1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


-savol.Mumtoz poetikada tamsil san'ati (Nazariy ma'lumot va misollar bilan)



Download 2,2 Mb.
bet73/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

60-savol.Mumtoz poetikada tamsil san'ati (Nazariy ma'lumot va misollar bilan)
Tamsil (ar. - misol keltirish, dalillash) - she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan badiiy san’at. Bunda birinchi misradagi fikr bilan keltirilgan misol o'rtasidagi munosabat, ya’ni mantiqiy aloqa ko'pincha qiyosiy yo'nalishda bo'ladi. Tamsil san’ati mohiyatiga ko'ra irsoli masal san’atiga o'xshab ketsa-da, fikrning, maqsadning isboti uchun hayotiy dalillar keltirishi bilan undan farqlanadi, chunki irsoli masalda mashhur maqol, hadis yoki hikmat dalil sifatida keltiriladi. Lutfiyning
Ey ko'ngil, jo n n i xayoli olida qil peshkash,
Har nima bo'lsa aziz, eltu rk ishi mehmon sori
baytida ikkinchi misrada keltirilgan hayotiy hodisa - mezbonning o’zi uchun eng aziz bo’lgan narsani mehmon oldiga qo’yishi birinchi misradagi fikrning tasdig'iga xizmat qilgan. Baytdagi „Har nima aziz bo'lsa, kishi mehmoniga tutadi, shuning uchun, ey ko’ngul, sen ham joningni, ya’ni eng aziz narsangni yorxayoliga peshkash qil" mazmuni ham tamsil mohiyatini ko’rsatib turibdi.
H ar qanda g ’am i do'sti dilporani istar,
To subh yaqo yirtmadi, mehr o’lmadi paydo.(Turdi Farog'iy)
Baytning mazmuniga ko'ra, tong yoqasini yirtmaguncha, quyosh paydo bo’lmaganidek, har qayerda ham g'amning do’sti dili g’amdan pora bo'lgan do’stni istaydi.Ba h o r sensiz agar d o 'za x o 'lsa tong ermas,Bih isht ichinda liqo bo'lmasa eru r d o ‘zax...(“G'aroyib us-sig'ar”, 108-g'azal).G'azal matla’sida oshiq uchun yor bo'lmasa, bahor fasli ham qish kabi tuyulib, ko'klamda ochilgan qizil gul olov, oq gul muz singari bo'lishi bayon qilinmoqda (Shu o'rinda mumtoz
adabiyotimizda yor orqali ma’shuqa, do'st, piri komil, Payg'ambar (s.a.v.) vaAlloh nazarda tutilishini eslatish joiz). Diniy manbalarga ko'ra, oxiratda gunohkorlarga do'zax azobi ikki bir-biriga qarama-qarshi hodisa - olov va qattiq sovuq (muz) orqali namoyon qilinadi. Navoiy bu o'rinda do'zaxdagi ana shu azobga ishora qiladi. Ikkinchi baytda lirik qahramon yorga qarata “bahor sensiz qishga teng bo'lishi tabiiy va bu ajablanarli emas, chunki diydor bo'lmasa jannat ham do'zax bilan tengdir” , der ekan, liqo so'zi orqali jannatda yuz beradigan ilohiy jamolga ishora qiladi. Diniy manbalarga ko'ra, jannatda Alloh o'z diydorini suyukli bandalariga namoyon qiladi: ushbu diydor chog'ida barcha hushidan ketadi. Hushlariga kelgach, ular yana shu ilohiy jamolni qo'msaydilar, ushbu jamolsiz endi jannat ham ularga xuddi do'zaxdek bo'lib ko'rinadi. Baytda qo'llanilgan tamsil san’ati oshiqning ruhiy holatini ta’sirchan ifodalashga xizmat qilgan. Ko'rinadiki, birinchi baytda do'zaxning ma’nosi umumiy holatda ifodalangan bo'lsa, ikkinchi baytda konkret hodisa - Yor jamoli bo'lmasa, jannat do'zax bo'lib ko'rinishi ta’kidlangan.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish