1.1. Qalamlar bilan chizmalar chizish
Injenerlik grafikasida qalam bilan chizish mahorati katta ahamiyatga ega. Plan va kartalarni tush bilan ko‘tarishdan ilgari qalamda chiziladi.
Qalamda chizganda qo‘yilgan xatoni tushda ko‘targanda to‘g‘irlash qiyin. Geodeziya dala ishlarida asosiy chizmalar (abrislar, sxemalar, piketlash jurnali) va o‘lchash natijalari (jurnallar) qalamda qayd qilinadi.
Qalamda chizilgan chizmaning hamma elementlari tugatilgan aniq, ravshan va nafis bo‘lishi uchun qalam uchi to‘g‘ri va o‘tkir qilib chiqariladi.
Qalamni bosmasdan erkin haraktlantirganda u qog‘ozni qirqmaydi va chiziq bir tekisda ravon chiziladi.
Qog‘ozdagi ikki nuqta orasidagi chiziqni chizishda, chizg‘ich qirrasini nuqtalarga qo‘yib qalam uchi nuqtalar markaziga tushiriladi, qalamni tik holatda ushlab chap nuqta tomonga harakatlantiriladi. Bunda qalamni o‘ng tomonga 150 gacha og‘dirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |