YOndirish tizimiga texnik xizmat koprsatish. Kontaktli yondirish tizimi yaxshi ishlashi uchun bu tizimdagi asboblarni tozaliligiga, ulardagi uzatmalarni mustahkamlanganligiga, yuqori kuchlanish uzatmalaridagi himoyalovchi rezina qal’oqlarni butunligiga e`tibor berish va o`rnatilgan muddatda texnik xizmat koprsatish bo`yicha hamma ishlarni bajarish lozim.
10 000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng taqsimlagich qo’qog`ini yechib, ichkari tomonidan benzin bilan namlangan latta bilan artiladi, agar moylangan bo`lsa, uzgich diska va kontaktlari artiladi. qo`zg`aluvchan kontakt o`qi va fetrali qo`ymani motor moyi bilan moylash lozim.
20 000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng taqsimlagich korpusidagi moy qo`yish teshigiga 3…4 tomchi motor moy tomiziladi. Buning uchun qo’qoqni moylash teshigi ochilguncha buraladi. Uzgich kontaktlari ko’zdan kechiriladi, agar kontaktlarda oksidlangan, notekisliklar va kuygan bo`lsa, ular tozalanadi. Uzgich kontaktlari orasidagi tirqish tekshiriladi va sozlanadi. Kontaktlar orasidagi tirqishni sozlagandan so`ng har safar yondirishni ilgarilanish burchaklari tekshiriladi va sozlanadi. CHunki kontaktlar orasidagi tirqish o`zgarganda yondirishni ilgarilanish burchagi ham o`zgaradi. YOndirish shamlari bo`shatib olinadi, agar sham elektrodlarida qurum bo`lsa tozalanadi va elektrodlar orasidagi tirqish sozlanadi.
30 000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng yondirish shamlarini almashtirish tavsiya etiladi. Rezbalarni shikastlamaslik uchun yondirish shamlarini tsilindrlar kallagiga maxsus kalitga o`rnatiladi, qo`lni yengil harakati bilan avval cha’ga so`ng o`nga buraladi va vorotok yordamida qotiriladi. YOndirish shamlarini keyinchalik bo`shatishda qiyinchilik bo`lmasligi uchun shamlarni rezbali qismiga grafitli kukun surtiladi.
Kontaktsiz yondirish tizimiga texnik xizmat koprsatishda asosiy e`tiborni asboblarni va uzatmalarni tozaliligiga va mahkamlanganligiga qaratish lozim. Benzin bilan ho`llangan toza material bilan datchik-taqsimlagichni tashqi va ichki sirtlarini va rotorni artish lozim. YOn klemma elektrodlarini va rotorni tok olib yuruvchi plastinasini himoyalash lozim. Elektron kommutator va yondirish g`altagi korpusini ham artish hamda yuqori va past kuchlanish elektr zanjirlaridagi birikmalarni ishonchli mahkamlanganligini va barcha birikmalarni ihotalovchi rezina qal’oqlarni butunligini tekshirish lozim.
YOndirish shamlari uchliklarini uzatmadan va yuqori kuchlanish uzatmalarini datchik-taqsimlagichdan ishlayotgan dvigatelda olish mumkin emas, chunki qizigan dvigatelda simlar yumshab qolib tez uzilishi mumkin.
Uzatmalarni yondirish shami uchliklari va datchik-taqsimlagich qo’qog`idagi uyalarga zich va to`la chuqurligiga tushishini tekshirish lozim.
Kontaktsiz yondirish tizimida shamlarni kontaktli yondirish tizimiga nisbatan tezroq almashtiriladi, ya`ni 15000…20000 km yo`l bosib o`tgandan so`ng.
qishda dvigatelni o`t oldirishini osonlashtirish maqsadida kontaktsiz yondirish tizimida shamlar yangisiga almashtiriladi, ishlatilgan soz shamlarni esa yilning issiq vaqtlarida ishlatish mumkin.
Avtomobilga xorij davlatlarida ishlab chiqarilgan yondirish shamlarini o`rnatishdan oldin ularning cho`g`lanish sonini (kalil noe chislo) va tsilindrga burab kirgiziladigan rezba uzunligini hisobga olish lozim. Rossiyada ishlab chiqariladigan yondirish shamlarini markirovkasida, masalan, A17DVR yozilgan. Bunda birinchi harf A tsilindrga burab kirgiziladigan rezbani belgilaydi A harfi M14x1,25, 17 soni shamni kalil sonini koprsatadi, ikkinchi harf D shamni tsilindrga burab kirgiziladigan qismini uzunligini koprsatadi, D harfi 19 mm ga teng, V harfi ihotani issiqlik konusi sham korpusi tortsasidan chetga chiqib turishini bildiradi, R harfi esa shamda xalaqitlarni so`ndiruvchi rezistor borligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |