Mahsulotlar tozaligi undagi turli
nuqsonlar-ning mavjudligiga
qarab baholanadi.
Ipdagi nuqsonlar tarkibini aniqlash.
Iplar alohida
to‘dalarning tozaligini standartlar talablariga muvofiq turli usullar
bilan tekshiri-ladi. Bundan tashqari,
paxta tolali ipning sinfini
paxta saralanmasi almashtirilganda, TNB boshlig‘i topshirig‘i
bo‘yicha va iste’molchi tomonidan ipning sinfining past
baholangan
hollarda
tekshiriladi.
Trikotaj
korxonasida
qo‘llaniladigan jun ipi uchun uni etkazib beruvchi va istemolchi
tomonidan tozaligi turlicha baholansa, bunday hollarda 20 kg ip
yassi fangali trikotaj mashinasida nazorat uchun qayta ishlanadi.
Qayta ishlash vaqtida ipning uzilishini
keltirib chiqaruvchi
nuqsonlar soni aniqlanadi va u 10000 m ip uchun hisoblanadi.
To‘quvchilik korxonasi uchun mo‘ljallangan apparat ipini
tashqi nuqsonlari bo‘yicha navini aniqlash uchun uning
pakovkasini
barcha navlardagi va navsiz
iplar etalonlari bilan
vizual ravishda solishtiri-ladi.
Qayta tarash piltasidagi nuqsonlar miqlorini nazorat etish.
Bir oyda ikki marta qayta tarash tarandisini aniqlash bilan birga
paxta tolasining qayta tarash piltasidagi nuqsonlar soni
aniqlanadi. Bu qo‘lda ajratish va aniqlangan qiymatni 1 g ga
hisoblash orqali bajariladi.
Paxta
tolasini
yigirish
korxonasida
qayta
tarash
samaradorligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
bu erda:
nx
B
nx
nT
100
nx
- 1 g xolstchadagi
nuqsonlar
soni;
(15)
nT
- 1
g qayta tarash
piltasidagi nuqsonlar soni.
Pilta namunasi cho‘zish asbobidan keyin olinadi, ikkinchi
namuna esa barcha xolstchalardan olinadi. Har bir namunadan har
birining massasi 0,25 g bo‘lgan
ikkitadan namunacha tanlab
olinadi va uni qo‘lda toza tola va nuqsonlarga ajratib olinadi.
Qayta tarash mashinalarini ta’mirlashdan so‘ng qabul
qilinganda har bir mashina (chiqish) bo‘yicha xolstchalardan va
undan olingan qayta tarash piltasidagi nuqsonlar miqdori,
shuningdek qayta tarash samaradorligi V aniqlanadi.
Xuddi
shunday tekshiruv mashinada umuman V<30% bo‘lsa, qayta
tarash tarandisining miqdori me’yorda bo‘lsa ham aniqlanadi.
Qayta taralgan jun piltasidagi tugunchalar
(mushkalar)
sonini
aniqlash uchun har birining massasi 1 g bo‘lgan ikkita namuna
va massasi 5 g bo‘lgan bitta namuna olinadi.
Namunalarni tiniq randagi duxoba doskaga qo‘yib,
ularni
qo‘l yoki qisqich yordamida ajratiladi va etalonlardan
foydalangan holda yirik, o‘rta
va mayda tugunchalar sanab
chiqiladi. So‘ngra 1 g ga to‘g‘ri keluvchi shartli tugunchalarning
soni uchta mayda tugunchalar bitta o‘rtacha, bitta yirik
tugunchani esa uchta o‘rta tugunchalarga tenglashtirgan ravishda
aniqlanadi. “Juda yirik” tugunchalar mavjudligida pilta nuqsonga
chiqariladi va tegishli mashina tuzatish va sozlashga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: