Kuchaytirgichning umumiy emitterli ulanish sxemasi
Quyidagi sxema orqali UE–ulanish sxemasi hosil qilinadi (2.2.- rasm).
2.2-rasm. Kuchaytirgichning umumiy emitterli ulanish sxemasi
Sxemaning asosiy elementlari bo‘lib manba Yek, boshqariluvchi element – tranzistor T hisoblanadi, qolgan elementlar yordamchi vazifani bajaradi. Masalan, sig‘im Sa1, Sa2–ajratuvchi sig‘im, Sa1– tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisini o‘tkazmaydi, Sa2– yukka o‘zgarmas tashkil etuvchi kuchlanishni o‘tkazmaydi, o‘zgaruvchan tashkil etuvchini o‘tkazadi.
R1 va R2 zanjirda tinchish holatni hosil qilib beruvchi qarshiliklar. SE teskari bog‘lanishning elementi bo‘lib, harorat oshganda zanjirni tinch holatiga salbiy ta’sirini kamaytiradi. Sig‘im SE–esa RE qarshilikni o‘zgaruvchan tok orqali shuntlaydi, shu bilan bir qatorda o‘zgaruvchan tashkil etuvchining manfiy teskari bog‘lanishni cheklaydi.
Bu sxemani kuchaytirgichning umumiy emitterli ulanish sxemasi deyishdan maqsad emitter elektrodi kirish va chiqish zanjiri uchun umumiydir. Sxemaning ishlash prinsipi quyidagicha: Kaskadning chiqishida va kirish zanjirida o‘zgarmas potensial hosil qilinadi. Chiqishdagi hosil qilingan potensialning kattaligi kirishdagi potensialdan katta bo‘ladi. Kirishga kuchaytirmoqchi bo‘lgan Ukir signalni bersak bazaning o‘zgaruvchan tashkil etuvchi tokini o‘zgartiradi, bu esa kollektorning o‘zgaruvchan tashkil etuvchi tokiga ta’sirini o‘tkazadi o‘z navbatida Rk qarshilikdagi kuchlanishni pasayishini o‘zgarishiga ta’sir etadi. Bu o‘zgarish esa kollektor chiqishdagi sig‘im Sa2 orqali yukka beriladi.
Shunday qilib, chiqishda kirish signalining chastotasiga teng bo‘lgan, ammo amplitudasi undan katta bo‘lgan kuchaytirilgan signal 1800 fazalar farqi bilan olinadi.
Kaskadning parametrlariga tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti – KI, kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti – Ku, quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti Kr va kirish qarshiligi Rkir, chiqish qarshiligi Rchiq kiradi. Bu parametrlarni aniqlashda o‘zgaruvchan tok orqali topiladi. Buni aniqlash uchun tranzistorni va butun sxemani ekvivalent sxemaga almashtiriladi.
Quyidagi 2.3-rasmda KUE ulanish sxemasini ekvivalent sxemasi berilgan.
2.3-rasm. Kuchaytirgich umumiy emitter ulanishining ekvivalent sxemasi
Kaskadning kirish qarshiligi Rkir
Rkir=R1//R2//rkir (2.1)
rkir – tranzistorning kirish qarshiligi
rkir=rb+(1+) rE (2.2)
shart R1//R2(25) rkir ,berilganda
kirish qarshiligi rkir 13 kOmdan oshmaydi.
Chiqish qarshiligi Rchiq
Rchiq=Rk//rk(e) (2.3)
rke1>>Rk chiqish qarshiligi Rk orqali aniqlanadi.
Tok bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti KI
KI(Rk//Ryuk)/Ryuk (2.4)
Kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti Ku
Ku=iyuk∙Ryuk/ikir(Ri+Rkir)=KIRyuk/(Ri+Rkir) (2.5)
Quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti Kr
Kr=Rchiq/Rkir=Ku∙KI (2.6)
UE ulanishdagi kaskadda Kr=(0,25)∙103 gacha yetadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |