16. Сюжетларни ўрганишга доир муҳим назариялар (туркум ва сайёр сюжетлар)
Badiiy asarda syujetning yaratilishini g’oyaviy mazmun boshqaradi, g’oyaviy mazmunning talabiga uyg’un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o’z navbatida asar g’oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi. Badiiy syujetlar turli yo’llar bilan yaratilishi mumkin. Ilmda, ko’pincha, uning uchtasi haqida gapiriladi: 1. Asarda tasvirlanayotgan voqealar yozuvchi tasavvuri mahsuli bo’ladi. ulardagi voqealarning barchasi badiiy to’qima (fantaziya) yordamida yaratiladi. Uni “yasama” syujet deb atasa bo’ladi. Jumladan, “Sariq devni minib”(X.To’xtaboyev), “Gulliverning sayohatlari”(J.Svift), “Odam amfibiya”(A.Belyayev), “Oydagi birinchi odamlar”(G.Uells)ini isbot misolida ko’rsatish mumkin. 2. Asar syujeti hayotdagi tayyor voqealar asosiga quriladi. “Prototip” shaklidagi hayotiy va tarixiy voqealarning deyarli barchasi asarda aks etgan bo’ladi va ular “tayyor” yoki “hayotiy” syujetlar deb yuritiladi. “Navoiy”(0ybek), “Ulug’bek xazinasi”(O.Yoqubov), “Yulduzli tunlar”(P.Qodirov), “Bolalik”(Oybek), “O’tmishdan ertaklar”(A.Qahhor), “Navro’z”(N.Safarov), “Graf Monte Kristo”(A.Dyuma), “Zaynab va Omon”(h.Olimjon), “Aka-uka Karamazovlar”(F.Dostoyevskiy) kabilar ana shu yo’l bilan yaratilgan asarlardir. 3. Yozuvchilar o’zlarigacha yozma adabiyotda ma’lum bo’lgan syujetlarga asoslanadilar, ularni qayta ishlaydilar, o’z salohiyatlari va mahoratlariga asoslanib, ularni yangicha talqin qiladilar. Bu “sayyor” yoki “o’zlashtirilgan” syujetdir. Turli xalqlarning eposlarida ota tanimagan o’g’li bilan kurashga tushishi syujetini uchratish mumkin: antik eposda Odissey Telegon bilan, nemislarda Gildebrand Gadubrand bilan, eronlarda Rustam Suhrob bilan, ruslarda Ilya Muromes Sokolnik bilan olishadilar. Undan tashqari, buni Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy tomonidan yaratilgan “Xamsa”chilik an’anasi misolida ham ko’rsa bo’ladi. ularning har biri-mustaqil asar, ulardagi kashf qilingan xarakterlar betakror bo’lishidan qat’i nazar qoliplovchi voqea (syujet)ning asosi yagonadir.
ha, “Donjuanlar, Faustlar, Majnunlar, Prometeylar, Iskandarlar, Jyulettalar ko’p bo’lgan. Lekin ularni faqat Bayron va Pushkin, Hyote va Hayne, Navoiy va Nizomiy, Esxil va Shekspir nomlari bilan bog’laymiz. Boshqa mualliflarda bular hayotda yoki tarixda bo’lgan narsa kabi qabul qilinadi. Faqat daholar qo’liga tushgandagina “fakt”(syujet deb tushuning-h.U) muammoga aylanadi. Biz endi buni klassika deb ataymiz”
Do'stlaringiz bilan baham: |