9- amaliy mashg’uloti.
Mavzu : TCP/IP vositalari asosida tarmoqlararo birgalikda ishlashni amalga oshirish. IP protokoli.
Ishdan maqsad: TCP/IP vositalari asosida tarmoqlararo birgalikda ishlashni va IP protokoli ish jihatlarini amaliy o’rganish.
Topshiriq: 1. O’tilgan ma’ruza matni va tavsiya etilgan adabiyotlardan mavzuga oid bilimlarni takororlash.
2. Xisobot tuzing va unda keltirilgan bayon asoslarini aytib bering.
Nazariy qism
Protokol — bu qoida va amallar to'plami bo'lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiiyki, axborot almashinuvida qatna- shayotgan hamma kompyuterlar bir xil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo'lgandan so'ng hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko'rinishga yana qaytarish kerak.
Eng quyi bosqichlarning protokollari (jismoniy va kanal), ya'ni qurilmalarga tegishli bo'lganlarini yuqoridagi boblarda ko'rib chiqdik. Xususan, ularga kodlashtirish va dekoderlash usullari kiradi. Hozir esa, biz ancha yuqori bosqich protokollarining xususiyatlariga to'xtalib o'tamiz, ularning vazifalarini dasturlar amalga oshiradi.
Tarmoq adapteri bilan tarmoq dasturiy ta'minotining aloqasini tarmoq adapterlarining drayverlari amalga oshiradi. Drayver sharofati bilan aynan kompyuter adapter qurilmasining hech qanday xususiyatlarini bilmasligi mumkin (ko'rsatkichlarni, manzilini va u bilan axborot almashish kodlarini). Drayver har qanday klassdagi adapter platasi bilan dasturiy ta'minoti muloqotini bir turli qilishga xizmat qiladi (uni fiksatsiyalaydi). Tarmoq adapterlarini ishlab chiqaruvchilar ularga qo'shib tarmoq drayverlarini ham birga beradi. Tarmoq drayverlari tarmoq dasturlariga har turdagi ishlab chiqaruvchining platasi va hatto turli mahalliy tarmoqlar platasi bilan ham bir xil ishlashga imkon beradi (Ethernet, Arcnet, Token- Ring).. Agarda, gap OSI standart modeli haqida borsa, unda drayverlar, odatda, yuqori bosqich ostining vazifasini bajaradi. Masalan, adapterning bufer xotirasida uzatiladigan paketlarni drayverlar hosil qiladi, tarmoq orqali kelgan paketlarni bu xotiradan o'qiydilar, axborot uzatishga buyruq beradilar va kompyuterga paketning qabul qilingani haqida xabar beradi.
Har qanday holatda ham adapter platasini xarid qilishdan oldin mos tushadigan qurilmalar ro'yxati bilan tanishish foydadan xoli emas, albatta (Hardware Compatibility List, HCL), hamma tarmoq operatsion sistemasini ishlab chiqaruvchilar ro'yxatni nashr qiladi. Endi qisqacha ancha yuqori bosqich protokollarini ko'rib chiqamiz.
Bir necha standart protokollar to'plami (ularni yana steklar, deb atashadi) mavjud, ular juda ko'p tarqalgan:
ISOG’OSI protokollar to'plami;
IBM System Network Architecture (SNA);
Digital DECnet;
Novell Net Ware;
Apple, apple Talk;
Internet global tarmoq protokollar to'plami, TCP/IP.
Bu ro'yxatga global tarmoqning kiritilganligi tushunarli, chunki OSI modeli har qanday ochiq sistemada ishlatiladi.
Sanab o'tilgan protokol to'plamlari uch asosiy turga bo'linadi:
amaliy protokollar (OSI modeli amaliy, prezentatsion va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlari vazifasini bajaradi);
transport protokollari (OSI modelining transport va aloqa vaqtini boshqarish bosqichlari vazifalarini bajaradi);
tarmoq protokollari (OSI modelining uch quyi bosqichlari vazifalarini bajaradi).
Amaliy protokollar — ilovalarning muloqoti va ular o'rtasidagi axborot almashinuvini ta'minlaydi. Ularning ko'p ishlatiladigan va taniqliligi quyidagilardir:
FTAM (File Transfer Access and Management) — fayllarga ega bo'lish OSI protokoli;
Do'stlaringiz bilan baham: |