Elektr energiya isrofini tushirish bo‘yicha tavsiyalar Elektr energiya isrofini qisqartirish uchun quyidagilar tavsiya qilinadi:
Ishlab ch
iqargan zavod instruksiyasi va korxona ichki reglamentlaridan kelib chiqqan holda mashina va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha profilaktik ishlar olib borish. Bunda diqqatni asosan bajarilayotgan ishlarni sifatiga, yaoni oxirida elektr energiya isrofini pasayishiga qaratish lozim.
YUklash jarayonidagi elektrodvigatellarning po‘lat o‘zagida va mexanizmlarning ishqalanishdagi energiya isrofini minimal darajaga tushirgan holda sifatini nazorat qilish. Buni mexanizmlarning podshipnikli bolanmalarini holatiga qarab, temperatura nazorati yordamida amalga oshiriladi.
Har bitta sex va uchastkaga kerakli darajada elektr energiya hisobini yo‘lga qo‘yish kerak: schetchiklar, ampermetrlar, voltmetrlar yoki hisoblashning zamonaviy informatsion tizimini qaysi biri foydaliroq bo‘lsa, shuni qo‘yish kerak. YUqoridagi tadbir yuqori energiya isrofini ko‘rsatadi va mashina va mexanizmlardagi avariya holatlarini yuzaga kelishini oldini oladi. Asosiy diqqatni tok va kuchlanishni yuqori garmonik tashkil etuvchilari yuzaga keladigan elektroliz qurilmalarining o‘zgartkichli agregatlaridagi elektr energiya isrofini o‘lchashga qaratish kerak. Bu qurilmalarni sozlashda ochish toki va yoqish burchagi orqali to‘g‘rilagich agregatida, yuqori aniqlikda tiristorlarni tayorlash lozim.
Elektr energiyadan suyuq birikmalarni qizdirish uchun foydalanishda qizitish elementlari (TEN)ni manba fiferiga fazalar bo‘yicha teng taqsimlash kerak. Bunday yuklamalarda pasaytiruvchi podstansiyaga kondensator batareyalari o‘rnatish zarur emas, chunki kondensator batareyalari elektr energiya hisobida katta xatolikni keltirib chiqaradi. Aktiv energiyani qayd etish uchun bevosita TENdan oldin schetchik qo‘yish zarur. Kompensatsiya qurilmalarini reaktiv quvvat iste’mol qiluvchi iste’molchilarning oldiga o‘rnatish kerak.
YOritish uchun DRL tipidagi lampalarni tanlanganda, svetilpnikni ishga tushiruvchi apparaturasida reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishni nazorat qilish kerak, chunki kompensatsiyasiz sos oxiri 0,5 dan yuqori emas.
Energiyani tejash chora–tadbirlarini ko‘pini ozgina xarajat bilan yoki xarajatsiz amalga oshirish mumkin. bularga quyidagilar kiradi:
Ekspluatatsiya qiluvchi personalni foydalanish effektivligini oshirish (TER) uskunalari va yangi usullari ‘aqida axborot va materiallar bilan ta’minlash;
Energiya iste’moli va energiyani tejashki boshqarish bo‘yicha korxonaning dasturlari va standartlarini qayta ishlash va joriy etish;
Doimiy monitoring va energiya iste’moli rejimlari tahlilini kiritish;
Energetik va texnologik qurilmalarni noiqtisodiy ish rejimlari sabablarini aniqlash.
Quyidagilar maqsadga muvofiq bo‘ladi:
Korxonaning energoxo‘jaligi to‘g‘risida asosiy ma’lumotlar yortilgan energetik pasportini (EPP) tuzish;
Asinxron dvigatellardan foydalanish koeffitsientini oshirish.