7.3-rasm. Konsentratorning ko'paytirish strukturasi.
Bir shassi asosidagi eng murakkab konsentratorlar (7.4-rasm) orqa panelidagi kontaktlarni ulab, aloqani tegishli tashkil qilish hisobiga murakkab tarmoq hosil qilishi imkonini yaratadi. Masalan, ularda bir vaqtda bir necha turdagi tarmoqni qo'llab turish (Token — Ring, Ethernet va FDDI) va modulli repiterli konsentratorlardan tashqari, yana yo'naltirgich va kommutar modullarini ham ulash imkoni mavjud. Bunday konsentrator yordamida bir vaqtda, bir necha bir-biriga bog'liq bo'lmagan bir turdagi tarmoq tashkil qilish mumkin (masalan, Ethernet). Bu usulda tarmoqni tashkil qilish tarmoq yuklamasini kamaytirishga va tarmoq qismlarining o'rtasida axborot oqimini taqsimlashga imkon yaratadi.
7.4-rasm. Shassi asosli konsentrator.
Odatda, shassi asosidagi konsentratorlar ancha murakkab almashinishlarni boshqarish imkoniyati borligi bilan ajralib turadi. Bunday konsentratorlarda portlar soni 288 gacha yetishi mumkin. To'g'ri bunday konsentratorlarni portga nisbatan hisoblanganda ancha qimmatga tushadi. Ularni qo'llash iqtisodiy jihatdan ko'p portlarni ulash lozim bo'lganda (100 atrofida) o'zini oqlaydi, deb hisoblanadi.
7.2.1. I va II klass konsentratorlari
IEEE 802.3 standarti repiterli konsentratorlarni ikki klassga ajratadi, ular bir-biridan ishlatilish sohalari va bajaradigan vazifalari bilan ajralib turadi. Har bir konsentrator o'z klassining belgisi bilan belgilab qo'yiladi, ya'ni I va II rim raqamlaridan tegishlisini aylana ichiga olingan belgi bilan belgilanadi.
II klass konsentratorlari (repiterlari) — keng tarqalgan taniqli konsentratorlar, Ethernet tarmog'i ishlab chiqarilgandan beri ulardan foydalaniladi. Shuning uchun ham ulardan Fast Ethernet tarmog'ida foydalanishga ruxsat etilgan. Bu konsentratorlar segmentdan kelgan signallarni aynan o'zidek qilib, boshqa segmentga hech qanday o'zgartirmasdan uzatishi bilan ajralib turadi (ya'ni tarmoq signallarini kodlash usulida o'zgartirib bera olmaydi). Shuning uchun bu konsentratorlarga faqat bir turdagi signal ishlatuvchi segmentlarni ulash mumkin. Masalan, bu konsentratorlarga faqat 10 BASE-T yoki 100 BASE-TX bir xil tarmoq segmentlarini ulash mumkin. To'g'ri, ularga turli, masalan, 10 BASE-T va 10 BASE-FL yoki 100 BASE-TX va 100 BASE-FX segmentlarini ham ulash mumkin, lekin ular bu holda bir xil uzatish kodidan foydalanishlari kerak. Ammo bu konsentratorlar turli kodlashtirish tizimli segmentlarni birlashtira olmaydi, masalan, 100 BASE-TX va 100 BASE-T4.
II klass konsentratorlarida signalning ushlanishi I klass konsentratorlariga nisbatan kam. Standartga ko'ra, signal ushlanishi 46 bit oraliq vaqtidan (100 BASE-TXG’FX uchun) 67 bit oraliq vaqtigacha bo'ladi (100 BASE-T4 uchun). Shu holatdan bu turdagi konsentratorlarda kengaytirish imkoni va ularning portlar sonining chegarasi kelib chiqadi (odatda, ular soni 24 tadan oshmaydi). Lekin konsentratorlarning kam ushlanish vaqti uzun kabellardan foydalanish imkonini beradi, chunki tarmoq ish faoliyatiga tarmoqdagi umumiy ushlanish vaqti ta'sir qiladi (konsentratordagi va kabeldagi ushlanish).
II klass konsentratorlarini o'zaro ulash uchun maxsus kengay- tirish portlari (UpLink port — port rassshireniya) ishlatiladi. Buning uchun har bir konsentrator shu porti bilan boshqa bir konsentratorning oddiy portlaridan biriga ulanadi (7.5-rasm). II klass konsentratorlarini ishlab chiqarish I klass konsentratorlariga nisbatan ancha murakkab, chunki ularga vaqt bo'yicha qo'yilgan qattiq talablar mavjud. Shu bilan bir qatorda, ularning imkoniyat- lari kam, shuning uchun ularni sekin-asta I klass konsentratorlari siqib chiqarmoqda.
I klass konsentratorlari (repiterlari) — bu turdagi konsentratorlar segmentga kelayotgan signallarni raqamli ko'rinishga o'zgartiradi, so'ng boshqa segmentlarga uzatadilar. II klass
konsentratorlaridan farqi, turli segmentlarda ishlatiladigan kod- larni o'zgartirish imkoni bor, shuning uchun ularga bir vaqtda turli xil segmentlarni ulash mumkin, masalan, 100 BASE-TX, 100 BASE-T4 va 100 BASE-FX turdagi segmentlarni. Lekin signalni o'zgartirish jarayoni vaqt talab qiladi, shuning uchun bu turdagi konsentratorlar sekin ishlaydi (standart bo'yicha ulardagi ushlanish 140 bit oralig'idan ko'p bo'lishi kerak emas).
I klass konsentratorlari ancha erkin, ular kengayish bo'yicha ancha keng imkoniyatlarga ega. Aynan shular shassi asosidagi murakkab konsentratorlar hosil qilishda ishlatiladi. Shuningdek, ularda ichki raqamli signallar shinasi mavjud bo'lganligi uchun masofaviy ish stansiyalaridan boshqarish imkoniyati hosil bo'ladi. Ya'ni tarmoq yuklamasini va portlar holatini, tarmoqdagi xatoliklarni qaytarish chastotasini nazorat qilish va shuningdek, nosoz segmentni avtomatik ravishda o'chirish ishlarini masofadan amalga oshirish mumkin bo'ladi. Bu holda boshqarish stansiyasi bilan aloqa qilish uchun maxsus loyihalashtirilgan aloqa protokoli SNMP (Simple Network Management Protocol — prostoy protokol upravleniya setyu) ishlatiladi. Bunday masofaviy boshqarilish imkoniyati bor konsentratorni idrokli konsentrator, deb ataladi (Intelligent Hub — intellektualno’y — idrokli). 1988-yili IAB (Internet Activities Board) komissiyasi tomonidan SNMP protokoli taklif qilingan. U RFC1067, RFC1098, RFC1157 hujjatlarida bayon qilingan. SNMP protokoli amaliy bosqichga tegishli bo'lib, IP va IPX protokollari bilan ishlaydi. U tarmoq haqida axborot yig'ishi va shuningdek, tar- moq qurilmalarini ham boshqarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |