Chiziq o‘tkazishda quyidagi shart bajarilishi zarur.
Yorug‘lik nuqtalar ustiga qo‘yilgan chizg‘ichning qirrasini yoritishi kerak;
Nuqtalar ustiga chizg‘ichning o‘rta qismi qo‘yiladi;
Chiziq chizilayotganda qalam tik bo‘lishi, qalamning o‘ng tomonga og‘ishi 150 oshmasligi kerak;
Chiziq chapdan o‘ngga chiziladi;
Chiziq o‘tkazish vaqtida qalamni aylantirish mumkin emas;
Chiziq aynan nuqtalar markazidan o‘tkaziladi.
Qalam bilan chizish mahoratini oshirishda bir qancha mashg‘ulotlar o‘tkazib ko‘plab geometrik shakllar yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |