b u erda – jihozlarni bir sutkadagi ishlash vaqti.
255∙16=4080 soat
Jihozlarning haqiqiy ish vaqti yillik fondi quyidagi tenglama orqali hisoblanadi
bu erda n – smenalar soni;
– jihozlar ta’mirlanishi natijasida foydalanilmaydigan ish vaqti, ga nisbatan % larda.
Jihozlarni reja bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazish va barcha turdagi ta’mirlar uchun vaqt ga nisbatan 2-8% ni tashkil qiladi va smenalar soni va ishlab chiqarish jihozi turiga bog‘liq.
Jihozlarning haqiqiy yillik vaqt fondi jihozlarning nominal vaqtidan belgilangan me’yorlar bo‘yicha rejali ta’mir uchun vaqt sarfini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi:
bu erda Q – ishchining nominal yillik vaqt fondi;
m – sutkadagi smenalar soni;
nobor – nominal fondga nisbatan vaqt sarfini hisobga olish koeffitsienti, ikki smenali ishda nobor =0,98 qabul qilinadi.
Jihozlarning vaqt fondlari 8 soatlik ish kuni (haftasiga 40 soat, bayram kunlari 9 ta) uchun ishlab chiqiladi.
Texnologik jihozlar va ish o‘rinlari ish vaqtining soatlarda ko‘rsatilgan haqiqiy (hisobiy) yillik fondi 1.1-jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval
Texnologik jihozlar va ish o‘rinlari ish vaqtining soatlarda ko‘rsatilgan haqiqiy (hisobiy) yillik fondi
Jihoz
|
Jihozlarni ta’mirlash uchun vaqt sarfi Qn ,%
|
Jihozlarni ishlashi va ish o‘rinlari bandligining haqiqiy (hisobiy) yillik vaqt fondi, soat
|
Metall kesuvchi va yog‘ochga ishlov beruvchi
Temirchilik-shtamplash
Quyuv-texnologik
Vagranki
Payvandlash (apparatura, avtomatlar va yarimavtomatlar, yuqori chastota toklari qurilmalari)
Quritish pechlari (mexanizatsiyalanmagan kameralar)
Himoya qoplamlari sexlarining avtomatlashtirilmagan jihozlari
Bo‘yash va quritish kameralari
Ish o‘rinlari (pozitsiyalar):
jihozlarsiz (dastgohlar, stollar va boshqalar)
jihozlangan
oqimli yig‘ish
|
3 (4)*
4 (6)
4 (5)
-
5 (7)
4 (6)
3 (4)
4 (6)
-
-
-
|
4015 (5960)
3975 (5840)
3975 (5900)
4140 (6210)
3935 (5775)
3975 (5840)
4015 (5960)
3975 (5840)
4140 (6210)
4055 (6020)
4050 (6020)
|
*bu erda va bundan keyin qavs ichida uch smenali ish kuni uchun qiymatlar ko‘rsatilgan.
|
Jihozlarning ish vaqti nominal yillik fondlari va stoylolar, ish o‘rinlarining vaqt fondlari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval
Jihozlarning ish vaqti nominal yillik fondlari va stoylolar, ish o‘rinlarining vaqt fondlari
-
Ishlab chiqarish xarakteri
|
Smenalar soni,
m
|
Nominal yillik vaqt fondlari
Qn , soat
|
Uzlukli texnologik jarayon va normal ish sharoitlarida (40 soatlik ish haftasi uchun)
Uzlukli texnologik jarayon va zararli ish sharoitlarida (35 soatlik ish haftasi uchun)
Uzluksiz texnologik jarayonda (8 soatlik ish kuni uchun)
|
1
2
3
1
2
3
3
3
3
|
2020
4040
6060
1780
3560
5340
8760
8540 (bayram kunlari soni 9 ta)
6440 (dam olish va bayram kunlarisiz)
|
1.2. Amaliy ish tarkibi
1.2.1. Sexning ishchi kuchi, jihozlari ish vaqtining fondini hisoblash haqidagi asosiy tushunchalar bilan tanishilsin.
1.2.2. O’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqqa binoan sexning ishchi kuchi, jihozlari ish vaqtining fondini hisoblasin.
1.2.3. Nazorat savollariga javob berilsin.
Nazorat savollari
1. Qanday ish rejimlari mavjud?
2. Vaqt fondlari qanday aniqlanadi?
3. Smenaning o‘rtacha davomiyligi qanday aniqlanadi?
4. Vaqt va ishchi kuchi bo‘yicha optimallashtirish qanday amalga oshiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |