1-амалий машғулот



Download 1,1 Mb.
bet3/9
Sana13.01.2023
Hajmi1,1 Mb.
#899366
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Аудит амалиёт

3-AMALIY MASHG‘ULOT


AVTOMATLASHTIRILGAN ELEKTR YURITMANING ENERGIYA AUDITI
Ma’lumki, butun dunyoda ishlab chiqilgan energiyaning qariyib 60 – 70 % ini turli mexanizm va uskunalarning elektryuritmalari iste’mol qiladi. Jahonda ishlab chiqilgan elektr energiyaning deyarli 50 % ini o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektryuritmalari iste’mol qiladi.
SHu munosabat bilan avtomatlashtirilgan elektr yuritmalar vositasida energiya tejamkorlikni ta’minlash va mazkur sohada raqobatbardosh malakali kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vaqtda avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida energiya tejashning quyidagi yo‘llari mavjud:
1. Ishlab chiqarish mexanizmi yuklamasining real o‘zgarishiga qarab motor tanlash usulini takomillashtirish yo‘li bilan elektryuritmaning motori quvvatini to‘g‘ri tanlash, chunki motorning quvvati yuklama quvvatidan kichkina bo‘lsa, motor energiyani noeffektiv o‘zgartiradi va ishlaganida o‘zida va elektr uzatish liniyasida isrof bo‘ladigan quvvat anchagina kattalashadi.
2. Ishlab chiqarish mexanizmlarida avtomatlashtirilgan elektryuritmalarning aktiv massasi (mis va temir)ni kattalashtirish hisobiga FIK va quvvat koeffitsientining qiymatlari energiya .ejaydigan elektr motorlardan foydalanish;
3. Rostlanmaydigan elektryuritmalardan rostlanadigan elektryuritmalarga o‘tish, bunda faqat avtomatlashtirilgan elektryuritma tizimida emas, balki ishlab chiqarish mexanizmida ham resurslar (suv, issiqlik va b.) ni tejashga imkon beradi.
4. Rostlanmaydigan elektryuritmalarda yuklama o‘zgaruvchan bo‘lganda, shuningdek boshqariladigan avtomatlashtirilgan elektryuritmalarda texnologiya jarayoni talabiga binoan elektr yuritma koordinatalarini o‘zgarishidan yuzaga keladigan hollarda eng kam energiya talab qilinishini ta’minlaydigan maxsus texnikaviy echimlarni ishlab chiqish va yaratish.
Energiya tejashning yuqorida keltirilgan yo‘llardan birini tanlash va amalga oshirish texnologik mexanizm tomonidan yuzaga keltiriladigan konkret sharoitlarga bog‘liq bo‘lib, ularning har biri uzining ma’lum afzalliklariga va kamchiliklariga egadir.
Energetik krizis va energiya tashuvchilar baholarining o‘sib borishini e’tiborga olib, elektryuritmani boshqarnsh vositalarini takomillashtirish hisobiga talab qilinadigan energiyaning anchagina qismini tejashni ta’minlaydigan yo‘l alohida ahamiyatga egadir. Isikbolli yo‘l bu to‘rtinchi yo‘l hisoblanadi, bunda avtomatlashtirilgan elektr yuritmani boshqarish algoritmini takomillashtirish hisobiga 30 – 40 % energiyani tejash imkonini beradi.
SHu sababli asosiy e’tibor boshqarish algoritmini tubdan takomillashtirish hisobiga va eng qulay (optimal) boshqarish hisobiga eng kam energiya talab qilinishini ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan elektryuritmaning yangi tizimlarini ishlab chiqish hisobiga energiya tejaydigan avtomatlashtirilgan elektryuritmaning nazariy masalalariga va hisoblash usullariga qaratilishi zarur. Malumki, barcha mamlakatlarda elektr energiyaning eng yirik iste’molchisi asosan o‘zgaruvchan tok elektryuritmasi, ayniqsa asinxron motorli elektr yuritmalar hisoblanadi, ular butun dunyoda ishlab chiqarilgan elektr energiyaning deyarli yarmini mexanik energiyaga o‘zgartiradilar. Bu motorlar asosiy qismining kam yuklama bilan yoki nominaldan anchagina oshib ishlashi elektryuritmalarning FIK lari va sos larini sezilarli kamayishiga olib keladi. Bu hol esa dunyoda elektr va issiklik energiyasini ortiqcha sarflanishiga anchagina ta’sir kiladi. SHuning uchun tahlil ob’ekti sifatida o‘zgaruvchan tokning asinxron motorli avtomatlashtirilgan elektr yuritmasi olingan.
Ammo o‘zgarmas tok elektr yuritmalarini optimal bshqarish usullarin ham ko‘rib chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish