Topshiriq - 1 Quyidagi so‘zlarning sinonimlarini topib, ular ishtirokida gaplar tuzib yozing. Ozod, rost, soqchi, mashaqqat, g‘amgin, tanti, ittifoq, ayovsiz, asil, va’dalashmoq, vaqt, dang‘illama, yorug‘, istamoq, ixlosmand. Topshiriq – 2 Berilgan maqollarni ko‘chiring. Antonimlarning ostiga chizing. 1. Birlashgan daryo bo‘lur. 2. Bolali uy – bozr, bolasiz uy – mozor. 3. Bor maqtansa topilur, yo‘q maqtansa – chopilur. 4. Do‘st achitib gapirar, dushman – kuldirib. 5. Yomonning yaxshisi bo‘lguncha yaxshining yomoni bo‘l. 6. Y o‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi. 7. Kam gapirsang ko‘p eshitasan. 8. Oyoq kiyiming tor bo‘lsa, dunyoning kengligidan ne foyda. 9. Erni er qilgan ham xotin, qaro yer qilgan ham xotin. 10. Qo‘y bir terining ichida necha ozib, necha semiradi. 11. Holvani hokim yer, kaltakni yetim yer. 12. Aytar so‘zni ayt, aytmas so‘zdan qayt.
Do'stlaringiz bilan baham: |