1. adabiyot – so’z san’ati. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida uchraydi? A muhammad Yusufning «O’zbekiston»



Download 282,5 Kb.
bet6/9
Sana20.01.2022
Hajmi282,5 Kb.
#392892
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-sinf

3. EZOP .

1. Ezop masallarida nima suvni shimadi va natijada eshakning yuki og’irlashadi?

A) sirach B) yuvg’ich

C) mahmil D) uvunto’da ko’rpa-yostiq

2. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari uchraydigan Alisher Navoiyning «Xamsa» asaridagi birinchi doston qaysi?

A) «Hayrat ul-abror» B) «Lison ut-tayr»

C) «Layli va Majnun» D) «Saddi Iskandariy»

3. O’zbek masalnavis shoirlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?

A) S. Abduqahhor, M. Yusuf, M. Xudoyqulov

B) A. Avloniy, Hamza, S. Abduqahhor, U. Nosir, M. Xudoyqulov

C) A. Avloniy, Hamza, Y. Qurbon, M. Xudoyqulov, S. Abduqahhor

D) Shukrullo, T. Sulaymon, A. Suyun, S. Abduqahhor

4. Ezop masallarida: «Qilmish – qidirmish», – deya ingragan jonivor qaysi?

A) laylak B) bo’ri C) zag’cha D) kiyik

5. XVII asrda yashab ijod etgan fransuz masalchisi kim?

A) Lafonten B) Gellert C) Lessing D) Krilov

6. Majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari Alisher Navoiyning qaysi dostonlarida uchraydi?

A) «Hayrat ul-abror», «Mantiq ut-tayr»

B) «Mahbub ul-qulub», «Mantiq ut-tayr»

C) «Layli va Majnun», «Lison ut-tayr»

D) «Hayrat ul-abror», «Lison ut-tayr»

7. Ezopning «Yovvoyi echkilar bilan cho’pon» masalidan qanday xulosa kelib chiqadi?

A) to’g’ri va rostgo’y bo’lish B) do’stga sadoqat

C) mehnatsevarlik D) haqiqatgo’y bo’lish

8. Ezopni sotib olgan o’ta yengiltak, kaltafahm odam bo’lgan Ksanf qayerda yashardi?

A) Samos orolida B) Delfa shahrida

C) Lidiyada D) Frigiyada

9. «Ko’rpangga qarab oyoq uzatgin» maqoli Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi?

A) «Yovvoyi echkilar va cho’pon»

B) «Eshak bilan baqalar»

C) «Burgut, zag’cha va cho’pon»

D) «Kiyik bilan tokzor»

10. Alisher Navoiyning majoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng sara namunalari uchraydigan, maxsus shu yo’nalishda yaratilgan asari qaysi?

A) «Hayrat ul-abror» B) «Layli va Majnun»

C) «Lison ut-tayr» D) «Saddi Iskandariy»

11. Ezop masallarida suvga cho’kib ketgan jonivor qaysi?

A) echki B) eshak C) kiyik D) bo’ri

12. Ezopning «Kiyik bilan tokzor» hamda «Ustiga tuz ortilgan eshak» masallarining xulosalarini toping.

A) Aqlni ishlatish, qiyinchilikka sabrli bo’lish kerak; Behuda chiranish belni chiqaradi.

B) Qilmish – qidirmish; Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma.

C) Behuda chiranish belni chiqaradi; Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma.

D) Yaxshilikni ham uning qadriga yetadigan odamga qilish kerak; Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarini ham yaxshilikka yo’yadilar.

13. Yaxshilikka yomonlik qilgan kishining Xudoning qahriga yo’liqishi Ezopning qaysi masalida uchraydi?

A) «Yovvoyi echkilar va cho’pon»

B) «Kiyik bilan tokzor»

C) «Burgut, zag’cha va cho’pon»

D) «Eshak bilan baqalar»

14. Qadim davrlardayoq «Ezop masallari» nomi ostida jamlangan kitobda Ezopning qancha masali yig’ilgan edi?

A) 50 ga yaqin B) 300 dan ortiq

C) 500 ga yaqin D) 600 dan ortiq

15. Yevropaliklar «Ezop tilida so’zlash», «ezopona til» deb qanday so’zlashga aytishadi?

A) notiqlik qoidalariga rioya qilgan holda so’zlash

B) hissiy bo’yoqdor so’zlardan foydalangan holda so’zlash

C) oddiy va sodda, xalqona so’zlash

D) maqol, masallar va ibratli voqealar bilan so’zlash

16. Masalning asosiy jihati nimada?

A) majoziy xarakterdagi yirik hikoya ekanligida

B) hayvonlar orqali olamni tasvirlovchi hikoyalar ekanligida

C) to’liq ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo’naltirilganlida

D) asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iboratligida

17. Ezop masallarida o’zini burgut hisoblaydigan qush qaysi?

A) laylak B) turna C) zag’cha D) zog’

18. Ezop masallarida havo bulutligi tufayli yaylovga olib chiqilmagan jonivorlar qaysilar?

A) echkilar B) qo’ylar C) sigirlar D) yilqilar

19. Rivoyat qilishlaricha, Ezopning xo’jayini safarga otlanar ekan, o’z qullariga yuklarni bo’lib olib, ko’tarib kelishni buyuradi. Shunda Ezop nimani ko’tarib oladi?

A) (to’rt kishi zo’rg’a ko’taradigan) non solingan og’ir qutini

B) (besh kishi zo’rg’a ko’taradigan) xo’jayinining kiyimlarini

C) (besh kishi zo’rg’a ko’taradigan) otlar uchun hashakni

D) (to’rt kishi zo’rg’a ko’taradigan) idish-tovoqlar solingan qopni

20. Ezop qaysi masalida yaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish barobarida insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytning o’zida erishaman deb, ochko’zlik qilmaslikka da’vat etadi?

A) «Kiyik bilan tokzor»

B) «Yovvoyi echkilar va cho’pon»

C) «Burgut, zag’cha va cho’pon»

D) «Eshak bilan baqalar»

21. Ko’hna Sharq adabiyotida majoziy shaklda, ya’ni turli hayvonlar tilidan tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish qadim hind adabiyotining nodir namunasi hisoblangan qaysi asar tarkibida uchraydi?

A) «Pandnoma» B) «Odobnoma»

C) «Kalila va Dimna» D) «E’zoznoma»

22. «Bo’ri bilan laylak» masalidan kelib chiqadigan asosiy xulosani toping.

A) Aqlni ishlatish, qiyinchilikka sabrli bo’lish kerak.

B) Behuda chiranish belni chiqaradi.

C) Ayrim badfe’l kishilar yomonlik qilmaganliklarini ham yaxshilikka yo’yadilar.

D) Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma.

23. Ezop aql-u farosati, topqirligi bilan oxir-oqibat o’zini qullikdan xalos etib, qaysi darajalargacha ko’tarilgan?

A) Vavilon shohi Likurg saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Krez saltanatida xazinachi

B) Lidiya shohi Likurg saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Krez saltanatida xazinachi

C) Lidiya shohi Krez saroyida xizmatchi, Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinachi

D) Vavilon shohi Krez saroyida xizmatchi, Lidiya shohi Likurg saltanatida xazinachi

24. «Birni ko’rib shukur qil, birni ko’rib fikr qil» maqoli Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi?

A) «Yovvoyi echkilar va cho’pon»

B) «Eshak bilan baqalar»

C) «Burgut, zag’cha va cho’pon»

D) «Kiyik bilan tokzor»

25. Ezopning «Kiyik bilan tokzor» masalidan qanday xulosa kelib chiqadi?

A) kattalarga hurmatda bo’lish

B) kamtar bo’lish

C) yomonlikka yomonlik bilan javob qaytarish

D) yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob qaytarish

26. Masal nima?

A) Hayvonlar orqali insonlarni tasvirlovchi hikoyalar bo’lib, nasriy shaklda yoziladigan asar.

B) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo’lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan asar.

C) Hayvonlar haqidagi hikoyalardan iborat janr bo’lib, nasriy yoki she’riy shaklda yoziladigan asar.

D) Majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo’lib, nasriy shaklda yoziladigan asar.

27. «Og’irning ostidan, yengilning ustidan o’tma» matali Ezopning qaysi masali mazmuniga mos keladi?

A) «Eshak bilan baqalar»

B) «Burgut, zag’cha va cho’pon»

C) «Yovvoyi echkilar va cho’pon»

D) «Ustiga tuz yuklangan eshak»

28. Masal janri nimaga asoslanadi?

A) mubolag’aga B) jonlantirishga

C) o’xshatishga D) majozga

29. Masal janri haqidagi noto’g’ri fikrni toping.

A) Masalning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan iborat.

B) Masalda hayvonlar, narsa-buyumlar ramziy-majoziy ma’noda qo’llanilib, insonlar fe’l-atvoridagi turli xususiyatlarga ishora sifatida keltiriladi.

C) Masal – majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo’lib, faqat nasriy shaklda yoziladi.

D) Gulxaniy «Zarbulmasal» nomli asari bilan o’zbek adabiyotida masalchilik rivojiga ulkan hissa qo’shdi.

30. Ezopning qaysi masalida «Qilmish – qidirmish» maqoli keltirilgan?

A) «Eshak bilan baqalar»

B) «Burgut, zag’cha va cho’pon»

C) «Yovvoyi echkilar va cho’pon»

D) «Kiyik bilan tokzor»

31. Ayrim kishilarning kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab, ruhan cho’kib qolishlari, holbuki, boshqalar bundan o’n chandon og’ir mashaqqatlarni-da sabr-la yengishlari mumkinligi xulosasi qaysi masalga tegishli?

A) «Eshak bilan baqalar»

B) «Ustiga tuz yuklangan eshak»

C) «Kiyik bilan tokzor»

D) «Burgut, zag’cha va cho’pon»

32. Ezop masallarida bo’rining muammosi nima edi?

A) Bo’g’ziga qopqonning temiri tiqilib qoladi.

B) Oyog’i ovchining qopqoniga tushib qoladi.

C) Tishlari orasiga qimmatbaho uzuk kirib qoladi.

D) Bo’g’ziga suyak tiqilib qoladi.

33. Quyidagi fikrlarning muallifini toping.


Download 282,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish