1-Amaliy mashg`ulot: Sintaksisga kirish. Sintaktik munosabatlar turlari. So`zlarning teng va tobe bog`lanishi. Reja



Download 390 Kb.
bet18/21
Sana12.07.2022
Hajmi390 Kb.
#784160
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Sintaksisga kirish

Gapning turlari
O‘zbek tilida gaplar turli nuqtai nazardan tasnif qilinadi: I. Ifoda maqsadiga ko‘ra. II. Emotsionalikka ko‘ra. III. Tuzilishiga ko‘ra. Ifoda maqsadiga ko‘ra va bu maqsad bilan bog‘liq bo‘lgan ohangga ko‘ra gaplar darak, so‘roq, buyruq gaplarga ajratiladi. Emotsionalikka ko‘ra gaplar ikki turga bo‘linadi: his-hayajonli gaplar yoki undov gaplar va his-hayajonsiz gaplar. Darak, so‘roq, buyruq gaplar darak, so‘roq, buyruq ohangi bilan aytilsa, emotsional bo‘lmagan gaplar deb yuritiladi. YUqorida sanab o‘tilgan gaplar kuchli his-hayajonga ega bo‘lishi bilan his-hayajon gapga aylanadi. Tuzilishiga ko‘ra gaplar sodda va qo‘shma bo‘ladi. Gaplarning bunday bo‘linishi ularning tarkibidagi predikativlik birliklarning soniga, miqdoriga asoslanadi.
Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari
Gaplar ifoda maqsadiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi: 1) darak gap; 2) so‘roq gap; 3) buyruq gap.
1. Darak gap
Borliqdagi hodisalar haqida tasdiq yoki inkor yo‘li bilan xabar qiluvchi gap darak gap deyiladi. Darak gap nutqda gapning boshqa turlariga qaraganda ko‘p qo‘llanadi. Darak gap mazmunan va tuzilishi jihatdan rang-barang bo‘ladi. Darak gap darak ohangi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida ohang ko‘tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. Masalan: Yoz kechasining yoqimli salqini. Ko‘kda, daraxtlar ustida g‘uj-g‘uj yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning mayin musiqasi hamma yoqni to‘ldirgan, go‘yo kechaning o‘zi kuylaydi. (O.). Darak gapning kesimi ko‘pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe’l bilan yoki fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ifodalanadi. Darak gap oxiriga nuqta qo‘yiladi.
2. So‘roq gap
So‘zlovchiga no’la’lum bo‘lgan voqea-hodisa, harakat-holat haqida ma’lumot olish ko‘zda tutiladigan gap so‘roq gap deyiladi. So‘roq gaplar ko‘proq dialogik nutqda qo‘llanadi. Bunday gaplar alohida ohang bilan aytiladi. So‘roq gaplarni quyidagi vositalar shakllantiradi: 1. So‘roq yuklamalari (-mi, -chi, -a, -ya). Masalan: Chindan qo‘rqqaningmi bu, Robiya? (P.Q.). Ammo Naziraning o‘rniga o‘zimni qo‘yib ko‘rsam-chi? (O‘.Usmonov). 2. So‘roq olmoshlari (kim, nima, qanday, qaysi, qachon, qayerda, nega va boshqalar). Masalan: Akmalxon, nega bizga qatnamay qo‘ydingiz? (F.Musajonov). Nega o‘rtoqlaringizga qaramaysizlar? Bu qanaqa tartibsizlik? (O‘.Usmonov). 3. So‘roq ohangi. Bunda savol mazmuni bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zda ohang (ohang) ko‘tariladi. Masalan: Soyliqqa borasiz? – deb so‘radi. (O‘.Usmonov). Juda kamnamolar, Akmalxon? (F.Musajonov). So‘roq gaplar so‘roqning xususiyatiga ko‘ra uch turga bo‘linadi: sof so‘roq gaplar, ritorik so‘roq gaplar, so‘roq buyruq gaplar. Sof so‘roq gaplar tinglovchidan so‘roqqa javobni talab qiladi. Masalan: Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka? (F.Musajonov). Qishloq xo‘jalik bo‘limi shumi? (F.Musajonov) Ritorik so‘roq gaplarda so‘roq ichida uning javobi ham anglashilib turadi. Masalan: Dunyoda sizga ishongan, sizni jonidan aziz ko‘radigan kishining yuziga oyoq bosishdan og‘ir jinoyat bormi? (A.Muhiddin). So‘roq-buyruq gaplar so‘roq orqali buyruq jilvasini o‘z ichiga oladi. Masalan: Aka, nega indamaysiz? (P.Qodirov). Uka, Murtazobekning o‘zi qaerdaligini aytib berolmaysizmi? (O‘.Usmonov).
