2.Xom ashyo zonasi. Loyihalanadigan zavodni mahsulot bilan kerakli darajada ta’minlash uchun atrofdagi xo‘jaliklar unga biriktirilib, xom ashyo zonasini tashqil etadi.
3.Qurilish materiallari. Yangi qurilishda, asosan, maxaliy qurilish materiallardan foydalanishga yunalgan bo‘lishi kerak.
4.Transport aloqalari. Xom ashyoni olib kelish va tayyor mahsulotni jo‘natishish yo‘llari ko‘rsatiladi
5.Elektr taminoti. Texnologik maqsadlarda sarflangan elektroenergiya miqdori elektroenergiyani sarflash solishtirma normasiga ko‘ra aniqlanadi.
6.Bug‘, suv, kanalizatsiya taminoti. Qurilishni texnik-iqtisodiy asoslashda zavodni suv bilan ta’minlash yo‘llari aniqlanadi. Ishlab turgan suvquvur magistraliga qushish imkoniyati bo‘lganda uning diametri, chuqurligi va suv bosimi ko‘rsatiladi. Suvning sifati haqida ma’lumot beriladi. Bug‘ bilan ta’minlash uchun ko‘pincha korxonalarda bug‘xonalar quriladi.
7.Yoqilg‘i. Zavod loyihasida o‘z bug‘xonasi ko‘zda tutilganda yoqilgi turlarini ham tanlash zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |