1-topshiriq. Doimiy va ishchi inventarizatsiya komissiyalarining o‘xshash va farqli jihatlarini venn diagrammasi asosida ifodalang.
Qadambayeva Hilola
10-amaliy mashg‘ulot
Mavzu:Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTni rivojlantirish va tashkil etish tartibi.
Reja:
Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari .
Davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTT va nodavlat Mttning farqli jihatlari.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Magistrlarga davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTni rivojlantirish va tashkil etish tartibini, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTT va nodavlat MTT larning bir biridan farqli jihatlarini o‘rgatish.
Ta’lim metodlari: klaster, savol-javob, aqliy hujum, Venn diagrammasi.
Ta’lim vositalari: tayanch matn, markerlar, tarqatma materiallar, topshiriqlar.
Kutilayotgan natija: Magistrlar davlat-xususiy sherikchilik asosidagi MTTni rivojlantirish va tashkil etish tartibi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Egallangan bilimlarni turli xildagi ta’lim metodlari orqali mustahkamlab oladilar
Kichik ma’ruza:
Davlat,davlat sherikchilik asosidagi va Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisipalatalariningqarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi. Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
*davlat sherigining va xususiy sherikning qonun oldida tengligi;
*davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi qoidalar va tartib-taomillarning shaffofligi;
*xususiy sherikni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;
*kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
*korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 5 apreldagi PQ-3651-son qaroriga muvofiq davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida tashkil qilinadigan nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari, muassasasining rahbarlari, metodistlari, tarbiyachilari, defektologlari, psixologlari, musiqa xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan shartlarda qo‘shimcha byudjyet subsidiyalari olish huquqiga ega. Ushbu imtiyoz faqat shu bobga tegishli bo‘lib, boshqa maktabgacha ta’lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik shakllariga tatbiq etilmaydi. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherik (yakka tartibdagi tadbirkor shaklida) davlat sherigiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ta’lim muassasalarining ayrim xodimlari ish haqiga sarflanadigan xarajatlarni qoplash uchun subsidiyalar davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun belgilangan mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlarida hisoblanadi.Guruhlar sonini belgilashda ta’lim muassasasidagi tarbiyalanuvchilarning umumiy sonidan kelib chiqib, har bir guruhidagi bola soni me’yori kamida 20 nafar bo‘lganda bir guruh sifatida hisobga olinadi.Bunda, ta’lim muassasasida bolaning bir oy davomida qatnagan kunlari 12 kundan kam bo‘lmasligi lozim.Yil davomida qonun hujjatlariga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ayrim xodimlari ish haqi miqdorlari va shartlari o‘zgargan hollarda, ta’lim muassasalari uchun subsidiyalar o‘zgargan ish haqi miqdoridan hisoblanadi.Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini yanada kengaytirish hamda bolalarning maktabgacha ta’limi bilan kengroq qamrab olinishini ta’minlash, maqsadida joylarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatlari yo‘lga qo‘yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |