1. Akkumulyatorlar batareyalarida uchraydigan asosiy nosozlik va buzilishlar


Generatorga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash texnologiyasi



Download 91 Kb.
bet5/12
Sana08.04.2023
Hajmi91 Kb.
#925719
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1474959836 65203

Generatorga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash texnologiyasi
Generatorni nosozliklarini quyidagi asosiy belgilari mavjud: dvigatel ishlayotganda zaryad toki yo`q, akkumulyatorlar batareyasini zaryadlashga yetarli bo`lmagan zaryad toki ishlab chiqaradi, zaryad toki oshib ketadi.
Dvigatel ishlayotganda zaryad tokini bo`lmasligini nazorat asbobi bo`yicha aniqlanadi (nazorat lampasi, am’ermetr, voltmetr). Zaryad tokini bo`lmasligi generator uzatma tasmasini ishdan chiqishi, generatorni o`zini shikastlanishi (cho`tkasini ishdan chiqihi, kontakt halqalarini ifloslanishi, generator elementlarini elektr zanjirini qisqa tutashuvi yoki uzilishi) hamda akkumulyatorlar batareyasini zaryad zanjirini nosozligidan kelib chiqadi.
Generator zaryad tokini bo`lmaslik sababini quyidagi tartibda aniqlash maqsadga muvofiq. Dastlab generatorni uzatma tasmasi tarangligi tekshiriladi, so`ng qo`shimcha qarshilik yordamida so`ndirib voltmetr bilan generator kuchlanishi tekshiriladi. Buning uchun voltmetr generatorni «30» (yoki «Q») klemmasiga va massaga qutblilikni saqlagan holda ulanadi, dvigatelni tirsakli valini o`rtacha aylanalar chastotasiga qo`yiladi (taxminan 2000 daqiqa-1) va avtomobilni asosiy elektr iste`molchilari (uzoqni yoritish farasi, isitgich, gabarit chiroqlar) ishga tushiriladi. Bunda kuchlanish miqdori 13,7…14,5 V atrofida bo`lishi lozim.
Agar generatorni sozlanadigan kuchlanishi yuqorida koprsatilgan chegarada bo`lsa, unda generator soz va akkumulyatorlar batareyasi zaryadlash zanjirini tekshirish lozim. Aks holda kuchlanish regulyatoridagi cho`tkali tarmoqni yechib olish va cho`tkani holatini (ularni yeyilishi, cho`tka ushlagichni qotib qolishi) va generator yakorini kontakt halqasini ifloslanganligini hamda kuchlanish rostlagichi kontaktlarini ishonchliligini tekshirish va yana kuchlanishni o`lchash lozim. Agar bu ham natija bermasa kuchlanish rostlagichini almashtirish lozim. Agar kuchlanish regulyatorini almashtirganda ham kuchlanish tiklanmasa, unda generatorni ishdan chiqqan elementlarini tekshirish va almashtirish uchun avtomobildan yechib olinadi.
Zaryadlash toki kuchini pasayishi avtomobilda akkumulyatorlar batareyasini yetarli zaryadlanmasligi bildiradi, bunda yoritish asboblari lampasini yorug`lantirilishi pasayadi va tovush signalini tembri o`zgaradi. Zaryad tokini pasayishini asosiy sabablari generator uzatmasi tasmasini sir’anib ishlashi, cho`tka-kollektor tarmog`i ishini buzilishi (kollektorni ifloslanishi, cho`tkani yeyilishi va qotib qolishi), uzilish va chulg`amlar orasida qisqa tutashuv yoki stator chulg`amlarini bironta fazasida uzilish, to`g`rilagich bloki diodlarini birontasi shikastlangan bo`lishi mumkin.
Nosozlikni aniqlash va bartarf qilish uchun generator uzatmasi tasmasi tarangligini, uzatma kontaktlari ishonchliligini, cho`tkali tarmoqni yechib olib, kontakt halqalari ifloslanganligini, cho`tkani yeyilganligi va qotib qolganligini tekshirish lozim. Agar o`tkazilgan tadbirdan so`ng generatorni rostlanadigan kuchlanish tiklanmasa, unda generatorni ishdan chiqqan elementlarini tekshirish va almashtirish uchun avtomobildan yechib olinadi.
Zaryad toki kuchini ko’payib ketishi akkumulyatorlar batareyasini qayta zaryadlanishiga olib keladi, bunda nazorat asboblarini (am’ermetr, voltmetr) millari tirsakli valni katta aylanalarida shkaladan chiqib ketadi, elektrolit esa «qaynaydi» va akkumulyatorlar batareyasidan sochilib ketadi. Sababi kuchlanish rostlagichini yoki akkumulyatorlar batareyasini nosozligi bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda generatorni rostlanadigan kuchlanishini tekshirish va nosoz kuchlanish rostlagichini yoki akkumulyatorlar batareyasini almashtirish lozim.

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish