1. Alisher Navoiyning mumtoz poetikaga doir qarashlari aks etgan asarlari


-savol.Sharq mumtoz adabiyotida Majnun va Layli haqidagi syujetlar



Download 2,2 Mb.
bet59/93
Sana23.07.2022
Hajmi2,2 Mb.
#841031
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93
Bog'liq
barcha javob (1)

270-savol.Sharq mumtoz adabiyotida Majnun va Layli haqidagi syujetlar.
Yaqin va 0 ‘rta Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” rnavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qiyin. Mana o ‘n uch asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot olamida she’ r va dostonlar bitib kelinadi. Ushbu qissaning kelib chiqish rnanbai qadim arablar hayoti bilan bog‘ liq voqealarga borib taqaladi. Arab manbalarida ma’lumot berilishicha, Majnun tarixiy shaxs bo‘ lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo‘ lgan. Uning ismi manbalarda Qays ibn Mulawah, Mahdiy ibn Muod, al-Aqra va ba’ zan al-Buhturiy ibn al-Ja’d tarzida keltiriladi. Majnun o ‘ z qabilasidan Layli ismli qizni sevib, unga bag'ishlab ajoyib she’rlar to'qigan. Uning she’ rlari qabiladoshlari va boshqa qabila kishilari orasida keng tarqalganligi haqida Ibn Qutaybaning “ Kitob ush-she’r vash-shuaro” asarida ma’ lumotlar keltiriladi. Lekin shu bilan birga ayrim tarixchilar Majnun tarixiy shaxs emas, uning nomi majoziy, mavjud she’rlar o‘ z amakisining qizini sevib qolgan umaviy bir yigitning she’rlari, u she’ rlarida Majnun taxallusini qo'llagan deb aytadilar. Har holda, nima bo'lganda ham VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab arab she’ riyatida Majnun taxallusi bilan ishq mavzusida yozilgan g‘ amgin she’rlar paydo bo'lgan.Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan vujudga keldi. Nizomiy xalq orasida tarqalgan rivoyatlardan ijodiy foydalangan holda “ Layli va Majnun” qissasini g ‘ oyaviy jihatdan mukammal va badiiyati nuqtayi nazaridan yuksak asar darajasiga ko'tardi. Bani Omir qabilasi boshlig'ining o ‘ g ‘ li Qaysning maktabdoshi Layliga muhabbatini tasvirlash orqali har ikkala qahramonning ruhiy va ma’naviy dunyosini ochib berishga alohida e’tibor qaratdi, xalq rivoyatlarida faqat tashqi go‘ zalligi bilangina mashhur bo‘lgan Layli timsolini ijtimoiy omillar va badiiy-estetik yuk orqali mukammallashtirdi. Nizomiy dostoni Sharq xalqlari adabiyotida keng shuhrat qozondi va oradan bir asrdan ziyodroq vaqt o'tgach, Amir Xusrav Dehlaviy unga javob yozdi. Dehlaviy dostoni 1299-yilda yaratilgan bo‘lib, “ Majnun va Layli” deb ataladi. Muallif doston qahramonlari nomini almashtirish bilan yangilikka, o ‘ z salafidan o‘zgachalikka intilganligini ta’kidlaydi hamda ushbu qissaning arab xalqlari orasida dastavval “Majnun va Layli” shaklida ommalashganligiga e’ tibor qaratadi. U Nizomiy dostonining kompozitsion qurilishini asosan saqlab qolgan holda uning syujetiga ba’ zi o‘ zgartirishlar kiritadi (munajjimning Majnun taqdiri haqidagi bashorati, Navfalning o‘ z qizini Majnunga nikohlab berishi va b.). Xusrav Dehlaviy ushbu dostoni bilan Sharq xalqlari adabiyotida “Layli va Majnun” mavzusidagi dostonga javob yozish an’ anasini boshlab berdi. Dehlaviydan keyin forsiy adabiyotda, xususan, Hirot adabiy muhitida Ashraf Marog‘ iy, Abdurahmon Jomiy, Kotibiy Turshiziy, Shayxim Suhayliy, Abdulloh Hotifiy, Badriddin Hiloliy, Xoja Imod Loriy va boshqalar ham bu mavzuda asar yozdilar.Alisher Navoiyning “ Layli va Majnun” dostoni turkiy tilda ushbu mavzuda yaratilgan ilk doston bo‘ lib, Navoiy uni yara- tishdan avval arab rivoyatlari bilan bir qatorda Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog‘ iy va Shayxim Suhayliy dostonlarini chuqur o'rganadi. U xamsanavislikda o ‘zigacha mavjud an’analardan ijodiy foydalangan holda o‘ z dostoniga yangicha ruh bag'ishlaydi, o ‘ z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, “ afsonaga yangi libos kiygizadi” .


Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish