1-AMALIY MASHG’ULOT:MAVZU: BOG‘LOVCHI MODDALAR ISHLAB CHIQARISHDA FOYDALANILADIGAN ME’YORIY XUJJATLAR
Hozirgi davrga qadar bog‘lovchi moddalar ikki guruxga bo‘linadilar: mineral (anorganik) va organik moddalar.
Mineral yoki anorganik modda tabiiy moddadan yoki uning kuydirish yo‘li bilan olinadigan moddadan iborat. Kuydirish yuli bilan olinadigan moddalar toshlarni yoki binoning tarkibiy qismlarini bir biriga yopishtirish qobiliyatiga ega.
Qadim zamonlarda parchalangan va butun toshlarni bir-biriga zich joylashtirib yoki band, qavs bilan qisib inshootlar qurishgan. Biroq bunday usulda katta inshootlar qurish qiyin edi, shuning uchun odamlar toshni bir-biriga biriktirishning boshqa yo‘llarini izlay bosh-ladilar. Ular dastlab gildan foydalanishgan, birok gil qurigan vaqtda kichrayadi, bu esa ravshanki, yoriqlar xosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan qutilish maqsadida qumtuprokdan foydalana boshladilar, mustaxkamligini oshirish uchun esa turli xil tolasimon moddalar qo’shdilar, eramizdan taxminai 3-4 ming yil avval kuydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalar paydo bo’ldi. Ulardan eng birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‘lmagan xaroratda ya'ni 140-190°C da gips tarkibli jinsni kuydirib olingan. So‘ngra ohakdan xam foydalanila boshlandi. Gips va oxakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda gipstosh va oxaktoshning ko’p tarqalganligi va ularni qayta ishlash osonligi sabab bo’ldi. Gips va oxak kuydirilganda o‘zgarish xosil bo’lishi ulardan bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga keltirgan bo‘lsa ajab emas. Rivojlanayotgan shaxar xo‘jaligiga va yo‘l qurilishiga suvga chidamli, mustaxkamligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi moddalar kerak edi. Shuning uchun barcha mamlakatlarda oxakdan keng foydalanildi, barcha ilmiy ishlar esa tarkibi ohakli xom-ashyoning sifatini yaxshilash va bu xom-ashyo asosida qurilish moddalari olish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan.
Jumladan, Rossiyada, xamda qadimgi rus shaxarlari Kiev, Novgorod, Pskov, Rostov va Moskva shaxar devorlarini, ibodatxona va minoralarini qurishda oxakli xom-ashyodan foydalanilgan.
Angliyada Disan Smiton tarkibida gil qo’shimchalari bor kuydirilgan oxak maxsulotini tatbiq etdi. Bu bog‘lovchi modda gidravlik xossaga ega edi, shuning uchun uni gidravlik ohak deb ataldi. So‘ngra esa putssolon va ohak aralashmasidan iborat maxsulot olindi va u romansement deb ataldi.
1825 yilda ye.G.Chelievning kitobi nashrdan chiqdi. U o‘z kitobida sun'iy xom-ashyo aralishmasidan iborat bog‘lovchi moddani ishlab chiqarish texnologiyasi xaqida batafsil yozgan edi. Sun'iy xom-ashyo esa oxaktoshni kuydirish natijasida xosil bo‘lgan bir qism oxakdan va bir qism gildan iborat. Bu modda suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra kuydiriladi va xosil bo‘lgan maxsulot maydalanadi xamda uni bochkalarga joylashtiriladi. Bunda Cheliev mustaxkamlikni oshirish uchun gips qo’shishni tavsiya etdi.
Cheliev bilan bir vaqtning o‘zida ingliz olimi Djozef Aspdin bog‘lovchi modda - portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini taklif etdi. Bu modda qattiq xolda Portland shaxridagi toshga o‘xshardi. Rossiyada maxsulot xolidagi portlandsement 1856 yilda Trodzetse shahrida ishlab chiqarilgan.
Lenin shisha, farfor, albaster, sement ishlab chiqarishni rivojlantirish xaqidagi ma'lumotlarni ko‘rib chiqib, sement ishlab chiqarishni ko‘paytirishga aloxida axamiyat bergan. Sement sanoatini rivojlantirishga va qurilishiga portlandsementni tatbiq etishga A.R.Shu-lyachenko (1841-1903Y) va boshqa ko’pgina olimlar katta xissa qo’shdilar. Ular birinchi bo‘lib portlandsement ishlab chiqarishni ruscha variantini taklif etdilar. 1885 yil Rossiyada sement ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi s'ezd tashkil etildi,va 1903 yilda birinchi mustaqil jurnal "Sement" ning dastlabki nashri chop etildi. Keyingi yillar davomida sovet olimlari N.M.Belyaev, I.P. Aleksandrii va B.G.Skramtaev beton tayyorlashning xam nazariy, xam amaliy qismiga juda kup yangiliklar kiritdilar.
Birinchi jaxon urushi va grajdanlar urushi yillarida sement ishlab chiqarish keskin kamayib ketdi. Sovet davlati amalda sement sanoatini yangitdan tuzishiga to‘g‘ri keldi. Qurilayotgan va qayta tiklanayotgan zavodlar yangi jixozlar bilan ta'minlanadi. Texnologiya operatsiyalarni boshqarish jarayonining avtomatlashtirish soxasida muxim ishlar boshlanib ketti. Sementning turli xil yangi turlari paydo bo‘ldi. Mineral bog‘lovchi moddalar xakidagi fanni rivojlantirishda xamda uni ishlab chiqarishni tashkil va tatbik etishda atoqli olimlardan Voljenokiy, Yu.M. Bunin, V.V.Timashev , M.M. S'chev ,V.D.Gluxovskiy xamda boshqalar faol ishtirok etdilar. Kukunsimon moddalar bog‘lovchi moddalar deb ataladi. Bunday moddalar suv bilan reaksiyaga kirishganda plastik, ya'ni qovushqoq xamir xosil qiladi. Bu xamir esa fizik-kimyoviy jarayon natijasida o‘zidan-o‘zi qotadi. Bog‘lovchi moddalar o‘zning tarkibiga ko‘ra ikkita katta guruxga bulinadi: 1. anorganik (oxak, sement, gips, suyuq,shisha va boshqa); 2. organik (bitum, yelim, polimer). Ularni qizdirib, suyuklantirib yoki organik suyuqliklarda eritib ishchi xolatga keltiriladi.
Nazorat uchun savollar:
1.Bog‘lovchi moddalar qanday moddalar.
2.Bog‘lovchi moddalar tarixi.
3.Bog’lovchi moddalarning asosiy xomashyosi.
4. Portlandsemen kim tomonidan kashf etilgan.
Qo‘llaniladigan ta'lim texnologiyalari: kompyuter texnologiyalari, laboratoriya jixozlari, ko‘rgazmali qurollar( beton kubiklar, qorishmalar, slaydlar);
Darsni o’tishda qo’llaniladigan pedagogik metod turlari:
- Aqliy hujum, klaster,
Darsni o’tishda qo’llaniladigan texnik vosita turi:
Ko’rgazmali qurol
Proyektor
Slayd
Tarqatma material
Do'stlaringiz bilan baham: |