I. Davlat maktabgacha ta’lim tizimi pedagog xodimlari:
T/r
Lavozim nomi
Bazaviy tarif stavkasi miqdori (so‘m)
oliy malaka toifali
birinchi malaka toifali
ikkinchi malaka toifali
oliy ma’lumotli
o‘rta maxsus (kasb-hunar) ma’lumotli
1.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari metodistlari, inspektor-metodistlari
1 905 340
1 796 024
1 681 867
1 570 548
x
2.
Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlarining metodistlari
1 754 102
1 590 760
1 489 903
1 391 628
x
3.
Oliy ma’lumotli: tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilari, til o‘qituvchilari, o‘qituvchi-defektolog, o‘qituvchi-logoped, psixologlar
2 095 874
1 975 627
1 850 054
1 727 603
x
4.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘qituvisi (3-banddagidan tashqari)
1 620 021
1 510 347
1 403 920
x
1 203 660
5.
Tarbiyachi-metodist, tarbiyachi (oliy ma’lumotli tayyorgarlik (5 yoshdan 6-7 yoshgacha) guruhi tarbiyachilaridan tashqari)
1 510 347
1 403 920
1 301 738
1 203 660
1 111 444
6.
Musiqa xodimi, xoreograf, barcha ixtisosliklar yo‘riqchilari
1 329 081
1 222 677
1 120 510
1 023 015
930 302
7.
Oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar pedagogik ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi
1 014 333
8.
Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar nopedagogik ma’lumotli va umumiy o‘rta ma’lumotli tarbiyachi yordamchisi
845 278
1.Topshiriq. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar ish vaqtlarini malaka toifalarisiz taqsimlang va ish haqlarini aniqlang.
2.Topshiriq. Maktabgacha ta’lim tashkilotida kadrlar ish vaqtlarini malaka toifalari bo‘yich taqsimlang va ish haqlarini aniqlang.
Lavozim nomi
Ish yuklamasi (Soat)
Oliy malaka toifali
Birinchi malaka toifali
Ikkinchi malaka toifali
Oliy ma’lumotli
o‘rta maxsus (kasb-hunar) ma’lumotli
Raximova Dilfuza
6- amaliy mashg‘ulot. Mavzu: Bolalarning “ Ovqatlanish xarajatlari” moddasi asosida taomnoma tuzish , autsorsing. Reja. 1.Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning vazifalari.
2.Autsoring usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar.
3.Autsorsingni huquq va majburiyatlari.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:“Ovqatlantirish xarajatlari”,sog‘lom ovqatlantirish, autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish,autso‘ser faoliyatini taskil etish.
Ta’limning vositalari: tayanch matn,so‘lom ovqatlantirish, tayanch matn,monito‘ring, brakeraj daftari.
Ta’limning metodlari:Autso‘rsing usulida sog‘lom ovqatlantirish, autso‘r ser faoliyatini tashkil etish,shartnoma tuzish.
Kutilayotgan natija: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish,tarbiyalanuvchilarni kunlik ovqatlantirish xarajatlarini qoplash,ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sog‘lom va barkamol bo‘lib o‘sishini taminlash.
Kichik ma’ruza. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilayd
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda tashkilot deb ataladi) autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom talablari tashkilotlarda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy va xorijiy tadbirkorlik subyektlariga (keyingi o‘rinlarda — autsorser) taalluqli hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sog‘lom ovqatlantirishning autsorsing usulini joriy etish ustuvor hisoblanadi.
2-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsad va vazifasi.
Tashkilotda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishning maqsadlari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilarni to‘laqonli sog‘lom ovqatlantirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni ta’minlash;
sifatli taomlar tayyorlash orqali tarbiyalanuvchilarning sog‘lom va barkamol o‘sishini ta’minlash;
taomlarni iste’mol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish;
tarbiyalanuvchilarni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga muvofiq sog‘lom ovqatlantirish;
tashkilotlar direktorlarini ta’limga oid bo‘lmagan vazifalardan ozod qilish va ta’lim samaradorligini oshirish
Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishning vazifalari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini inobatga olgan holda, ularning ratsional ovqatlanishini ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tarbiyalanuvchilarning sog‘lom o‘sishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan zarur moddalar bilan ta’minlash;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning xavfsizligi hamda sifatini kafolatlash;
tarbiyalanuvchilarda ovqatlanish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik;
tarbiyalanuvchilar o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarni tayyorlashda hamda oziq-ovqat xomashyosini saqlashda, tashishda sanitariya normalari va qoidalariga qat’iy rioya qilish.
3-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishga qo‘yiladigan asosiy talablar
Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan holda tasdiqlangan namunaviy mavsumiy taomnomalar asosida tashkil qilinadi.
Autsorser xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxona xodimlari tomonidan taom tayyorlash texnologiyasi qoidalariga rioya qilinishiga, oshpazlarning har uch yilda kamida bir marta malaka oshirishiga, o‘rnatilgan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan holda ishga qo‘yilishiga shaxsan mas’ul hisoblanadi.
Tashkilot oshpazlarining malakasini oshirish O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv rejasi va dasturi asosida tashkil etiladi hamda autsorser tomonidan moliyalashtiriladi
4-bob. Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish .
Tashkilotda autsorsing usulida ovqatlantirish mazkur qaror bilan tarkibi tasdiqlangan Tanlov komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tomonidan o‘tkaziladigan tanlov asosida tashkil etiladi
Komissiya tarkibi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarzda tuziladi.
Autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishga o‘tkaziladigan tashkilotlar ro‘yxati tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari tomonidan har yili 20-iyulgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasiga (keyingi o‘rinlarda hududiy bo‘linmalar deb ataladi) taqdim etil
Hududiy bo‘linmalar autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishga o‘tkaziladigan tashkilotlarni quvvati, bola soni, oshxonasining holati (ta’mir talabligi, jihozlarining holati, sanitariya-gigiyena holati) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har yili 20-iyulgacha Komissiyaga taqdim etadi.
Tashkilotda tarbiyalanuvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish bo‘yicha tanlovlar Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, oshkoralik, mablag‘larning iqtisodiy samarali sarflanishi tamoyillari asosida o‘tkaziladi.
Autsorserlarni tanlab olish tasdiqlangan tartib asosida amalga oshiriladi va autsorserlarga quyidagi umumiy talablar qo‘yiladi:
umumiy ovqatlanish xizmatida kamida bir yillik tajribaga ega bo‘lishi;
autsorsing xizmatlari bo‘yicha kamida ikki oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablag‘larining mavjudligi;
tanlovda (tenderda) qatnashish uchun ariza berilgan kundan kamida bir oy oldin tegishli tashkilotlardan soliq qarzdorligi, to‘lovlar, boshqa majburiy to‘lovlar va moliyaviy sanksiyalarning mavjud emasligi;
to‘g‘ri ovqatlanishni tashkil etish yuzasidan taomlar tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan malakali mutaxassislar (muhandis-texnolog, diyetolog, oshpazlar) malaka razryadlari ko‘rsatishi;
maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan belgilangan texnik vazifalar asosida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish loyihasini individual reja asosida ishlab chiqib, taqdimotini (imkoniyatdan kelib chiqib, tayyor taomlarini ham ko‘rsatishi mumkin) o‘tkazishi;
taqdimotda tarbiyalanuvchilarni yoshi, jinsi, fiziologik holati bo‘yicha turli guruhlar uchun ovqatlanishning maqbul me’yorlarini ko‘rsatishi;
autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish xizmatlari uchun ustamaning maksimal miqdori — ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga nisbatan 20 foizdan oshib ketmasligi;
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari doirasida amalga oshirishi;
taklif qilinayotgan investitsiya mablag‘larining miqdori har bir lot uchun bazaviy hisoblash miqdorining Toshkent shahri, viloyatlar markazlari uchun 1000 (bir ming), viloyat hududidagi shaharlar, tumanlar markazlari uchun 500 (besh yuz), qishloq va ovullar uchun 250 (ikki yuz ellik) baravaridan kam bo‘lmasligi;
Buyurtmachi bilan manfaatlar to‘qnashuviga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyekt tanlov ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emasligi.
Tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi navbatdagi tanlovda g‘olib chiqqan autsorser bilan belgilangan tashkilotlarda sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tegishli shartnomalarni tuzadi.
Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tashkil etish bo‘yicha tanlovlar ushbu Nizomi 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur tanlovlar ushbu Nizomga 21-ilovada keltirilgan Autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tanlov o‘tkazish tartibiga muvofiq o‘tkaziladi.
Maktabgacha ta’lim vazirligi autsorser faoliyati yuzasidan monitoringni olib borib, natijasiga ko‘ra, autsorserni insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritish huquqiga ega.
“Insofsiz ijrochi” yagona reyestriga kiritilgan autsorserlar bilan shartnomani bekor qilish yuzasidan qaror qabul qiladi.
“Insofsiz ijrochi” yagona reyestriga kiritilgan ijrochi bilan shartnoma shartlari bekor qilinganda, tanlovda g‘olibdan keyingi o‘rinlarni ketma-ketligi bo‘yicha egallagan autsorserlariga shartnoma tuzish taklif qilinadi yoki tashkilotning o‘zi tomonidan sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish usuliga o‘tkaziladi.
“Insofsiz ijrochi” yagona reyestriga kiritilgan autsorserlar va ularning affillangan talabgor autsorserlariga 3 yil davomida tanlovda ishtirok etishi man qilina