2-topshiriq. Innovatsion ta’lim loyihasi qanday loyiha?
Xolmuratova Farog’at 23-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Xalqaro loyihalar Reja Xalqaro loyiha tushunchasi
Xalqaro loyihaning o‘ziga hos hususiyatlari.
Oliy ta’lim sohasida xalqaro loyihalar va grantlar.
Amaliy mashg ‘ulotning maqsadi: magistrlarga xalqaro loyihalar haqida tushuncha berish. Oliy ta’limda xalqaro loyihalarni ahamiyatini, grantlarni turlari haqida batafsil bilimlar berish.
Ta’lim metodlari: BBB, blits so‘rov
Ta’lim vositalari: tayanch matn,
Kutilayotgan natija: Magistrlar xalqaro loyihalarda ishtirok etish va grant yutib olish uchun qanday hujjatlar to‘plash kerakligi va grant turlari haqida tushunchaga ega bo‘lib olishadi.
Kichik ma’ruza:
Xalqaro loyiha bu- mamlakatlar bilan birgalikda amalga oshirmoqchi
bo‘lgan fikr, g ‘oya,niyat yoki biror narsa qilishning maqsadidir. Umumiy olganda mamlakatlar bilan birgalikda biror narsa qilish uchun ishlab chiqildan reja hisoblanadi. Xalqaro loyihalar odatda sezilarli darajada murakkabligi va narxi bilan farq qiladi. Shuningdek xalqaro loyihalar mamlakatlar iqtisodiyoti va siyosatida muhum roli bilan ajralib turadi.
Xalqaro loyihalarning o‘ziga hos hususiyatlari quyidagilardan iborat :
Xalqaro loyihalarni amalga oshirishda materiallar jahon bozoridan sotib olinadi. Shuni aytish kerakki loyiha bo‘yicha haridlarni amalga oshiruvchi tashkilotga talablar oshadi.
Xalqaro loyihalarni tayyorlash davrining davomiyligi tashkil etish va boshqarishning murakkabligi tufayli uzoqroq bo‘ladi.
Xalqaro loyihalarni tayyorlash darajasi odatda o‘xshash “ichki” loyihalarga qaraganda yuqoriroq , ya’ni qonunchilik va me’yoriy hujjatlardagi farqlar hisobga olinadi.
Xalqaro loyihalarni axborot bilan ta’minlash Har doim “ichki” loyihalarga qaraganda samaraliroq bo‘ladi va shunga mos ravishda qimmatroqdir.
Xalqaro loyihalar odatda qo‘shimcha munosabatlar va sheriklarning imkoniyatlariga asoslangan bo‘ladi.
Bugungi kunda mustaqil o‘zbekistonimizda ham boshqa mamlakatlar bilan birgalikda loyihalar ishlab chiqilmoqda. Talabalarimiz
o‘z loyihalari bilan grant yutib olishmoqda. Grandni turlari juda ham ko‘p. Shu jumladan hukumat grantlari va universitet tomonidan tashkil etilgan mahsus grandlar bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan grandlar hisoblanadi. Hukumat grandlari qolgan grandlarga qaraganda eng manfaatli tomonlari ko‘proq ya’ni hukumat grandlari to‘liq moliyalashtiriladi. Hukumat grantini qo‘lga kiritganlar ko‘pincha
O‘qish kontrakt to‘lovidan ozod etiladi
Safar , sug ‘urta va visa harajatlari qoplab beriladi
Oylik stipendiya bilan ta’minlanadi
ba’zi hollarda ,bepul turar joy va oziq ovqat bilan ham ta’minlanishadi.
Hukumat grantariga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin
Chevening UK Government Scholar ship- Buyuk Britaniyada magistratura bosqichini bepul o‘qish imkoniyati, barcha xarajatlar to‘liq molyalashtiriladi.
DAAD scholarships: Germaniyada magistarura yoki PhD uchun o‘qish yoki til o‘rganish uchun mahsus grantlar tashkil etgan. DAAD grant dasturi ham to‘liq molyalashtiriladi, oylik stipendiya ham beriladi.
DAAD summer Course – nemis tilini bepul o‘rganmoqchi bo‘lgan talabalar uchun Germaniyada to‘liq molyalashtiriluvchi yozgi til kurslari.
Erasmus Mundus- Barcha talaba va o‘qituvchilar uchun Yevropada o‘qish, malaka oshirish uchun to‘liq molyalashtirilgan grand dasturi.
Fulbright Foreign Student Program – magistratura bosqichini AQSh universitetlarida davom ettirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalar uchun to‘liq molyalashtiriluvchi grand dastur hisoblanadi.
UGRAD – bakalavr bosqichida o‘qiyotganlar uchun AQShda bir smestrlik o‘quv almashinuvi dasturi.bu dasturda til sertifikati talab etilmaydi , lekin barcha harajatlar qoplanadi.
FLEX- maktab yoki litsey kollej o‘quvchilari uchun 1 yil davomida AQShda yashash va o‘qish imkoniyatimavjud. Bu dasturda ham barcha harajatlar qoplanadi.
Hukumat grantlarining boshqa turlari ham ko‘p .Imkoniyat va imtiyozlar ham anchagina
Ko‘pchilikda savol tug ‘ilishi tabiiy albatta Grant yutib olish uchun nima qilishim kerak? Grant yutib olish uchun birinchi qiladigan ishimiz grant haqida batafsil tanishib chiqishdir. Qanday grantga ariza topshiryapsiz , uning talablari qanaqa , dastur uchun sizning yoshingiz ,darajangiz , yo‘nalish ingiz to‘g‘ri keladimi degan savollarga javob top ish uchun.
Grantlar uchun doimiy so‘raladigan eng asosiy hujjatlar bu
CV – tarjimai hol. Bu tarjimai hol bizning o‘zbek tilidagi tarjimai holdan ancha farq qiladi. , odatda bir yoki bir yarim sahifdan iborat
bo‘ladi.