Kichik biznessni tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida issiqxona va tikuvchilik atelelarini tashkil etish orqali maktabgacha ta’lim tashkiloti hisob raqamiga tushgan mablag‘ni maqsadli yo‘naltirish mumkin. Masalan Maktabgacha ta’lim tashkilotida issiqxona tashkil etib bodring ekishni yo‘lga qo‘yish va maxsulotni sotib tushgan mablag‘ni tashkilotning ichki xarajatlariga sarflash mumkin. Bundan tashqari turli xil qo‘g‘irchoq teatrini tashkil etish mumkin. Qo‘g‘irchoq teatri qatnashchilari boshqa mttlarga ham borib teatr uyushtirib betishi mumkin. Tikuvchilik atelesini tashkil etish orqali mttdagi turli tadbirlarga mos ko‘ylaklar tikilib ijaraga beriladi va boshqa mttlarga ham ijaraga beriladi.
N°=
|
Ko‘rsatkichlar
|
1-yil
|
2-yil
|
3-yil
|
1
|
Yalpi tushum
|
5600,00
|
5768,00
|
5941,04
|
2
|
To‘la tannarx
|
154,00
|
5768,00
|
163,38
|
3
|
Kredit foizi
|
301,88
|
158,62
|
163,38
|
4
|
Yalpi daromad
|
5144,13
|
5415,13
|
5709,41
|
5
|
Oldingi yil foydasi
|
4244,13
|
7859,26
|
|
6
|
Kredit qaytarilishi
|
900,00
|
1800,00
|
1800,00
|
7
|
Yillik sof foyda
|
4244,13
|
3615,13
|
3909,41
|
8
|
Tashkilot ixtiyorida qolgan foyda
|
4244,13
|
7859,26
|
11768,67
|
MTT o‘quv dasturdan tashqari sport-sog‘lomlashtirish
|
karate
|
massaj
|
taekvondo
|
suzish
|
shaxmat
|
shashka
|
gimnastika
|
badiiy-estetik
|
Qo‘g‘irchoq teatri
|
raqs
|
tasviriy san’at
|
fanla r bo‘yicha to‘garaklar
|
chet tillari
|
matematika
|
aqliy arifmetika
|
mantiq
|
informatika
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin. Farzandi qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarda tarbiyalanishini istagan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tegishli maktabgacha ta’lim tashkilotiga ariza bilan murojaat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori hamda bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan biri bilan shartnoma tuziladi. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi guruhlarga bolani qabul qilish uchun tegishli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining buyrug‘i qabul qilinadi. Buyruqda bolaning F.I.O., tug‘ilgan yili, qabul qilinayotgan qo‘shimcha xizmat turi va guruhi ko‘rsatilishi lozim.
1-topshiriq. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kichik biznessni tashkil qilishdagi afzalliklarni noan’anaviy usul yordamida ta’riflang.
2-topshiriq. Pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘lgan kichik biznessga ega bo‘lish uchun tarbiyachining o‘z ustida ishlash tartibinini noan’anaviy shaklda ko‘rsatib bering.
Allaberganova Nargiza
15- amaliy mashg‘ulot.
Mavzu: Oilaviy MTT tashkil etish tartibi.
1. Oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish .
2. Oilaviy MTT ga bolalarni qabul qilish tartibi.
3. Oilaviy MTT lar faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Magistrlarga Oilaviy MTT faoliyatini tashkil etish tartibi, bolalarni qabul qilish tartibi va bolalarni qabul qilish va oilaviy MTT lar faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma olish usullarini o‘rgatish.
Ta’lim metodlari: Klaster , aqliy hujum, Zinama-zina.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, ekspert topshiriq, plakat , markerlar.
Kutilayotgan natija: Magistrlar oilaviy MTT tashkil etish etish yo‘l-yo‘riqlari va bolalarni qabul qilishning ahamiyatini o‘rganishadi.
Kichik ma’ruza: Oilaviy nodavlat MTT faqat davlat-xususiy sherikchilikning oilaviy nodavlat MTT larini moddiy texnik va uslubiy jihatdan ta’minlash shakli asosida tashkil etiladi.
Oilaviy MTT yakka tartibdagi tadbirkor shaklida faoliyat yuritadi va bank hisob raqamiga o‘z nomi ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi. Oilaviy MTT tuman ( shahar) hokimlari tomonidan beriladigan belgilangan shakldagi ruxsatnomani qabul qilib olgan vaqtdan boshlab ta’lim faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
Demak, oilaviy bog‘cha tashkil etish uchun hokimiyatdan ruxsatnoma olishingiz kerak ekan.Oilaviy MTT faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talab etilmaydi. Ya’ni oilaviy bog‘cha ochishingiz uchun hech qanday litsenziya olishingiz shart emas.Oilaviy MTT O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim Vazirligi bilan belgilangan tartibda davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida bitim imzolangandan so‘ng faoliyatini boshlaydi. Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risidagi tuzilgan bitimlarning yagona rees MTV tomonidan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |