Korpus stoykasi po‘latdan quyiladi yoki shtamplab tayyorlanadi. Unga lemex, ag‘dargich va dala taxtasi biriktiriladi.
Chimqirqar ham lemex-ag‘dargichli sirtdan iborat. Uning lemexi stilindrik, ag‘dargichi esa stilindroidal sirtga ega. Chimqirqar tuproq palaxsasining 8...12 sm li chimli qatlamini qirqib, egat tubiga tashlaydi. Uning qamrash kengligi asosiy korpus qamrash kengligining 2/3 qismini tashkil etadi.
Chimqirqar ketidan kelayotgan asosiy korpus tuproq qatlamining qolgan qismini qirqib, aylantirib, ilgari tashlangan chimli qatlamni ko‘mib ketadi.
Plug pichog‘i oxirgi qatlamni vertikal tekislikda qirqib, egat devorining tekis va egat tubining toza bo‘lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |