Kurs ishining ilmiy yangiligi. Iqtisodiy nuqtai nazardan ish bilan band bo`lmagan fuqarolarni kasbiy tayyorlashga doir mualliflik yondashuvining ishlab chiqishidan iborat bo`ldi. O`zining asosiy mazmunida u quyidagilardan iborat:
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi ish bilan bandligining yangi turlarini shakllanishi nazariy jihatlari qiyosiy tahlil qilingan;
Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish o`rinlarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda mualliflik yondashuvi berilgan;
Mamlakatimizda aholini ish bilan bandligi va yangi ish joylarini tashkil etishga bo`lgan ehtiyojlar tahlil qilinib, natijalar olingan;
Viloyatda yangi ish joylarni tashkil etish holatiga tahliliy baho berilgan;
Yangi ish joylarini tashkil etish va rivojlantirishning xududiy mehanizmini tashkil etish chora-tadbirlari taklif qilingan;
Yangi ish o`rinlarini tashkil etishni tartibga solishda davlat xizmatlari faoliyatini takomillashtirish bo`yicha takliflar berilgan;
Mazkur muammolar yechimi yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar berilgan hamda aniq yo`nalishlar ko`rsatib o`tilgam.
1§. Aholi ish bilan bandligini oshirishda yangi ish joylarini tashkil etishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
Xozirgi, bozor munosabatlari jadallashib borayotgan bir davrda aholini ish bilan ta`minlash muammosi dolzarb bo`lib bormoqda. Shu sababli uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o`rganish muhim hisoblanadi. Bunda avvalo, ish bilan bandlik tushunchasining ijtimoiy-iqtisdiy mazmunini chuqur anglab yetish maqsadga muvofiqdir.
Aholini ish bilan ta`minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri - uning mehnat sohasi va u bilan bog`liq bo`lgan rhtiyojlarni qondirish yo`lini ochib beradi. Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qayerdaligidan qatiy nazar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o`zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qununida qayd etilganidek: “Ish bilan ta`minlash – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o`z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir”11. Bundan ko`rinadiki, insonning ijtimoiy kamolotida va uning takror ishlab chiqarilishida ish bilan bandlik muhim rol o`ynaydi.
Darhaqiqat, ish bilan bandlik faqat iqtisodiy munosabatlar bo`libgina qolmay, u avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga keladigan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ish bilan bandlik ko`p ukladli iqtisodiyotning muhim ijtimoiy jihati, chunki bu bilan kishilarning daromadi hosil bo`ladi, ular ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topadi, qobilyat va iste`dodlarini yuzaga chiqara oladi. Shundan kelib chiqib ish bilan bandlikning quyidagi eng kam deganda to`rtta ijtimoiy jihatini hisobha olish kerak bo`ladi:
Ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi- mehnat huquqi bilan mustahkam bog`liqligidir;
Turmush darajasini va munosib shart-sharoitlarni shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o`ynaydi. Aynan shu ish bilan bandlik hozirgi vaqtda mehnatga qobilyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir;
Har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi bo`lgan yuqori unumli mehnatning yangi sababini shakllantiradi;
Aynan mehnat faoliyati insonni o`zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi va shaxsiy rivojlanishini rag`batlantiradi.
O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qonuniga muvofiq quyidagilar ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:
Yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to`liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek, haq to`lanadigan, boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo`lgan fuqarolar;
Betobligi, mehnat ta`tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to`xtatib qo`yganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hajjatlariga muvofiq ish joyida bo`lmagan, vaqtincha ish joyi saqlab turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo`lmagan fuqarolar;
O`zini ish bilan mustaqil ta`minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a`zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqishda qatnashayotgan oila a`zolari;
Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarida va qo`shinlarida xizmatni o`tayotgan, shuningdek, muqobil xizmatni o`tayotgan fuqarolar;
Ta`lim to`g`risidagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotgan fuqarolar;
Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarida ishlayotgan fuqarolar.12
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”ga muvofiq quyidagi sabablarga ko`ra vaqtinchalik ish joyida bo`lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qolinadi va ular ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:
Davlat va janoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda;
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda;
Jamoat manfaatlariga doir xarakat qilganda.
O`zini mustaqil ta`minlaydigan fuqarolar toifasiga quyidagilar kiradi:
Tadbirkorlar;
Fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a`zolari;
Dehqon xo`jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a`zolari;
Yozuvchilar, rassomlar va boshqalar13.
Aholini ish bilan bandlik masalalarini o`rganish jarayonida mehnat va ish bilan bandlik o`rtasidagi tafovutni ajrata bilish han muhim hisoblanadi. Mehnat – insonning o`ziga xos bo`lgan xususiyatiga ega bo`lgan faoliyat bo`lib, unda harakat, kuch-quvvat sarflanishi, natijakorlik, ijtimoiy foydalilik kabi holatlar mavjud bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, mehnat- ishchi kuchini ishlab chiqishda ishlarish jarayonidir. Ish bilan bandlik esa insonning mehnat qilish munosabati bilan va ,ehnat sohasidagi ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq holda kechadigan ijtimoiy rivojlanishning muhin tomonidir.
Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, aholining ish o`rinlariga bo`lgan talabining pasayishiga, uning ayrim guruhlarining xaddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning uchun bolali ayollar, ishni o`qish bilan qo`shib olib borayotgan yoshlarga handa pensionerlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish dasturini takomillashtirishga mehnat unumdorligini oshirishni jadallashtirish sharoitida ish bilan to`liq bandlikni ta`minlashning zarur sharti deb qaralishi kerak.
MDH davlatlari ayrin iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni tartibga solishni ish bilan bandlik siyosati, “mehnat”ni esa “ish bilan bandlik”ka tenglashtiradilar. Jumladan, E.Saruxanov ish bilan bandlikni mehnat faoliyatiga kirishish deb hisoblaydi hamda mehnat bozorini ish bilan bandlik deb atash, mehnat bozorini tartibga solishni esa ish bilan bandlik va ishsizlik muammosini tartibga solish, deb atash to`g`rib o`ladi degan xulosa chiqaradi. Uning hisoblashicha, ish o`rnini egallash bo`yicha munosabatlar ish bilan bandlik munosabatlaridir. Inson ishga kirishishi bilan bu munosabatlarning amal qilishi to`xtamaydi, shu vaqtdan boshlab navbatdagi- mehnat faoliyati bosqichi boshlanadi va bu ish bilan bandlik hamda mehnat bilan bog`liq emas14.
Bu nuqtai nazarga zid qarashlarda mehnat bozori, ish bilan bandlik va ularni tartibga solish jarayonlari farqlanadi. Bu qarashlar tarafdorligi ish kuchini takror hosil qilish va mehnat bozori ish bilan bandlikning tarkibiy qismlari, deb hisoblaydilar. Masalan, G.G.Rudenko, M.I.Kulapov, S.A.Kartashov mehnat bozori odamlar ishlab chiqarish qobiliyatlarini takror hosil qilish bo`yicha bozor munosabatlarining tizimi ekanligini e`tirof etadilar. Mehnat bozori ish beruvchi uchun ish kuchini jalb etgan holda moddiy ne`matlar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Yollanma xodim esa o`z ish kuchini sotishi hisobiga mehnatiga haq oladi va o`zining mehnat qobiliyatini takror hosil etadi15
Aholining ish bilan bandligi sohasi tarkibiga mehnat bozoridan tashqari aholining o`zini-o`zi ish bilan ta`minlashi, ularning uy xo`jaliklari tarkibidagi faoliyatlari, kadrlarni tayyorlash, va ishga joylashtirish maqsadli dasturlari ham kiradi. Ya`ni, ish bilan bandlik sohasi mehnat bozori chunchasidan kengroqdir. Mehnat bozorini tartibga solish ish bilan bandlikning bir qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyot fanida ish bilan bandlikning quydagi turlarini farqlaydilar:
ish bilan bandlik – mehnatga qobilyatli aholining ijtimoiy foydali mehnatga eng ko`p jalb etish. Amalda bu ish bilan yalpi bandlik bo`lib, bunda mehnatga qobilyatli aholining 90,0 – 92,0 % to`liq bandlida mehnat qilishga muhtojlar va mehnat qilishni hohlovchilar ish bilan ta`minlanadi, bu ishchi kuchiga talab va taklifning mutanosibligini anglatadi.
Ish bilan to`liq bo`lmagan bandlik – bu iqtisidiy faol aholining bir qismigina ijtimoiy foydali mehnat bilan ta`minlanganligini ko`rsatadi. Ish bilan mavsumiy bandlik – bu mehnatga qobilyatli aholini tabiiy – iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda vaqti – vaqti (odatda muayyan mavsumlarda) ijtimoiy foydaliy mehnatga jalb etishdir.
Ish bilan yashirin bandlik – bu holda pul tolamaydigan uzoq muddatli ta`tilda bo`lgan norasmiy ravishda (ish bilan band sifatida rasman ro`yxatga olinmasdan) turli savdo-sotiq, aholiga xizmat ko`rsatish bilan mashg`ul bo`lishlarini anglatadi.
Ish bilan davriy bandlik – bu muayyan muddatda mehnat faoliyati bilan mashg`ul bo`lish, muayyan muddatda dam olishni bildiradi. Ish bilan bandlikning bu turi asosan neft, gaz sanoati, baliqchilik tarmoqlarida vaxta usulida ishlovchilarni nazarda tutadi.
Ish bilan samarali bandlik – bu aholining ish bilan bandlika ehtiyojining mavjud ish o`rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo`lib, iqtisidiy nuqtayi nazardan mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy jihatdan mehnat faoloiyatining inson manfaatlariga eng muvofiq kelishni anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |