104. Milliy boylik indeksi qanday hisoblanadi?
MILLIY boylik = Yalpi aktivlar – majburiyatlar
Davlatlar, jismoniy shaxslar kabi, o'z aktivlarini sotib olishni moliyalashtirish uchun qarz olishlari mumkin, shuning uchun sof qiymat yoki boylikka erishish uchun biz har qanday to'lanmagan majburiyatlarni yoki qarzlarni ayirishimiz kerak. Majburiyatlarga ipoteka, kredit karta qarzlari, avtomobil kreditlari, shuningdek, boshqa turdagi qarzlar kiradi.
105. Asosiy kapital tushunchasi, ularni tarkibi va baholashni tushuntirib bering?
Asosiy kapital bu – mahsulot ishlab chiqarish, bozor va nobozor xizmatlar ko‘rsatish uchun uzoq davr, lekin bir yildan kam bo‘lmagan muddatda bir necha marotaba yoki doimo ishlatiladigan ishlab chiqarilgan aktivlardir. Asosiy kapital tarkibiga uzoq muddatda ishlatiladigan muayyan turdagi tovarlar kiritilmaydi: mayda asbob-uskunalar va inventarlar, ba’zi harbiy anjomlar (vayron qilish vositalari va ularni eltib berish vositalari), uy xo‘jaligi tomonidan sotib olingan va pirovard iste’moli uchun foydalaniladigan mashinalar va jihozlar (avtomobillar, mototsikllar, velosipedlar, mebel, maishiy texnika) asosiy kapital tarkibiga kiritilmaydi. Ammo, ular ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilsa – asosiy kapital tarkibiga kiritiladi. Asosiy kapitalni baholash. Ma’lumki, asosiy kapital normativ xizmat muddati xalqaro hisoblashlarda, jumladan, Jahon bankida 25 yil qilib olinadi. Bu davr ichida birlamchi hisobga olingan asosiy kapital bahosi o‘zgarib turadi. Asosiy kapital tarixiy (to‘liq boshlang‘ich), joriy (qayta baholangan qiymati – shu paytdagi bahosi), qoldiq qiymati, amortizatsiya qilinadigan qiymat, tugatilish qiymati, balans (aralash) qiymati, o‘zgarmas baholardagi qiymati va boshqa usullarda baholanishi mumkin. Har bir metodda baholangan qiymatning hisobchilikda iqtisodiy statistik tahlilda, moliyalashtirish (reinvestitsiyada), soliqqa tortishda va milliy boylik hajmini hisoblashda o‘z funksiyasi mavjuddir.
106. Asosiy kapitalning eskirishi va amortizatsiya ajratmalarini hisoblash qanday amalga oshiriladi?
Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash), asosiy kapital (fondlar) amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga oʻtib borishi. Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma’naviy eskiradi. Moddiy eskirish mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari bilan belgilanadi.
Amortizatsiya normasini hisoblashning an’anaviy usullari:
Do'stlaringiz bilan baham: |