3. Buyruq gap
So‘zlovchining biror narsaga buyurish-xohishini bildiradigan gap buyruq gap deyiladi. Buyruq gapda quyidagilar ifodalanadi: 1. Buyruq, do‘q-po‘pisa. Masalan: Taqsir, ... bitta surat chizib bering. (P.Qodirov). Bolalar tezroq olib chiqilsin!.. (P.Qodirov). Professor Jamolov senga ham ota, ham ustozlik qiladi, o‘g‘lim... Gapidan chiqma. (J.Abdullaxonov.). – Sen darsingga o‘tir, qizim, - buyruq qildi u YUlduzga, - sen Qunduz, Temirjonga darrandayu parrandalaringni ko‘rsat. (J.Abdullaxonov.). 2. Iltimos, yalinish, istak. Masalan: Oshiqmang, bo‘ladi. Faqat iltimos qilamanki, bo‘tam, buni hozircha zinhor-bazinhor sir tuting. Zero, nifoq solguvchilar paydo bo‘lib, biror ishkallikni o‘ylab topmasinlar. Institutimiz rahnamolari bu maqsadga uncha ro‘yixushlik bermayotganlarini unutmang. (J.Abdullaxonov). 3. Maslahat. Masalan: Fanda kashf qilishdan buyuk narsa yo‘q, toylog‘im,- deb qoldi professor, - siz ham faoliyatingizni kashf qilishdan boshlang. (J.Abdullaxonov). Keling, institutda olgan nazariy bilimingizni amaliyot bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘ling avval. (J.Abdullaxonov). Buyruq gapning ko‘pgina ma’nolari ohang orqali anglashiladi. Buyruq gapni shakllantirishda quyidagi vositalar xizmat qiladi: 1) buyruq ohangi; 2) ko‘pincha buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesimi; 3) gapga buyruq jilvasini qo‘shadigan maxsus so‘zlar (keling, kel, yaxshisi, iloji bo‘lsa va boshqalar). Buyruq gap kesimning ifodalanish usuliga ko‘ra farqlanadi: 1. Buyruq gapning kesimi ko‘p hollarda buyruq-istak maylidagi fe’l bilan ifodalanadi. Masalan: Och odamning ustidan kulmang. Etishmasa ishga qurbati, Xunukkina qizlarni siylang, Go‘zal bo‘lar ular siyrati. Birovlarning haqqin eganni Dasturxonga yo‘lata ko‘rmang. Rostni ko‘rib yolg‘ on deganning Kosasini to‘lata ko‘rmang. (A.Oripov). 2. Buyruq gapning kesimi sifatida shart maylidagi fe’l keladi. Masalan: Iloji bo‘lsa, uzoq kutdirib qo‘ymasangiz... (J.Abdullaxonov). Unday bo‘lsa, marhamat qilib uni ishlarimiz bilan ham oshno qilsangiz (J.Abdullaxonov). 3. Ba’zan buyruq gapning kesimi aniqlik (ijro, xabar) mayli shaklidagi fe’l bilan ifodalanishi mumkin. Masalan: Professor haliginday takror qo‘l siltadi: - Raddiyani uning o‘ziga yozdirasiz, bo‘tam. (J.Abdullaxonov). 4. Buyruq gapning kesimi vazifasida fe’ldan boshqa so‘zlar ham kelishi mumkin. Masalan: Uztoz Ali! Oldinga! (P.Q.). Bobur uning so‘nggi yillarda o‘rgangan chavandozlik mashqlaridan ko‘rsatmoqchi ekanini sezdi. - Qani, qani,- dedi maroq bilan. (P.Q.). Hazratim, lozim bo‘lsa, endi musiqadan, bir imtihon qilib ko‘ring. -Qani, qani! (P.Q.). Orqadan kimdir: «E, bas, bas!» deb qichqirdi. (P.Q.). 4-§. Gapning his-hayajon ifodalash-ifodalamasligiga ko‘ra turlari

Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish