1. Afg’oniston haqida umumiy ma’lumot


O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari



Download 142,91 Kb.
bet13/15
Sana20.03.2022
Hajmi142,91 Kb.
#503583
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
afg\'oniston

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari
Afg‘oniston tashqi savdosida O‘zbekistonning ulushi 7,4 foizni, umumiy Afg‘oniston importida esa 8,3 foizni tashkil etadi. O‘z navbatida, Afg‘onistonning O‘zbekiston tashqi savdosidagi ulushi 1,5 foizni, eksportning umumiy hajmida esa 3,4 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo-sotiqda sezilarli ijobiy balansga ega va so‘nggi uch yil ichida ushbu mamlakatga eksport deyarli 20 foizga o‘sdi.
2020 yil birinchi yarmida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 24,1 foizga o‘sdi va 332,9 million dollarni tashkil etdi, shu jumladan eksport - 331,7 million dollar, import - 1,22 million dollar. 2019 yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi 2,2 foizga o‘sdi va 617,6 million dollarni tashkil etdi, shu jumladan eksport - 614,7 million dollar, import - 2,9 million dollar.
Afg‘onistonga eksport qilinadigan asosiy mahsulotlar quyidagilar kiradi: don va un mahsulotlari, asosan bug‘doy uni - umumiy hajmning 19,1 %i; elektr energiyasi - 16,3 %; neft va neft mahsulotlari, tabiiy gaz - 10,1 %; oziq-ovqat mahsulotlari, asosan dukkaklilar va sabzavotlar - 11,0%; qora metal va undan ishlab chiqarilgan mahsulotlar - 7,0%, transport vositalari va ular uchun ehtiyot qismlar - 1,5%, shuningdek xizmatlar, asosan transport xizmatlari - 26,0%.
Afg‘onistondan quyidagi mahuslotlar import qilinadi: oziq-ovqat mahsulotlari (asosan saxaroza, mineral suvlar) - umumiy importning 21,5%; tirik o‘simliklar (ularning ildizlarini hisobga olgan holda) - 11,4%; uskunalar va mexanik qurilmalar - 8,8%; hayvonlar (echki va qo‘ylar) - 6,7%, shuningdek transport xizmatlari - 29,9%.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda afg‘on kapitali ishtirokidagi 658 korxona, shu jumladan 195 qo‘shma korxona va 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi 463 korxona faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyati hududida afg‘on kapitali ishtirokidagi 234 ta korxona (35%) tashkil etildi.

Energetik hamkorlik


Afg‘oniston elektr energiyasining tanqisligi bilan yaqqol ajralib turadi, chunki o‘zining ishlab chiqarish quvvatlari elektr energiyasiga bo‘lgan talabni to‘liq qoplay olmaydi va elektr energiyasini import qilish hajmi tashqi tomondan ajratiladigan moliyaviy yordam miqdoriga bog‘liq. 2018 yilda Afg‘oniston 1,1 milliard kVt / soat elektr energiyasini ishlab chiqargan bo‘lsa 4,6 milliard kVt / soatni import qilgan, ya’ni o‘zi ishlab chiqargan hajmdan 4 marotaba ko‘p degani.
Ishlab chiqarish va import hajmining yetarli emasligi, elektr uzatish liniyalarining tarmog‘ining keng darajada mavjud emasligi iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga imkon bermaydi. Afg‘onistonda aholining atigi 30 foizigina elektr tarmog‘iga ulangan. Afg‘oniston umumiy aholisining 75 foizini tashkil etadigan qishloq aholisining aksariyati elektrsiz qolmoqda. Afg‘onistondagi energetika sohasidagi muammolarni hal qilish uchun 2032 yilgacha energetikani rivojlantirishning Bosh rejasini o‘z ichiga olgan Milliy energiya ta’minoti dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda aholi va mamlakat iqtisodiyotini elektr energiyasi bilan ta’minlashni 30% dan 83% gacha, qishloq aholisini 28% dan 65% gacha va shaharlarni 100% gacha oshirishni nazarda tutilgan.
Surxondaryo viloyatidan Afg‘onistonning Bog‘lon viloyati Puli-Xumri shahrigacha 260 km uzunlikdagi "Surxon - Puli-Xumri" elektr uzatish liniyasini qurish loyihasini amalga oshirish ham Afg‘onistonning energiya ta’minotini rivojlantirishning uzoq muddatli rejalariga mos va u yerda sanoatni rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Bundan tashqari, ushbu elektr uzatish liniyasi Afg‘oniston energetika tizimini O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning yagona energiya tizimiga ulash imkonini beradi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston 2002 yildan buyon Afg‘onistonga elektr energiyasini muntazam yetkazib bermoqda. Afg‘oniston elektr energiyasining 52 foizini O‘zbekistondan, 18 foizini Tojikistondan, Eron va Turkmaniston 15 foizini yetkazib beradi. 2002 yildan 2019 yilgacha O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi 62 million kVt / s dan qariyb 2,6 milliard kVt / s gacha, ya’ni 40 martaga oshdi. 2018 yilda Afg‘onistonga 166 million dollar evaziga 2,5 milliard kVt / soat elektr energiyasi yetkazib berildi, yetkazib berilayotgan elektr energiyasining narxi esa 35 %ga pasaytirildi.
Elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar har yili tuzilishini hisobga olsak, 2019 yil oxirida Afg‘oniston energetika kompaniyalari bilan ular uchun maqbul bo‘lgan shartlarda, 4,2 milliard dollarlik 10 yillik shartnoma imzolandi.


Download 142,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:

1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish