1-amaliy mashg’ulot mavzusi:
Jahon bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.
Bola adabiyoti paydo bo'lgan paytdan boshlab didaktik funktsiyaga aylandi. Adabiyotning ma'nosi o'quvchini insoniy etikning umuminsoniy qadriyatlariga qo'shishdir.
Bolalar adabiyotining vazifasi bolalarni badiiy so'z yordamida qo'llab -quvvatlash va rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu shuni anglatadiki, bolalar uchun adabiyot dunyoning ma'nosida, mafkuraviy, diniy, pedagogik inshootlarni to'xtatishda bo'lishi kerak.
Bolalar adabiyotining o'ziga xos xususiyati haqida gapirganda, o'quvchi taqdimotida siz bir nechta guruhlarni ko'rishingiz mumkin. Bolalar adabiyotining tasnifi xalq mutaxassisliklarining rivojlanish bosqichini takrorlaydi:
1) bolalar bog'chasi, maktabgacha yoshdagi bolalar, agar bolalar kitoblarni tinglab, tomosha qilsalar, ular yozma adabiyotni rivojlantirishni o'zlashtiradilar;
2) maktabgacha yoshda, agar bolalar o'qish, o'qish texnikasini tuzatayotgan bo'lsalar -da, lekin, odatda, tomoshabinlarning katta qismida, ular adabiyot yozuvlarini tinglaydilar, qarashni, izoh berishni xohlaydilar. chaqaloq va matn;
3) yosh maktab o'quvchilari-6-8, 9-10 yosh;
4) yosh kattalar - 10-13 yosh; 5) podlitki (bolalik) - 13-16 yosh;
6) yoshlar - 16-19 yosh.
Mustaqil mamlakatimizda kattalar adabiyotining ajralmas bir boʻlagi boʻlgan bolalar adabiyotining rivojlanishi, har tomonlama boyib borishida tarjima asarlarining oʻrni, ahamiyati katta. Negaki, tarjima asarlarini oʻqigan har bir yosh kitobxonning dunyo haqidagi fikri, tasavvuri boyib, oʻsha xalqning yashash sharoitlari, urf-odatlari, mehnatlari, orzu-intilishlari bilan oshna boʻladilar.
Asrlar osha xuddi ertak kabi eldan elga, tildan tilga oʻtib, dillarni yashnatib yurgan “Qizil Shapkacha”(Sh. Perro), “Robinzon Kruzo” (D. Defo), “Gulliverning sayohatlari” (J. Svift), “Dyumchaxon” (H. Andersen), “Oltin baliq” (A. S. Pushkin), “Tom Soyerning boshidan kechirganlari”, “Shahzoda va gado” (M. Tven), “Kapitan Grant bolalari”, “Ostin-ustin” (S. J. Vern), “Don Kixot” (J. Servantes) kabi asarlar yosh qalblarning olamga nisbatan qiziqishlarini joʻsh urdirib yuboradi.
XX asrda bunyod etilgan “Maugli” (R. Kipling), “Kichkina Shahzoda” (A. De Sent – Ekzyuperi), “Katta va kichik Karlson” (A. Lindgren), “Toshkent – non shahri” (A. Neverov), “Vinni Pux” (A. Miln), “Ahmoq sichqoncha haqida ertak” (S. Marshak), “Uch baqaloq” (Y. Olesha), “Quvnoq japbaqlar” (B. Kerboboyev), “Doktor Aybolit” (K. Chukovskiy), “Temur va uning komandasi” (A. Gaydar), “Chipollinoning sarguzashtlari” (J. Rodari), “Styopa amaki” (S. Mixalkov), “Kim boʻlsam ekan?” (V. Mayakovskiy), “Bilmasvoy quyosh shahrida” (N. Nosov) singari olam kezib yurgan asarlar oʻzbek kitobxon bolalarida katta taassurot qoldirmoqda.
Yuqorida tilga olingan asarlar yosh kitobxonni nimagadir oʻrgatadi, nimagadir daʼvat etadi. Bu asarlarning koʻpchiligida onaVatanga muhabbat, uning ozodligi va baxti uchun jon fido qilish (“Uch baqaloq”), noshukur boʻlmaslik, ota-ona pand-nasihatiga quloq solish (“Ahmoq sichqoncha haqida ertak”), tabiatga buyuk mehr (,, Maugli”), tabiatni asrash, hayvonot olamini sevish (“Doktor Aybolit”), odamlar xizmatini bajarish, beminnat yordam koʻrsatish (“Temur va uning komandasi”), oʻziga pishiq-puxta boʻlish, ichki sirlarni oʻzgalarga oshkor qilmaslik (“Qizil Shapkacha”), namunali oʻqish, kasb-hunar egasi boʻlish (“Kim boʻlsam ekan?”), sergak, tadbirkor boʻlish hamda quvnoqlikka intilish (, Quvnoq japbaqlar”)dek oliyjanob gʻoyalarning yotishi bolalarning tarjima asarlariga nisbatan boʻlgan qiziqish va ishtiyoqlarini oʻstiradi.
Bir misol. Italiyaning butun jahon bolalari taniydigan J. Rodari (1920–1980) degan yozuvchisi bor. Uning “Chipollinoning sarguzashtlari” degan ajoyib asarini bolalar huzur qilib oʻqiydilar. Qarang, Chipollino Chipolonining oʻgʻli edi. Uning yettita akalari ham bor edi. Chipollotto, Chipollochcho, Chipolluchcho va boshqa piyoz xonadonining Chipolotto oʻgʻillari shular jumlasiga kiradi. Ayonki, qayerda piyoz boʻlsa, oʻsha yerda koʻzlarda nam boʻladi. Chipollinolar uncha keng boʻlmagan bir yashikning ustidagi joyda istiqomat qilar edilar. Mabodo, bularning uylarining oldilaridan olifta zodagonlar oʻtib qoladigan boʻlsalar, darhol dastroʻmollari bilan burunlarini berkitib, koʻzlaridan yosh oqizib oʻtib ketar edilar. Negaki, ular piyozning achchiq hidiga chiday olmas edilar-da!
Ana shunday quvnoq kuychi J. Rodarining “Hunarning hidi qanaqa?” degan bir sheʼri bogʻchalarimiz dasturidan uzoq yillardan beri joy olib keladi. Sheʼr quvnoq misralar asosiga qurilgan. Har qanday oʻquvchini bir oʻqishda, tinglashda oʻziga rom etib oladi. Boshda kitobxon: “Iya, hunarning ham hidi boʻladimi?” – deydi. Lekin sheʼrni oʻqigach, tinglagach, Rodariga ishonadi, qoyil qoladi, xulosa chiqaradi. Keling, eng yaxshisi “Hunarning hidi qanaqa?”ni hammamiz yana bir bor qayta boshdan oʻqib qoʻya qolaylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |