Топшириқлар.
1-topshiriq:
Talabalar quyidagi mavzular boʻyicha
2-3 daqiqali maʼruza tayyorlashlari kerak:
Qadimgi Yunonistondagi notiqlik.
Qadimgi Rimdagi notiqlik.
Nutq mаdаniyati hаqidа Kаykоvus fikrlаri.
O‘rtа Оsiyodа nоtiqlik vа nutq mаdаniyati.
А.Nаvоiy nutq mаdаniyati hаqidа.
А.Nаvоiy аsаrlаridа nutq оdоbi tаlаblаri.
2-topshiriq:
Quyidagi fikrlar kimlarga tegishli ekanligini aniqlang.
Notiqqa quyidagi talablar qoʻyilgan:
- materialni har tomonlama tayyorlash;
- materialni joylashtirish rejasini belgilash;
- materialni o‘zlashtirish, nutq qurilishini to‘g‘rilash;
- notiqning nutq materialini o‘rganishi;
- materialni so‘z bilan ifodalash;
- nutqni talaffuz qilish, ya’ni nutq jarayoni.
2. “Sen shunday so‘zlaginki, seni har bir kishi tushuna olsin”
3. “Agar u dangasalikni tashlab, oromga berilmasdan, gap bilan bog‘lanib keladigan nahv (grammatika), aruz (she’r o‘lchovchi) va mantiq (logika) ni mutolaa qilganda edi, so‘z zotan, nasr va nazmga ajralishini bilgan bo‘lardi”
4. “Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘rash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi jismlarga (substantsiya – narsalar) va aktsidensiya (hodisalar)ga ism beruvchi til haqidagi ilmlar deb tasdiqlayman. Ikkinchi ilm grammatikadir; u jismlarga berilgan ism (nom)larni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aktsidensiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi. Uchinchi ilm mantiqdir: ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to‘g‘ri, nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz”.
5. “... Yaxshi so‘zlashgа o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So‘zni o‘z joyida so‘zla, joyida aytilmagan so‘z, agar u yaxshi so‘z bo‘lsa ham yomon ko‘rinadi”.
6. “Kishi suxandon va notiq bo‘lishi lozim. Har bir notiq o‘z nutqi ustida ko‘p mashq qilishi, xalq oldida nutq so‘zlaganda yoqimli va bama’ni gapirishi, xalqning e’tiborini qozonishi zarur. Xalq oldida gapirganda so‘zing go‘zal bo‘lsin, bu so‘zni xalq qabul qilsin. Xaloyiq sening so‘z bilan baland darajaga erishganingni bilsin, chunki kishining martabasini so‘z orqali biladilar. Har kishining ahvoli o‘z so‘zi ostida yashiringan bo‘ladi…”
7. “Bilib so‘zlasa so‘z bilig sanalur”.
8. “So‘zni ko‘p so‘zlama, kamroq so‘zla. Tuman (ming) so‘z tugunini shu bir so‘z bilan ech”.
9. Uqub so‘zla so‘zni eva so‘zlama,
So‘zing kizla, kedin, boshing kizlama.
Ya’ni: so‘zni uqib so‘zla, shoshib gapirma (keraksiz, yaramas) so‘zlarni yashir, yaramas gaping tufayli keyin boshingni yashirib yurma.
10. “Tilgа ixtiyorsiz, elgа e’tibоrsiz”, “So‘zni ko‘nguldа pishqоrmаgunchа tilgа kеlturmа vа hаr nеkim ko‘nguldа bоr tilgа surmа”, “Mа’dаni insоn gаvhаri so‘z durur, gulshаni оdаm sаmаri so‘z durur”, “Ko‘p dеmаk so‘zgа mаg‘rurlik, ko‘p еmаk nаfsgа mа’murlik”, “Til munchа shаrаf bilа nutqning оlаtidur vа hаm nutqdurki, gаr nоpisаnd zоhir bo‘lsа, tilning оfаtidir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |