Topshiriqlar:
1. Mikro va makroiqtisodiyotning o’zaro taqqoslanma tahlili
Quyidagi so’zlarni jadvalga to’g’ri joylashtiring
№
|
Mikroiqtisodiyot
|
Makroiqtisodiyot
|
1
|
Bozor munosabatlarining subyektlari
|
|
|
2
|
Bozor munosabatlarini boshqarish subyekti
|
|
|
3
|
Tahlil etiluvchi bozor
|
|
|
4
|
Tahlil etiluvchi bozor holati
|
|
|
5
|
Foydalaniluvchi ko’rsatkichlar
|
a
|
|
|
b
|
|
|
v
|
|
|
g
|
|
|
d
|
|
|
e
|
|
|
j
|
|
|
z
|
|
|
6
|
O’rganiluvchi markaziy muammo
|
|
|
7
|
Dastlabki tarixiy iqtisodiy maktab
|
|
|
|
|
|
|
ijtimoiy institutlar, alohida ishlab chiqaruvchi, yalpi ishlab chiqaruvchilar; alohida iste’molchi, yalpi iste’molchilar; davlat, xorij;
mavjud emas, davlat (hukumat);
barcha tovar va xizmatlar bozori, aniq tovar yoki xizmat bozori.
Umumiqtisodiy, xususiy;
Umumiy narx darajasi, yalpi talab, yalpi milliy mahsulot, narx, talab, yalpi taklif, ishsizlik, iqtisodiy o`sish, taklif, daromad, yalpi milliy daromad, mahsulot, inflyatsiya.
talab va taklif muvozanati, AD=AS bo’lgan holatda ishlab chiqarish hajmi.
Neoklassik maktab, Keyns maktabi
2. Quyida “Resurslar-tovarlar va xizmatlar” hamda “daromadlar – xarajatlar”ning davlat aralashuvi mavjud iqtisodiyotdagi doiraviy aylanishi modeli keltirilgan
Quyidagi jadvalda keltirilgan raqamlarda ifodalangan nomlarni toping.
1. 9.
2. 10.
3. 11.
4. 12.
5. 13.
6. 14.
7. 15.
8. 16.
Mustahkamlash uchun savollar
Makroiqtisodiyot fani nimani o’rganadi?
Ishlab chiqarish resurslari deganda nimani tushunasiz va ularga nimalar kiradi?
Muqobil qiymat nimani anglatadi?
Makroiqtisodiyot fani qanday tamoyilga asoslanadi?
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy modellardan foydalanishning afzalligi nimada?
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini qanday bozorlar hal qiladi?
Adabiyotlar: A1 ; A2; A3; Q1; Q2; Q3; Q6; Q7; Q8; Internet saytlari
2-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar (2 soat)
Reja:
1. Milliy hisobchilik tizimi – makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblash asosi;
2. YaIMni hisoblash usullari;
3. Milliy hisoblar tizimida makroiqtisodiy ko`rsatkichlar;
4.Nominal va real YaIM.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar, YaIMni hisoblash usullari, nominal va real YaIMni hisoblash usullarini o‘rganish.
Materiallar va jihozlar: o‘quv-uslubiy majmua, slaydlar, tarqatma materiallar
Asosiy tushunchalar: makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, sof ichki mahsulot,milliy daromad, shaxsiy daromad, ixtiyordagi daromad, yakka tartibdagi soliqlar, daromadlar usuli, xarajatlar usuli, qo’shilgan qiymat, joriy narxlar, bazis narxlar, nominal ko’rsatkichlar, real ko’rsatkichlar, deflyator, iste’mol narxlari indeksi.
Umumiy ma’lumotlar:
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hajmi va ularning o‘sishi bir qator ko‘rsatkichlar tizimi orqali makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar orqali butun iqtisodiyotning holati uning o‘sishi yoki orqaga ketishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan foydalanishning mos kelishi (tengligi) kuzatilganda, mamlakatdagi umumiy iqtisodiy muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Muayyan mamlakat iqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar deb yuritiladi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar miqdor
va sifat ko‘rsatkichlariga guruhlanadi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlari muayyan mamlakatlar iqtisodiyotini ifodalasa, sifat ko‘rsatkichlari mazkur mamlakatlar iqtisodiyotini nisbiy jihatdan aks ettiradi. Makroiqtisodiy miqdor ko‘rsatkichlariga kuyidagi ko‘rsatkichlar kiradi : Yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof ichki mahsulot (SIM), milliy daromad (MD), shaxsiy daromad (ShD), ixtiyordagi daromad (ID) va boshqalar. Makroiqtisodiy sifat ko‘rsatkichlariga kuyidagi ko‘rsatkichlar kiradi : inflyatsiyaning o‘sish sur’atlari, ishsizlik darajasi, aholining ish bilan bandlik darajasi, aholi jon boshiga to‘g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot va boshqalar.
Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiy tizimning umumiy holatini ifodalab, ijtimoiy ishlab chiqarishdagi barcha qatnashuvchilarning (korxona, tarmoq, mintaqa, davlat) faoliyatlari natijasida aniqlanadi. Ular mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlarini, uning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini narxlash uchun ishlatiladi.
YaIMni aniqlashda ishlab chiqarish, xarajatlar, daromadlar usullaridan foydalaniladi. Mamlakat makroiqtisodiy holatini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar sifatida sof ichki mahsulot, milliy daromad kabi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi.
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish hajmini makroiqtisodiyotda natural birliklarda amalda o‘lchash mumkin emas, chunki bu yerda bir – biri bilan solishtirib bo‘lmaydigan millionlab nomdagi tovar va xizmatlar birgalikda o‘rganiladi.
Narxlarning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini inobatga olgan holda nominal va real YaIMlar ajratiladi hamda bu ko‘rsatkichlar bir biriga deflyator yoki iste’mol narxlari indeksi orqali bog’langan bo‘ladi.
Topshiriqlar:
Jadval ma’lumotlari bo‘yicha quyidagilarni hisoblang:
xarajat oqimlari bo‘yicha YaIM hajmi;
daromad oqimi bo‘yicha YaIM hajmi (MHTning eski talqiniga ko‘ra);
v) SIM hajmi;
g) MD hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |