yil shayboniylar tomonidan Movarounnahr o‘lkasi taqsimlangan edi. Kimlarga qaysi hududlar berilgan?
10. 1736 yil Buxoro xonligi hududiga Rizoquli boshliq Eron qo‘shini bostirib kirdi. Unga qarshi .... Gapni davom ettiring.
|
|
|