1-Amaliy topshiriq.Talaba: Nasrullayeva Azada
1. . Shaxsning rivojlanish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillar
Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va
xatti -harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvorva dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi.
Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihatini o‘qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Didaktika (yunoncha didaktikos “o‘rgatuvchi”) ta’limning nazariy jihatlari,ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etishmuammolarini o‘rganadi. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida etakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
2.Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o'zaro bog'liqligi.
Tarbiya - muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashinitarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya jarayonlarining mohiyatini anglash ularni keng yoki tor doirada o‘rganish,mavjud ko‘rsatkichlar vositasida ularning sodir bo‘lish sabablarini o‘rganish, zarur choratadbirlarni belgilash ilmiy izlanishlarni tashkil etish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Pedagogik izlanishlarning samarali kechishi bir qator ob`ektiv va sub’ektiv omillarga bog`liq. Mazkur jarayonda maqsadga muvofiq keluvchi, maqbul. Ayni vaqtda samarali bo‘lgan metodlarni tanlay olish ham muhimdir.Shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga berish tamoyillari, ob’ekti va sub’ektiv omillarini aniqlovchi pedagogic jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullaridir.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda, tadqiqotlarni olib borishdaquyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
1. Pedagogik kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Ta’lim muassasasi xujjatlarini taxlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
8. Pedagogik tajriba metodi.
9. Matematik-statistik metod.
3.Barkamol shaxs tarbiyasining ma'naviy-ma'rifiy asoslari. Shaxs kamolotining yoshlar dunyoqarashidagi ahamiyati
O‘zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Bu jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
1.Ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o‘rganish. 2.Shaxsni har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 3.Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
4.Ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5.Ilg`or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6.Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim-tarbiya
usullari bilan qurollantirish.
7.Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish
8.O`qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9.Oila tarbiya ni muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |