1. Akkumulyatorlar batareyalarida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar



Download 91 Kb.
bet10/12
Sana08.04.2023
Hajmi91 Kb.
#925719
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
1474959836 65203

Kondensatorni sozligini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Uzgich klemmasidan kondensator uzatmasi uziladi, so`ng uzgich kontaktlarini tushtirib qo`yiladi, yondirish ishlatiladi va qo`l Bilan kontaktlar bir-biridan ajratiladi, bunda kontaktlar orasida qattiq uchqunlanish paydo bo`lishi lozim. SHundan so`ng kondensator uzatmasi klemmaga ulanadi va kontaktlar bir-biridan ajratiladi. Agar uchqunlanish kamaysa, unda kondensator soz, aks holda kondensatorni almashtirish lozim.
Kontaktsiz yondirish tizimida nosozlik paydo bo`lganda quyidagi tartibda tekshiriladi. Tekshirishdan oldin karbyuratorga yonilg`i kelayotganiga va yondirish ulaganda elektromagnitli klapan ishlayotganiga ishonch hosil lozim. Avval kontaktli lampa yordamida kommutator yondirish g`altagiga tok im’ulsi berayotganligi tekshiriladi. Buning uchun yondirish g`altagidan kommutator klemmasiga borgan uzatma uziladi va uni nazorat lampasi uzatmasiga ulanadi, nazorat lampasini ikkinchi uzatmasi yondirish g`altagini ]B klemmasiga ulanadi, yondirishni ulab startyor bilan tirsakli val aylantiriladi.
Agar nazorat lampasi li’’illamasa, kommutator im’uls bermayotganidan dalolat beradi. Buning sabablari qo`yidagilar bo`lishi mumkin: kommutatorni datchik-taqsimlagich bilan ulab turgan uzatma uzilgan bo`lishi; kommutator manbai uzatmasida uzilish bo`lishi; yondirishni ulash kontaktlari tutashmasligi; yondirish g`altagini birlamchi chulg`amida uzilish bo`lishi; datchik-taqsimlagich valigi aylanmasligi; kontaktsiz datchik yoki kommutator nosoz bo`lishi mumkin. Aniqlangan nosozliklar bartaraf qilinadi.
Agar nazorat lampasi li’’illamasa, unda past kuchlanishli zanjir soz, nosozlikni yuqori kuchlanish zanjiridan qidirish lozim. Bunday hollarda nosozliklar bo`lishi mumkin: yondirish tizimi uzatma va asboblarida hamda datchik qo’qog`i va rotorda namlik; taqsimlagich yon klemmalariga yuqori kuchlanish uzatmalarini noto`g`ri tartibda o`rnatilgan yoki ular uyaga zich o`tirmagan; yondirish momenti noto`g`ri o`rnatilgan; yondirish shamlari elektrodlari orasidagi tirqishni buzilishi, ularni moylanib qolishi yoki shikastlanishi; datchik qo’qog`i yoki rotorda darz bo`lishi; taqsimlagich qo’qog`idagi kopmir kontaktni osilib qolishi yoki shikastlanishi; ikkilamchi chulg`amda uzilish.
YOndirish shamlari qumli tozalash asbobida tozalangandan va siqilgan havo bilan ‘udalgandan so`ng tekshiriladi. YOndirish shamlari sinash kamerasidagi havo bosimi 0,6…0,8 MPa bo`lganda uchqun shakllanishi uzliksizligiga hamda korpusni ihotasi bilan birikmasini germetiklikka sinaladi.
qumli tozalash asbobi bo`lmaganda yondirish shamlari qurumdan maxsus suyuqlik bilan namlangan cho`tka yoki 15…20 daq. ga atsetonga botirib qo`yib so`ng cho`tka yordamida tozalanadi. YOndirish shamlari elektrodlarini qum qog`oz yordamida tozalash ham mumkin. YOndirish shamlari tozalangandan so`ng ularni siqilgan havo bilan ‘udaladi va elektrodlari orasidagi tirqish sozlanadi. SHamlarni dvigateldan yechib olganda obdon ko’zdan kechirish lozim. Agar sham kulrang-sariqdan och-jigarrangacha rang qurum bilan qoplangan bo`lsa, uni tozalash shart emas chunki bunday qurum soz dvigatelda bo`ladi va u yondirish tizimi ishini buzmaydi. Loyqa-qoramtir, barxatli qurum dvigatel boy yonilg`i aralashmada ishlayotganidan yoki sham elektrodlari orasidagi tirqish juda kattaligidan dalolat beradi. YAltiroq (glantsevo`y)-qora qurum va shamlarni moylanishi yonish kamerasida juda ko’p miqdorda moy borligidan dalolat beradi. SHam elektrodlarida qalin qatlamli qurum hosil bo`lganda, ular kuyganda hamda ihotasida darz paydo bo`lganda shamlar almashtirildai.
Kontaktli yondirish tizimida yondirish shamlarini ishga yaroqlili holati dvigatel ishlab turganda har bir shamga borgan yuqori kuchlanishli uzatmani navbati bilan uzib tekshiriladi. Soz shamni uzatmasini uzganda dvigatelni bir tekis ishlashi yo`qoladi va aylana pasayadi. Nosoz yondirish shami uzatmasini uzganda dvigatelni ishlashida o`zgarish bo`lmaydi. Bundan tashqarii ishlamagan yondirish shami boshqa shamlarga nisbatan sovuqroq bo`ladi.
YOndirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni shchup yordamida tekshiriladi, sozlash esa yon elektrodni egish bilan amalga oshiriladi. Dvigatellarda ishlatiladigan yondirish shamlari elektrodlari orasidagi tirqish 0,7…0,8 mm bo`lishi lozim.
YOndirishni ilgarilanishini vakuum rostlagichi dvigatel o`rtacha aylanalarda tekshiriladi. Buning uchun vakuum ichagini uzib-ulanadi. Agar tirsakli valni aylanishlar soni o`zgarmasa, regulyator ishlamaya’ti va uni almashtirish lozim.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish