1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


Мумтоз поэтикада tardi aks san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan)



Download 2,2 Mb.
bet81/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

74Мумтоз поэтикада tardi aks san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan)
Navoiy ijodida takrorga asoslangan san’atlar asosida tardi aks san’ati ham alohida o‘rin egallaydi. Ma’lumki, tardi aks (ar. - teskari qilib takrorlangan) bayt tarkibidagi ikki so‘z yoki birikmani avval muayyan bir tartibda keltirib, so‘ng ularning o'rnini almashtirib takrorlash san’ati bo‘lib, mumtoz poetikaga doir manbalarda “aks”, “tabdil” nomlari bilan ham keladi. Tardi aks san’ati takrorning qaysi o‘rinda kelishiga qarab komil (tardi aksning bayt doirasida sodir bo‘lishi, bunda baytning birinchisi misrasidagi ikki so‘z yoki birikma ikkinchi misrada o‘rin almashinib takrorlanadi) va maxraj (tardi aksning misra doirasida hosil qilinishi, bunda bir misradagi ikki so‘z shu misraning o‘zida o‘rin almashinib takrorlanadi) kabi turlarga bo‘linsa, mazmun nuqtai nazaridan mutahodiy (ikki so‘z yoki iboraning tartibini o'zgartirib takrorlash oqibatida yangi ma’no hosil qilinmaydigan) va majro (ikki so‘z yoki birikmaning o‘rin olmashinib takrorlanishi natijasida yangi ma’no hosil qilinadigan) kabi turlarga ajratiladi. Masalan, “Sab’ai sayyor”dan olingan quyidagi bayt qo'llanilish o'miga ko‘ra komil bo‘lib, mazmunning saqlanib qolganligiga ko‘ra mutahodiy aks hisoblanadi:Har ne ul buzdi, bu barin tuzdi,
Bu barin tuzdi, har ne ul buzdi.Baytda Navoiy Bahromni uning otasi Yazdijurdga qarama-qarshi qo‘yib, “otasi nimaniki vayron qilgan bo‘lsa, bu obod qildi” , deb yozar ekan, ikkinchi misrada bu fikrni o‘zaro almashinib kelgan jumlalar vositasida qayta uqtirib, farzandotaning tamoman aksi bo‘lib chiqqanligini ta’kidlaydi.Quyidagi baytda esa tardi aksning maxraj turi qo‘llanilgan bo‘lib, o‘rin almashinish ikkinchi misra doirasida ro‘y bergan: Ne bo'ldi dardima, ey bevafo, davo qilsang,Vafog‘a va’da qilib, va’dag‘a vafo qilsang.(“Badoyi’ ul-vasat” , 357-g‘azal) Bunda oshiq yordan vafo qilishni o‘tinar ekan, birinchi jumlada awal “vafoga va’da qilish”ni so‘raydi, so‘ngra ikkinchi jumla orqali ana shu “va’daga vafo qilish”ni tasdiqlatib oladi, natijada shoir baytda majro aks orqali vafoni qat’iylashtirishga erishadi.Navoiy “Majolis un-nafois”da “insoniyat va xush axloqliqda Xuroson va Samarqand mulkida yagona” bo‘lgan Mirzobekning bir matla’sini keltirib, unda tardi aks san’ati qo‘llanilganligini aytib o‘tadi:
K o‘zung ne balo qaro bo'lubtur,
Kim jonga qaro balo bo'lubtur.Navoiy keyinchalik Mirzobek tomonidan oxiriga yetkazilmagan bu baytni uning xotirasi uchun g‘azal holiga keltirib, “Xazoyin ul-maoniy”ning birinchi devoni bo‘lmish “”G‘aroyib us-sig‘ar”ga 161-raqam ostida kiritadi. ,
75 Мумтоз поэтика qofiyaning tuzilishiga ko'ra turlari
Qofiya raviy harfi bilan tugallansa, muqayyad qofiya deb, raviydan keyin ham davom etsa, mutlaq qofiya deb ataladi. Ushbu qofiyalar tuzilishiga ko'ra yana to‘rtta katta guruhga ajratiladi:
1) M u ja r ra d qofiya
2 ) M u rd a f ( rid fli) qofiya.
3 ) M u qa y ya d (q a y d l i) qofiya
4 ) M ua ssa s (t a ’s is li) qofiya.Ushbu qofiya guruhlari o‘z ichida yana bir qancha turlarga ajratiladi. Qofiya turlari yuqorida sanalgan qofiya harflarining ishtiroki orqali belgilanadi. Shu ma’noda nazariy jihatdan qofiyaning 55 ga yaqin turi .yaqin turi mavjud. M. Akbarovaning tadqiqotiga ko‘ra, turkiy she’riyatda qofiyaning 25 turi keng qo‘llanilgan bo‘lib, shundan 23 tasi Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida istifoda etilgan.Alisher Navoiy mumtoz Sharq adabiyotining vakili sifatida o‘z davrida mavjud nazariy qarashlarni chuqur o‘rgandi va ayni paytda uning ijodiy merosi ham adabiyot nazariyasining yanada taraqqiy topishiga, boyishiga zamin bo‘lib xizmat qildiki, bu holat bevosita uning qofiya san’atlari va turlaridan foydalanish mahoratida ham yaqqol namoyon bo'ladi.She’riyatga ham ilm, ham san’at, ham xalq ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida munosabatda bo‘lgan mutafakkir shoir qofiya tizimiga muhim yangiliklar kiritdi va shu amaliy harakatlari bilan turkiy adabiyotni mumtozlik darajasiga ko‘tara bildi. Navoiy she’riyatida qo‘llanilgan qofiya tizimida ustoz ijodkorlar tomonidan amalga oshmagan quyidagi jihatlar ko'zga tashlanadi:Alisher Navoiy davrigacha bo‘lgan turkiy she’riyatning qofiya tizimi fors-tojik she’riyati tufayli an’anaviylik kasb etgan qofiyadosh so‘zlar asosida shakllangan. Navoiy bu an’anani ijodiy o‘zlashtirib, forsiy qofiyadosh so‘zlar tizimiga turkiy qofiyadosh so‘zlarni shu qadar mahorat bilan singdirganki, iisli forscha bo‘lgan so'zlar ham turkcha jarang va ohang kasb etadi. Masalan, arg‘uvon, jon, ravon, zamon kabi arabiy va forsiy qofiyadosh so‘zlar tarkibiga qon, yig‘labon, yomon kabilar kirgan.
1. Mujarrad qofiya ( ar. - yakka, yolg'iz, tanho) - qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Bunday qofiya turida raviy harfi cho‘ziq unlidan iborat bo‘lishi yoki raviy undosh bilan yakunlanib, undan oldin tavjih - qisqa unli kelishi asosiy talab hisoblanadi. Mujarrad qofiya raviy harfidan keyin harflarning qo‘llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyadva mutlaq ko'rinishlariga ega bo'ladi. Alisher Navoiy ijodida mujarrad qofiyaning bir necha turi keng qo‘llanilgan:M u ja r ra d m uqa yyad qofiya . Uning ikki ko‘rinishi mavjud bo‘lib, birinchi ko‘rinishida raviy cho‘ziq unlidan iborat bo‘ladi va unda shu cho‘ziq unlidan boshqa biror harf ishtirok etmaydi. K o ‘zung ne balo qa ro bo'lubtur,
K im jonga qaro balo bo‘lubtur.(“G‘aroyib us-sig‘ar” , 161-g‘azal)
2. Murdaf qofiya - qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Ridfli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida raviy harfidan oldin cho‘ziq unlilardan biri- ridfi asliy, ba’zan esa ridfi zoyid keladi.
3. Muqayyad (qaydli) qofiya ( ar. bog'langan , k ishanlangan)- qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Qaydli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida o‘zak
tarkibida qisqa unlidan so‘ng qator undosh keladi. Bunda qisqa unli hazv, raviydan oldin turgan undosh qayd deb ataladi. Qaydli qofiya raviy harfidan keyin harflarning qo'llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad va mutlaq ko‘rinishlariga ega bo‘ladi. Alisher Navoiy ijodida bu qofiya turi u qadar keng qo'llanilmagan.Qaydli m uqa yyyad qofiya - qisqa unlidan keyin kelgan qator undosh bilan yakunlanadi. Masalan:
E y ko‘ngul, yo r o‘zgalar dom ig ‘a bo 'ld i poybast,
Senga mushkil holat-u bizga qatiq ish berdi dast, “G‘aroyib us-sig‘ar” , 7
4. Muassas qofiya - qofiyaning o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi turlaridan biri. Ta’sisli qofiya deb ham ataladi. Bunday qofiya turida cho‘ziq “o” unlisi bilan raviy o‘rtasida bir undosh va undan keyin bir unli keladi. Cho‘ziq “o” unlisi ta ’sis deb, undan keyingi undosh daxil deb, raviy oldidagi qisqa unli esa ishbo‘ deb ataladi. Muassas qofiya raviy harfidan keyin harflarning qo'llanilish va qo‘llanilmasligiga ko‘ra muqayyad va mutlaq ko‘rinishlariga ega bo'ladi. Alisher Navoiy ijodida muassas qofiyaning quyidagi turlari qo‘llanilgan:I. Ta ’sisli muqayyad qofiya - raviydan oldin harakatli bir undosh, undan oldin esa cho‘ziq “o” unlisi (ta’sis) keladigan qofiya. Masalan:
G a r yeta r ag 'yord in yuz m ing jarohat, ey ko'ngul,
Chunki bordur yo r uchun bor aysh-u rohat, ey ko‘ngul -.(“Navodir ush-shabob” , 384-g‘azal).
.

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish