212 Murakkab janrlar
Xazoyin ul-maoniy”da tarji’band janri ham alohida o'rintutadi. Ma’lumki, tarji’band arabcha “takrorlab bog'lamoq”ma’nosini bildiradi. Adabiy istiloh sifatida esa bir necha banddan
iborat bo'lib, g'azal singari qofiyalanadigan, birinchi bandning maqta’si qolgan bandlarning so'ngida ham takrorlanadigan she’rturini anglatadi. Bandlar oxirida o'zaro qofiyalanuvchi bayt barcha tarji’xonalarni o'zaro bog'fab turadi va vosila bayt deb ataladi. Tarji’bandlar odatda har biri 8-11 baytdan iborat bir necha banddan tashkil topadi. Turkiy adabiyotda tarji’bandning ilk namunalari Hofiz Xorazmiy ijodida uchraydi. Uning devoniga 3 ta tarji’band kiritilgan.“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida 4 ta tarji’band bo'lib, har bir devonga bittadan joylashtirilgan. Tarji’bandlarning ikkitasi tasawufiy-falsafiy, ikkitasi ishqiy mavzuda.“G'aroyib us-sig'ar” devoniga kiritilgan tarji’band “Ketur soqiy, ul mayki subhi alast” misrasi bilan boshlanib, hajman 10 band (har bandda 10 bayt), 100 baytnTarji’band hazaj bahrining hazaji musaddasi maqsur (afoyili va taqti’i: mafouilun mafoiylun mafoiyl, V ------ 1 V ------ 1 V -~) vaznida yozilgan.
Xazoyin ul-maoniy”da bitta tarkibband ham mavjud. Tarkibband “biriktirib bog'lamoq” ma’nosini bildirib, qofiyalanish tizimi va hajmiga ko'ra tarji’bandga yaqin turadi. Faqat undan farqli o'laroq, tarkibbandda har bandning maqta’si o‘zaroqofiyalanuvchi va bir-birini takrorlamaydigan mustaqil baytlardan iborat bo'Iadi. Alisher Navoiyning tarkibbandi marsiya yo'nalishida bo'lib, ustozi va do‘sti Sayyid Hasan Ardasher xotirasiga bag'ishlangan. Tarkibbandda shoirning aziz insonidan ayrilishi tufayli vujudga kelgan qalb og'riqlari, dardlihissiyotlari, alam-u iztiroblari bayon qilinadi. Shoir, ayniqsa,Sayyid Hasan Ardasher vafot etgan vaqtda Hirotdan uzoqdabo'lganligi, u bilan vidolasha olmaganligidan cheksiz iztirobchekadi. Mazkur tarkibband “Navodir ush-shabob” devonidano‘rin olgan bo'lib, hajman 56 baytdan iborat va u quyidagi banbilan boshlanadi:
Dahr bog‘iki jafo shoriidur har chamani,
Juz vafo ahlig'a sonchilmadi aning tikani.
Kimdakim dog‘i vafo ko'rsa shahid aylamasa,
Lolasining ne uchun qong‘a bo‘yalmish kafani.
Poymol etmasa andinki kelur mehr isi,
Nega tufrog'dur ul akmali davron vatani.Bahri urfon duri Sayyid Hasan ulkim aflok,
Y etti durji aro bir ko‘rmadi andoq duri pok.
Tarkibband ramal bahrining ramali musammani maxbuni mahzuf vaznida (ruknlari va taqti’i: foilotun failotun failotun
failun - V - - / V V - - / V V - - / V V - ) yozilgan.
“Xazoyin ul-maoniy”dan o ‘rin olgan bitta m asnaviy ham Sayyid Hasan Ardasher nomi bilan bog‘liq. M a ’lumki,masnaviy arabcha “ikkilik” ma’nosini bildirib, har bandi ikki
misradan tarkib topuvchi va a-a, b-b, d-d... tarzida qofiyalanuvchi she’r turidir. Navoiy o‘zining “Sab’ai sayyor” dostonidabu janrni alohida tavsiflab, uni “vase” ’ - keng maydon debataydi:Masnaviykim , burun dedim oni,So‘zda keldi vase’ maydoni.Mumtoz adabiyotimiz tarixida yaratilgan masnaviylarshartli ravishda ikki turga ajratish mumkin:
1 ) lirik m asnaviy (shoirning lirik kechinmalari, histuyg‘ulari ifoda etiladigan she’r shakli);
2 ) epik masnaviy yoki doston (syujet asosiga quriladigankatta hajmli asar).
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan o‘rin olgan masnaviylirik masnaviy bo‘lib, “G'aroyib us-sig‘ar” devoniga kiritilgan. Masnaviy she’riy maktub tarzida yozilgan va hajman148 baytdan iborat. Navoiyshunoslikda ushbu masnaviytarjimai hoi xususiyatiga egaligidan “Hasbi hoi” , nomajanriga mansubligidan “Navoiyning Sayyid Hasanga she’riymaktubi” deb ham yuritiladi. Masnaviyda Alloh hamdi vaPayg‘ambar na’tidan so‘ng Sayyid Hasan Ardasher shaxsigata’rif-u tahsinlar aytiladi, uning fazl-u kamoloti, vafodorligiva saxovati madh etiladi:Vafo anga pesha, saxo anga fan,Vafovu saxo koni Sayyid Hasan.
Keyingi baytlarda shoir maktub yozishdan asosiy maqsadini bayon qilib, uning boshiga musofirlik - Vatan tarkitushganligini ma’lum qiladi va ushbu safarning sabablarisifatida Xurosonda ijod qilish uchun imkoniyatning yo'qli-gini, yurtdagi notinchlik va ilm egallashga bo‘lgan ehtiyojni sanab o‘tadi.Unda shuningdek, so‘z ta’rifi, she’r va shoirlik, badiiyijod bilan bog‘liq masalalar ham qalamga olingan. Masnaviymutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (afoyiliva taqti’i: fauvlun fauvlun fauvlun faal, V ---- \ V ------\ V ------|
V — ) vaznida yozilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |