3.Korxona quvvatini aoslash: korxona quvvati Istiqbol va mavjud planlarga asoslanib aniqlanadi.
Asosiy omillardan tashqari ikkinchi darajali omillar mavjud bo‘lib, ular ham iqtisodiy asoslash uchun muhim hisoblanadi. Bu omillarga quyidagilar kiradi:
1.Yer –tuproq xarakteristikasi. Bu bo‘limda qurilishning joyi, uning qaysi viloyatga qarashligi aniqlanadi va chegaralari belgilanadi. Tanlangan joyining yer tuzulishi va iqlim sharoitlari o‘rganib, barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish imkoniyati, xosildorligi va sifati aniqlanadi. Qayta ishlash liniyalarning ishlash muddati havo xaroratining o‘zgarish diapazoniga, past temperaturalarning davriga bog‘liqdir.
Bosh reja tuzulganda shamol esish yunalishi e’tiborga olinib, tutun, gaz chiqaradigan obyektlar shamol esmaydigan tomonda ishlab chiqarish sexlardan va axoli yashaydigan uylardan uzoqroq joylashgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |