62.Ramziy obrazlar va mif munosabati
Mif haqidagi ibtidoiy tasavvurlari majmui boʻlib, koinotning yaratilishi, inson, oʻsimliklar va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, samoviy jismlarning paydo boʻlishi, tabiiy hodisalarning sabablari va mohiyati, afsonaviy qahramonlar, maʼbudlar va ilohlar toʻgʻrisidagi eʼtiqodiy qarashlarni oʻz ichiga olgan. M. qad. odamning voqelikka boʻlgan ongsiz hissiy munosabati ifodasi boʻlib, tabiat va jamiyat hayotining turli qirralari mohiyatini tushuntiruvchi eng qad. tasav-vurlar silsilasidir. Mifologik tasavvurlar muayyan voqelik mohiyatini xayoliy uydirma vositasida izoxlasada, M. yaratilgan va ommalashgan joyida oʻz ijodkori va ijrochilari tomonidan haqiqatda boʻlib oʻtgan voqealar bayoni sifatida qabul qilingan. Qad. odamning olam haqidagi tasavvurlarini oʻzida ifodalagan va avloddan avlodga yetkazishga moʻljallangan M.larning ommalashish usullari ham turlicha boʻlib, asosan, jonli ogʻzaki ijro orqali, yaʼni soʻz vositasida hikoya qilib berilgan. Mifologik tasavvurlar tizimi ibtidoiy udum va marosimlarning magʻzini tashkil etuvchi ramziy xattiharakatlardan iborat ritual oʻyinlar sifatida ham namoyish qilingan. Qad. tasavvurlar asosida yaratilgan osori atiqalar hamda xalq hunarmandchiligi buyumlaridagi ramziy chizgilarda ham mifik syujetlar aks ettirilgan. M.lar quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) ibtido haqidagi M.lar (olamning yaratilishi va yerda hayotning paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi M.lar); 2) samoviy M.lar (osmon jismlari va tabiat hodisalarining paydo boʻlishi haqidagi M.lar); 3) antropogenik M.lar (gʻayrioddiy hislatga ega boʻlgan afsonaviy pahlavonlar, mas, Gerakl, Gilgamesh, Odami Od, Hubbi va boshqa haqidagi M.lar); 4) sigʻinish M.lari (muayyan eʼtiqodiy ishonchlar bilan bogʻliq, mas, xreildorlik, suv, oʻsimlik, olovga sigʻinish haqidagi M.lar); 5) etnogenetik M.lar (urugʻqabilalarning kelib chiqishi bilan aloqador M.lar; mas, 92 oʻzbek urugʻlarining paydo boʻlishi haqidagi M.); 6) kalendar M.lar (yil, oy, kun hisobi bilan bogʻliq M.lar, mas, ayamajuz, ahmandahman, chilla, toʻqson hisobi bilan bogʻliq M.lar); 7) esxatologik M.lar (olamning institutihosi haqidagi, mas, oxirzamon toʻgʻrisidagi M.). Ezgulik kuchlarining zulmatni oʻziga makon qilgan yovuzlikka qarshi kurashini oʻzida aks ettirgan qad. M.lar badiiy tafakkurning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Voqelikni estetik kategoriya sifatida idrok etish hamda badiiy soʻz vositasida talqin qilish anʼanasi kelib chiqqach, qadimgi M. larning asosiy qismi soʻz sanʼ-atining turli janrlariga singib ketgan. Oʻzbek xalq ogʻzaki badiiy ijodiyotidagi koʻplab epik syujet va anʼanaviy motivlarning genetik ildizlari bevosita mifik tasavvurlar qatlamiga borib taqaladi. M.lar "Avesto", "Iliada", "Ramayana", "Shohnoma", "Kalevala", "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" kabi adabiy yodgorliklarning yaratilishida ham salmokdi oʻrin tutgan.[1][2]
63.Quyidagi parcha Navoiyning qaysi asaridan olingan va unda qanday badiiy tasvir vositalari qo'llangan: “Kadxudoliq, qutula olmas balog'a mubtaloliq. Davosiz ranjg'a xoru zor bo'lmoq va noiloj emgakka giriftor bo'lmoq. Agarcha bu ish boshdin ayoq alam va ozordir, ammo aning kayfiyatida tafovutlar bordur. Muvofiq tushsa kadbonu, davlat va jam'iyatqa bo'lg'usidur hamzonu. Uyning oroyishi andin va uylukning osoyishi andin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |