Matematik model qurishga doir misollar.
Yengil yadrolar qо‘shilib,
bitta yadro hosil
bо‘lishi
sintez
deb ataladi. Sintezda va og‘ir yadrolarning bir nechta yengilroq yadrolarga
bо‘linishida ham jо‘da kо‘p miqdorda energiya ajralib chiqadi
1
.
Yengil yadrolar qо‘shilib bitta yadro hosil qilish uchun yadrolar bir – biriga yaqin masofa
(~2*10
-13
sm) ga kelishi kerak. Yadrolarning bunday yaqinlashishiga Kulon qonuniga asosan elektr
itarish kuchlari tusqinlik qiladi. Shuning
uchun yadrolar qushilib, yangi element hosil qilish va
bunda kо‘p miqdorda energiya ajralib chiqishi uchun elektr itarish kuchlariga qarshi ish bajarish
kerak. Bu kuchni yengish uchun esa yadrolar taxminan bir necha 100 million gradus temperaturaga
mos katta tezlik bilan harakatlanishi kerak.
Termoyadro reaksiyalari Quyosh va yulduzlar ichida sodir buladi.
Odatda fiziklar Termoyadro reaksiyasini amalga oshirish uchun
Kulon itarish kuchlarini
yengish kerak deyishadi. Buning uchun atom yadrolariga yetarlicha energiya berish kerak. Bu
shartni amalga oshirishni 2 ta yо‘li bor.
1)
Bir – biriga yо‘nalgan zarralarni tezligini oshirish kerak. Bunda muvaffoqiyatli
tо‘qnashishlarda Kulon itarish kuchlarini yengish mumkin.
2)
Zarralarni qizdirish yо‘li. Qizdirilgan zarralar katta tezlikga ega bо‘ladi.
Qizdirish
darajasi zarralarning о‘rta kinetik energiyasi yoki temperaturasi bilan xarakterlanadi.
Temperatura qancha yuqori bо‘lsa, shо‘ncha kо‘p zarra Kulon itarish kuchini yengish uchun
yetarlicha energiyaga ega bо‘ladi. Hisoblashlar shuni kо‘rsatadiki, bu temperatura 100 million
graduslar atrofida bо‘lishi kerak.
Ammo termo reaksiyalarini amalga oshirish uchun moddalarni yuqori temperaturalargacha
qizdirishning о‘zi yetarli emas. Chunki bu protsessda yadrolarni qо‘shilib,
yangi yadro hosil
qilishidan kо‘ra ularni bir – biri bilan tо‘qnashgandan keyin ajrashib ketish ehtimoli kattaroq.
Yadrolar bir – biri bilan birikib yangi kimyoviy element hosil qilishi uchun yetarlicha vaqt kerak.
Zamonaviy tezlatgich texnikalaridan foydalanib, zarralarga Kulon itarish kuchlarini yengish uchun
yetarlicha energiya berilsada, ammo zarralarning zichligi Va о‘zaro ta’sir
etish vaqti kichik
bо‘lganligidan samarali termoyadro reaksiyalarini о‘tkazish amalda mumkin emas.
Vodorodning og‘ir izotoplari deyterii D va tritiy T yoki D bilan Dni nisbatan tezroq
biriktirish mumkin. D va T yadrolari birikkanda yangi element geliy Ne
4
(atom massasi 4 ga teng
bо‘lgan) va neytron hosil bо‘ladi. Bu reaksiyada 17,6 million elektron-volt(EV) yoki 17,6 MeV
ajraladi:
D + T = He
4
+ n + 17,6 MeV
D + D = T + p + 4,0 MeV
D + D = He
3
+ n + 3,25 MeV
D va D reaksiyasi 2 ta kanalga ega. Ikkala reaksiya ham bir xil ehtimollik bilan sodir bо‘ladi.
Nazorat savollari.
1.Model ta‘riflaridan keltiring.
2.Modellarga misollar keltiring.
3.Modellashtirish nima?
4.Matematik model ta‘riflaridan keltiring.
5.Matematik modellarga misollar keltiring.
6.Model nima uchun kerak?
7.Matematik modelning paydo bulish yo’llari.