1. Aholini boshqaruv organlarining, mansabdor shaxslarini, fvdt kuchlari vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash. Mehnatni muhofaza qilish nazorati. Fvdtning asosiy maqsadi va vazifalari


FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi



Download 151,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi151,9 Kb.
#922319
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hayot xavfsizligi 1

 
FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi 
Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan 
kelib chiqib muayyan bir hududda FVDT quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi: 
kundalik faoliyat rejimi — muayyan bir hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar sodir 
bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lmaganda; 
yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yuzaga kelganda 
(tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda); 
favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda 
vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan xabarnoma olinganda).
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi.
FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish 
bo‘yicha qarorda: 
tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos bo‘lgan holat; 
favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hudud chegaralari yoki favqulodda 
vaziyat hududining chegaralari; 
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuch va 
vositalar; 
favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni yoki sodir bo‘lgan 
favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan 
muhofaza qilish bo‘yicha choralar; 
favqulodda vaziyatlarning oldini olishga mas’ul mansabdor shaxslar yoki favqulodda 
vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi. 
Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar tasnifi, shuningdek, 
aholining hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qo‘shimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib 
chiqib favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri o‘rnatiladi:
a) obyekt darajasida bartaraf etish; 
b) mahalliy darajada bartaraf etish; 
v) respublika darajasida bartaraf etish.


Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar 
hisoblanadi: 
a) kundalik faoliyat rejimida: 
atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh 
hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda 
vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash; 
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni 
yig‘ish, tahlil qilish va belgilangan tartibda almashish
favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, 
yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar 
sharoitida turar joy binolari, sanoat obyektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari 
faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda 
chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish;
favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga 
evakuatsiya qilish, ko‘chirilgan aholining vaqtincha yashash joylarida hayot faoliyatini ta’minlash 
choralarini rejalashtirish hamda tegishli tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish; 
FVDT boshqaruv organlari va kuchlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini 
rejalashtirish hamda ularni belgilangan tartibda tayyorlash;
aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatish; 
xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini 
ta’minlash va nazoratini olib borish; 
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini 
yaratish va to‘ldirish; 
aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat 
ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; 
sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish; 
b) yuqori tayyorgarlik rejimida: 
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik 
birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda 
aholini xabardor qilish;
atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh 
hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga 
kelishi ehtimolini, ularning ko‘lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish; 
FVDT tegishli quyi tizimlari va bo‘g‘inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat 
boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa 
tashkilotlarning o‘z zimmasiga olishi, zarurat bo‘lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini 
aniqlash uchun favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni 
tashkil etish, vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-
tadbirlarni amalga oshirish, zaruratga ko‘ra aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish; 
favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, 
shuningdek, turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining 
barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish; 
doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini 
joriy etish;
FVDT tezkor-boshqaruv organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish; 
kuchlar va vositalarni shay holatga keltirish, yuqori tayyorgarlik faoliyat rejimiga o‘tkazish, 
ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda favqulodda vaziyatlar taxmin 
qilinayotgan hududga yo‘naltirish; 
v) favqulodda vaziyat rejimida: 
favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik 
birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; 


aholini muhofaza qilishni, shu jumladan, aholini, moddiy boyliklarni va boshqa mol-mulkni 
xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni tashkil etish; 
favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini belgilash, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish), ushbu 
mintaqaga kirish-chiqishni tartibga solish; 
doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar hududiga yo‘naltirish, ushbu 
tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarni chegaralash va birlamchi sabablarini bartaraf etish; 
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; 
iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholining 
hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish; 
favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va 
ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring olib borish; 
evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy 
yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish; 
favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-
tadbirlarni amalga oshirish; 
birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy soha obyektlarining faoliyatini 
yo‘lga qo‘yish;
jabrlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rilgan 
zararni qoplash tadbirlarini amalga oshirish. 
Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi: 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat 
zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti 
mablag‘lari hisobidan; 
moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlari 
mablag‘lari hisobidan; 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari 
hisobidan;
obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning o‘z mablag‘lari 
hisobidan; 
xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy 
ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar 
omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari 
va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari avariya sodir bo‘lgan obyektlar, ularni 
balansda saqlovchi vazirliklar va idoralarning, ushbu obyektlar joylashgan hududdagi mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining kuch-vositalari bilan amalga oshiriladi. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari obyektlarining rahbarlari, vazirliklar va 
idoralarning tezkor guruhlari (mutaxassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga 
oshiriladi.
Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil 
qilinishi mumkin. 
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda ular obyekt 
ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan 
FVDTning yuqori organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin. 
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni 
moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir 
darajada tegishli budjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga 
oshiriladi.


Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash 
favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy 
budjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga 
oshiriladi.
Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi. 
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning 
oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar 
ko‘rish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari 
va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida o‘zaro 
hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi.
FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga 
oshiradi. 

Download 151,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish