1-Amaliy mashg’uloti. Paxta tozalash zavodi tuzilmasi Ishdan maqsad



Download 18,43 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2022
Hajmi18,43 Kb.
#620620
  1   2

1-Amaliy mashg’uloti.
Paxta tozalash zavodi tuzilmasi
Ishdan maqsad: Paxta tozalash zavodi tuzilmasi o’rganish.
Kerakli jihozlar: Normativlar, standartlar, paxta tozalash zavodlariga qo‘yilgan talablar, zamonaviy paxta navlaridan namunalar, mikroskoplar.
Nazariy qism: Paxta tozalash zavodi - ishlab chikarish tarkibiy rivojiga ega bo‘lgan sanoat korxonasi hisoblanadi. Paxta tozalash korxonasida nisbatan kam bo‘lgan sanoat ishlab chiqarish personalii (200-250 kishi) band bo‘lsada, u ishlab chiqaradigan mahsulot hajmi yetarlicha katta mikdoriy summani tashkiletadi. Zamonaviy paxta tozalash korxonasi to‘liq elektrlashtirilgan bo‘lib, ilgor texnika va texnologiya bilan jihozlangan texnologik jarayon yordamida tayyor mahsulot ishlab chiqarishda paxta xom ashyosini tayyorlashni ham amalga oshiradi. Uzbekiston respublikasida 99ta paxta tozalash korxonalari faoliyat yuritib, uning tarkibiga 600dan ortiqroq paxta tayyorlash maskanlari ham kiradi.
Ish joyi korxonaning quyi qismi bulib, bu yerda mehnat jarayonida bitta yoki bir-birlari bilan bog‘liq bulgan bir qancha ishchilar guruhi mehnat qiladi. Ish joyi ixtisoslashtirish darajasi va ishlab chiqiladigan mahsulot tavsifiga kura paxta tozalash korxonasi ishlab chiqarishning ommaviy tipiga mansub bulib, bir xil tupdagi mahsulot ishlab chiqaradi.Asosiy ishlab chiqarishdagi mehnat predmetini harakatlanish shakliga kura esa uzluksiz oqim tipiga majburdir. Uzluksiz – oqimi ishlab chiqarishning ommaviy tipi bilan birikkanligi ishchilar mehnatini yetarlicha ixtisoslashishiga, asbob uskunalarnin qatiy ravishda belgilangan texnologik jarayoning bajarishga moslashishiga, ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanish va texnologik jarayonni tuliq avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Bularni barchasi yuqori mehnat unumdorlikni va ishlab chiqarish xarajatlarini pasayishini ta‘minlaydi. Zamonaviy paxta tozalash korxonasini ishlab chiqarish tuzilmasi korxonaning texnologik xususiyatlari bilan belgilanadi. Paxta tozalash zavodining asosiy ishlab chiqarishiga korxonaning asosiy texnologik vazifalarini bajaruvchi – quritish, jin, linter,tozalash va preslash bulimlari kiradi. Yordamchi – xizmat kursatuvchi bulimlariga – arra,tiklash – mexanik va energiya ta‘minotlari xujaliklari hamda bulimlari kirib, ular asosiy ishlab chiqarish bulimlari faoliyatini uzluksizligini ta‘minlaydi. Qushimcha sex va bulimlar tarkibiga urug‘lik chigit tayyorlash hamda ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlovchi(chiqindilarni regenasiyalovchi) sexlar kiradi. Ushbu ishlab chiqarish tuzilmalari asosiy ishlab chiqarish tuzilmalariga bog‘liq bulmagan hoda faoliyat kursatadi. Paxta tozalash korxonalarida xizmat kursatuvchi bulinmalar tarkibiga ombor, transport,yong‘inga qarshi va laboratoriya xujaliklari kiradi. Shuningdek bulardan tashqari paxta tozalash korxonalarida ishlovchilarga xizmat kursatadigan quyidagi tashkilotlar uy-joy xujaligi, medisina, madaniy- oqartiruv va shu kabi boshqalar ham faoliyat yuritadi. Paxta tozalash korxonasida ishlab chiqarishning sexli tuzilmasi mavjud emas. Amalda texnologik jarayon, paxta xom ashyosini asosiy ishlab chiqarishga uzatib berishdan tortib, tayyor mahsulot - tola toyini olguncha jarayon bir uzluksiz va yuklangan oqimda ketma-ket ravishda bog‘langan har xil ish joylaridan iborat bulgan yagona bulimdan utadi. Yordamchi – xizmat kursatuvchi bug‘inlarda sexlar mavjud emas. Ular mamuriy tuzilmaga ega emaslar va alohida hisobot yuritmaydilar. Usta yoki brigadir tomonidan boshqariladi. Paxta tozalash korxonasining tarkibiy tuzilmasini ajralib turadigan tomonlaridan biri – bu uning tarmog‘iga tayyorlov tarmog‘ining qushilganligidir. Kuplab paxta xom - ashyosini tayyorlash maskanlari quritish qurilmalari, tozalash uskunalari va energetika va transport moslamalari bilan jihozlangan quritish tozalash sexiga (QTS) egadir.
Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirish va boshqaruv apparatini ixchamlashtirish uchun kuplab yunalishlar buyicha ishlar olib borilmoqda.
Ulardan eng muhimlari quyidagilardir.
-oraliq bug‘inlarni qisqartirish, bulimlar va boshqa bulimlarni yiriklashtirish, baravar ish bajarayotgan boshqaruv apparati organlarini tugatish,
- mayda ishlab chiqarish bug‘inlarini tugatish,korxona sex va bulinmalarni yiriklashtirish,sanoat korxonalarini boshqaruvining sexsiz tizimiga utish,
- Ta‘mirlovchi, materiallarni bichish, chiqindilarni qayta ishlash, transport xizmatlari va shu kabilar buyicha qator korxonalarga xizmat kursatish uchun markazlashtirilgan ishlab chiqarish tashkilotlarini tuzish.
- ishlab chiqarishda axborot va EHMlardan foydalanish,
- rejalashtirish va hisobot shakllarini soddalashtirish va qisqartirish,
- sanoat ishlab chiqarishni boshqaruv ilg‘or tajribasini urganish,
umumlashtirish va keng miqyosda yoyish.
Tashkiliy, texnika-mashina, mexanizm va asboblarni takomillashtirish vositalarini tadbiq
etish hozirgi bozor va texnika taraqiyotlari sharoitida, ayniqsa qa‘tiy zarur.

Download 18,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish