D) Suyuklik okimi tezligining ta’siri:
Suyukliklar okimining tezligi korroziyani tezlashtiradi. CHunki okim tezligining ortishi bilan metall sirtiga ta’sir etuvchi kislorod mikdori ortadi, okim kuchi metall sirtida xosil bulgan korroziya maxsulotini surib ketadi va kislorodning metall sirtiga diffuziyasi kuchayadi. Okim tezligining keskin ortishi korrozion muxitning kislorodga boyishi va metallning passivlanishiga xam olib keladi. Suvli eritma okimi tezligi - V bilan korroziya tezligi -K urtasida boglanish grafigida (10-rasm) uchta uziga xos soxani kurish mumkin:
(V<1,5:2,0 m/sek) da korroziya keskin kuchayib ketadi, chunki korroziyalanayotgan metall sirtiga kislorodning etib kelishi juda kup va kuchli buladi.
(2korroziya sekinlashadi, chunki kislorod ta’sirida metallarning passivlanishi ruy beradi.
(V>10,0 m/sek) yukori okim tezligida korroziya tezligi ortadi. Sababi korroziya maxsulotining metall sirtidan kuchishi sababli metall sirtining ochilib koladi va yangi korroziya markazlari paydo buladi.10-rasm.
Korroziya tezligiga issiklik kuchlari (xarakati) xam ta’sir etadi. Issiklik kuchlari metall sirtidagi oksid pardalarini buzilishi va kuchishiga sabab buladi. SHu bilan birgalikda metall sirtida kaytarilgan N2 gazi pufakchalari chikib ketishini tezlashtiradi. “Suv-bug” aralashmasi korrozion muxitidagi kislorodning deaeratsiyasi tufayli korroziyalanish sekinlashadi.
Mexanik kuch va korrozion muxitning birgalikda ta’siri tufayli metall korroziyasi kuchayadi. Mexanik ta’sir tashkaridan, ichkaridan (termik ishlov berish va deformatsiyalanish sababli) bulishi mumkin. CHunki bu kuchlar: metall sirtidagi ximoya (oksid va tuz) pardani buzadi, plastik deformatsiyalaydi va metallning termodinamik barkarorligini kamaytiradi.
Doimiy elektr toklari ta’sirida metallda anod va katod emrilishi (depolyarizatsiya) ruy berib, daydi toklar ta’siridagi elektr korroziyalanish sodir buladi.
Ultra tovush xam korroziyalanishni tezlashtiradi. Bu ta’sir tufayli metallning sirtidagi kush elektr kavatining tuzilishi uzgarishi, (siljishi) ruy beradi. Metall sirtida desorbsiyalanish, maxalliy temperatura ortishi, mexanik kuchlanishlar yuzaga keladi. Bular tufayli ayrim xollarda korroziya tezlashadi, ayrim xollarda sekinlashadi.
Radioaktiv nurlanish ta’siri xam yukoridagi singari buladi. Uning ta’sirida metallning kristall tuzilishi, xossasi uzgaradi. Korrozion muxit ionlanishi sababli uning aktivligi ortadi. Buning okibatida:
radioximiyaviy effekt sababli oksidlovchilar xosil bulib, katod jarayoni kuchayadi;
destruksion effekt sababli metall sirtining xususiyati uzgaradi, oksid pardaning ximoyalovchilik xossasi yukoladi;
fotoradiatsion effekt -katod jarayoni osonlashadi va depolyarizatsiya kuchayadi.
Keyingi paytda metall konstruksiyalarning tashki kurinishi, shakli, bir-biriga nisbatdan joylashuvi xam korroziyalanishda muxim axamiyatga ega ekanligi aniklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |