nuqsonlari, momiq bo‘yicha guruhi va namligini aniqlash.
Asosiy ma’lumot
Paxta tozalash korxonasida paxta va undan olinadigan paxta
mahsulotlarining sifatini aniqlash ishlarini texnik nazorat bo‘limi
amalga oshiradi. Texnik nazorat bo‘limi har bir qayta
ishlanayotgan
paxta to‘dasi uchun paxtan tolasining tabiiy xususiyatlarini maksimal
saqlagan holda yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni
ta’minlash uchun tanlangan texnologik jarayonga to‘g‘riligini
tekshiradi. Laboratoriya hududidagi paxtani quritish, tozalash, paxta
mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarining texnik nazoratini amalga
oshirish. Quritish-tozalash dastgohlari to‘g‘ri ishlashini tekshirish va
ularni o‘z
vaqtida sozlash hamda quritilgan va tozalangan paxta
tudasi haqiqiy
namligi va ifloslanganlik darajasini aniqlash uchun smena laboranti
smena ish boshlanganligidan 30 min o‘tgach va undan keyin har 2
soat O’zDst 643:2006 standarti bo‘yicha namligin olib paxtaning
namligini O’zDst 647:2006 standarti bo‘yicha, iflosligini O’zDst
592:2014 standarti bo‘yicha aniqlaydi. Tahlil natijalari QTI smena
masteriga etkaziladi. Paxtani quritish, tozalash va jinlashda va
chigitni linterlashda smena laborat har bir smena bo‘yicha
quritgichlar ishlashini, paxta
tozalash uskunalari ishlashini, xom
ashyo va chigit valiklarini o‘z vaqtida tushirilishini va ulardan
to‘planib qolgan begona aralashmalarni ajralib chiqishini
tozalagichlar toshtutgichlar ta’minlagichlar, momiq tozalagichlar va
tola yo‘naltirgichlar cho‘tkalari setkalarining doimiy tozalanib
turilishini yuqori navdagi paxtani dastlabki ishlaganda smena 2 marta
past navlarga esa 3 marta
tozalab turishini, har bir jindagi ulyuk
qoziqlarini to‘g‘ri sozlaganligini smenada 1 marta O’zDst 632:2010
standarti bo‘yicha toladagi nuqsonlar va iflos
aralashmalari massaviy
ulugini; O’zDst 601:2014 standarti bo‘yicha jinlagan chigit
tukdorligini jindan ajralib iqqan ulyukni sifatini (ko‘z bilan)
chiqindilar sifatini (har smena bo‘yicha) chiqindilar sifatini (ko‘z
bilan); linterdan ajralgan chigit tukdorligini (har smena bo‘yicha
O’zDst 601:2014 standarti bo‘yicha momiq sifatini iflosligi va bo‘tun
chigitlar miqtori bo‘yicha (ko‘z bilan O’zDst 658:2011 standarti
bo‘yicha tashqi ko‘rinish namunalari bilan solishtirish yo‘li bilan) jin
va lenterlar ostidagi tushayotgan chigitlari shikastlamlanganligi (ko‘zi
bilan) momiqni tiplar bo‘yicha alohida toylanishini tolani
chiqindining turlari bo‘yicha omborlarga joylashtirishni va
toylanishini nazorat qilinadi.
TNB tola, momiq, chigit va chiqindilar tarozidan to‘g‘ri tortilishini
tekshirishida qatnashadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini
baholash va mahsulotlarni junatishga rasmiylashtirish uchun texnolik
laboratoriya belgilangan tartibda tanlab olingan namunalar bo‘yicha
tahlillar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: