Izotoplari. Tabiatda tarqalgan alyuminiy amalda 99,99% ga, yagona va barqaror izotop 27Al dan tashkil topgan. Juda-juda kam miqdorda (uning ham faqat izi aniqlangan) 26Al izotopi yuqori energiyali kosmik nurlar ta’sirida 40Ar argon yadrolarining parchalanishi natijasida atmosferada vujudga keladi. 26Al izotopining yarim yemirilish davri ≈720 ming yil. Alyuminiyning ushbu 26Al izotopini fanda shuningdek «kosmogen alyuminiy» ham deyiladi. Kosmogen alyuminiy birinchi marotaba Oy toshlarini va meteoiritlarni o‘rganish asnosida aniqlangan.
Olinish usullari. Alyuminiy 1887 yilda Viyoller tomonidan alyuminiy xloridni kaliy metali bilan qaytarib olgan:
AlCl3 + K = 3KCl + Al
Alyuminiy kislorod bilan mustahkam kimyoviy bog‘lanish hosil qiladi. Boshqa metallar bilan taqqoslansa, alyuminiy rudadan tiklash ancha mushkul jarayon bo‘lib, buning sababi, alyuminiyning o‘ta faol reaksion qobiliyati, hamda, tarkibida alyuminiy tutuvchi rudalarning erish harorati o‘ta yuqoriligi bilan bog‘liq. Alyuminiy olishda uglerod vositasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklash usuluni qo‘llab bo‘lmaydi. Chunki, alyuminiyning tiklash qobiliyati uglerodnikidan yuqori. Shuning uchun, alyuminiy olishda rudani oraliq mahsulot – Al4C3 olish yo‘li bilan bilvosita tiklanadi. o‘z navbatida Al4C3 moddasi 1900-2000 °C haroratda alyuminiy sof holda ajrashi bilan parchalanadi. Biroq, bu usulda alyuminiy olish hozircha loyihalanish jarayonida bo‘lib, kelajakda uni sanoatga tadbiq etish ko‘zlanmoqda. Chunki, hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur usul, energiya tejamkorligi va is gazi ajralib chiqishi nuqtai nazaridan ancha samarador usul deb qaralmoqda.
Hozirda butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan asosiy alyuminiy olish usuli – Xoll-Eru jarayoni deb nomlanadi. Uni 1886-yilda bir-biridan mustaqil ravishda, AQSHlik Charlz Martin Xoll (1863-1914) va Fransiyalik Pol Lui Tussen Eru (1863-1914) tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur usul alyuminiy oksidi, ya’ni, Al2O3 ni kriolit eritmasi (Na3AlF6) da eritish va keyin uni koks yoki, grafit elektrodlari vositasida elektrolizlash jarayoniga asoslanadi. Ushbu usulda alyuminiy olish juda katta energiya sarfini talab etadi va shu sababli ham, mazkur usulni sanoatga tadbiq etish faqat XX asrga kelibgina amalga oshirildi.
Texnikada alyuminiyning olinishi 950oC da Al2O3(8%) suyuqlanmasini elektroliz qilishga asoslangan. Bunda erituvchi sifatida Na3[AlF6] (92%) -kriolit ishlatiladi. Elektrolizyor katod kazifasini, anod sifatida ko’mir ishlatiladi. Alyuminyning zichligi kichik bo’lgani uchun u idish tubida yig’iladi:
Al2O3Al3++AlO33-
2Al2O3 =4 Al+3O2
K(-) Al3+ +3eAlo
A(+) 4AlO33- -12e2Al2O3+3O2
Elektroliz paytida anchagina miqdor uglerod sarf bo’ladi.
Agar boksitlar yuqori haroratda temir (III) oksidi bilan aralashtirilganda ham, avval Al2O3 eritmaga o’tadi :
Al2O3 + 3H2O + 6NaOH = 2Na3[Al(OH)6]
Temir oksidi va boshqa aralashmalar cho’kmada qoladi, eritmadan karbonat angidrid o’tkazib Al(OH)3 olinadi:
2Na3[Al(OH)6] +6CO2 = 2Al(OH)3 + 3CO2 + 3Na2CO3+3H2O
Olingan gidroksid quritilib suvdan ajratiladi:
2Al(OH)3 = Al2O3 + 3H2O
Tozalangan oksid vannaga solinadi va toza alyuminiy olinadi. Quruq usul :
Al2O3 + 2Cr(OH)3 + 2Na2CO3 = 2Al + 2Na2CrO4 + 3H2O + 2CO2
Do'stlaringiz bilan baham: |